E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
- Bu sahifa navigatsiya:
- UDK: 611.018 (075) KBK
- UDK: 611.018 (075) KBK 28.06h73
BSSS
HKKffiHHHHmlffiHffiS^ O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI | E. QODIROV1 GISTOLOGIYA O 'zbekiston Respublikasi Oliy va o 'rta maxsus ta lim vazirligi universitet va pedagogika institutiarining biologiya fakultetlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etgan TOSHKENT - 2012 UDK: 611.018 (075) KBK 28.06h73 Q53 E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. -256 6. Malumki, shu vaqtgacha «Gistologiya» kursidan dastur asosida darslik yozilgan emas. Shuni nazarda tutib, ushbu darslikda umurtqalilardan amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchi hayvonlar to'qimalarining gistologik tuzilishiga oid ma'lumotlar zamonaviy usullardan foydalanib, hozirgi zamon talablariga javob beradigan darajada yoritilgan. Darslik universitetlar va pedagogika institutlarining biologiya fakultetlari talabalariga mo'ljallangan. UDK: 611.018 (075) KBK 28.06h73 Akademik J. H. HAMIDOVning umumiy tahriri ostida Taqrizchilar: E. K. SHISHOVA - tibbiyot fanlari doktori, prof; M.A.NISHONBOYEVA - biologiya fanlari nomzodi, dots. ISBN 978-9943 -10-617-8 © «Fan \ a. texno!ogiya» nashriyoti, 2012. SO'Z BOSHI Ma'lumki, gistologiya fani universitet va pedagogika institutlarining biologiya fakultetlarida umumiy kurs sifatida o'qitiladi. Ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarda asosan umumiy gistologiyaga doir materiallar o'rganiladi. Keyingi yillarda gistologiya kengroq o'qitilishiga talab va ehtiy r. >ra ortib bormoqda. Chunki biologiya va gistologiya bilan aloqador bo Igan boshqa fanlar to'xtovsiz rivojlanib bormoqda. Shunday bo'lgich, o'quv dasturini kengaytirish, mazkur kursga ajratilgan soatlarni ko'oaytirish zaruriyat bo'lib qolmoqda. Ammo shu vaqtgacha universnetlarda va pedagogika institutlarida o'qitiladigan umumiy gistologiya kursi bo'yicha rus tilida ham, o'zbek tilida ham darslik yozilgan emas. Mediuiina va veterinariya institutlari uchun yozilgan darsliklar asosan shu sohaga moijallab yozilgan. Universitetlar va pedagogika institutlarida esa gistologiya fanini asosan to'qimalarnnng mikroskopik va ultramikroskopik tuzilishini vazifasiga (funksiyasiga) bog'lab o'rganish bilan birga, har bir to'qimaning tarixiy va individual rivojlanishini o'rganishga ko'proq ahamiyat beriladi. Buni umurtqasiz va umurtqali hayvonlar to'qimasining tuzilishini bir-biriga bog'lab o'rgangan holda tasvirlab berish mumkin. Shu mulohazalarga asoslanib yangi dastur asosida universitetlar va pedagogika institutlarining biolognya fakultetlarida o'zbek tilida taxsii oladigan talabalar uchun ushbu o'quv darsligi yozildi. Darslikda asosan umumiy gistologiyaga oid materiallar keltirilgan bo'lib, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar to'qimasining mikroskopik tuzilishi, ularning vazifasi va rivojlanishiga doir ma'lumotlar berildi. Hozirgi zamon gistologiyasidagi qiyosiy gistologik yondashishning ahamiyati imkoni boricha yoritildi. Binobarin, unda keltirilgan materiallar va ularning nazariy bayoni bo'lajak biologlarni gistologiyadan yetarli bilim bilan ta'minlaydi. Darslikni yozishda rus va o'zbek tillarida nashr qilingan gistologiyaga doir turli xil adabiyotlardan, qo'llanmalardan hamda ko'p yillik tajriba davomida kafedrada to'plangan materiallardan foydalanildi. Unda umurtqasizlar, shuningdek, umurtqalilardan - amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchi hayvonlar to'qimasining gistologik tuzilishiga oid ma'lumotlar va ularning tasviriga doir rasmlar berildi. 3 Darslikning ikkinchi nashrida hozirgi vaqtda fanga jadal ravishda kirib kelayotgan endokrin sistemasiga ham ahamiyat berishni nazarga olib, endokrin sistemasi ularni tashkil qiluvchi yirik bezlari va ayrim yakka joylashgan gormonlar hosil qiluvchi hujayralar to'g'risida ham ma'lumotlar berishni lozim topdik. Ma'lumki, ichki sekretsiya bezlari gormonlari ichki muhit turg'unligi va uni muvoflqlashtirishda katta ahamiyatga ega ekanligi adabiyotlarda yoritib berilmoqda. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling