E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet6/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Interferension1 mikroskopda ko'rish. Mazkur mikroskopda ko'rish usuli fazali kontrast mikroskopda ko'rishga o'xshasa-da, unga nisbatan ko'proq imkoniyatga ega. Masalan, uning yordamida bo'yalmagan tirik hujayralarning aniq tasvirini va ularning quruq vaznini (massasini) aniqlash mumkin. Bundan tashqari, bu usul yordamiia hujayralarning qalinligini, tarkibidagi quruq moddalaming zichligini, shuningdek, suv, nuklein kislotalar (NK), oqsil va fermentlarning miqdorini bilish mumkin. Interferension usulda bo'yalgan preparatlarning yadrosi odatda qizilga, sitoplazmasi esa zangori rangga bo'yaladi.
1 Interferensiya - lotincha inter - arc terens (trentis) - olib yuruvchi, olib o'tuvchi degan so'zlardan yasalgan birikma. Tovush, yoruglik kabilarning ustma - ust tushganda (qo'shilganda) bir-birini kuchaytirishi yoki susaytirishi. Masalan; yorug'lik iiterferensiyasi.
11
Luminessent (yoki fluoressent) mikroskopda ko'rish.
Luminessensiyada qator moddalarning atomlari (molekulalari) qisqa to'lqinli nurlanishni yutar ekan, u qo'zg'algan holatga keladi. Ularning
qo'zg'algan holatdan normal holatga o'tishi esa yorug'likni katta to'lqin uzunligida tarqatib yuborish hisobiga bo'ladi. Binobarin, gistologik preparat unga nur ta'sir qilish vaqtida hosil bo'lgan energiya hisobiga nurlanadi, ya'ni fluoressensiyalanadi. Binafsha nurlar yoki toiqin uzunligi 0,27-0,4 mkm li spektrning ko'k qismi yorug'lik manbai boiib xizmat qiladi. Energiya obyektga (preparatga) turli yo'llar orqali va turlicha ta'sir qilishi mumkin. Shunga ko'ra, ular bir necha xilga boiinadi: fotoluminessensiya, rentgenoluminessensiya, radiolumines-sensiyashularjumlasidandir.
Elektron mikroskopda ko'rish. Gistologik preparatlarni elektron mikroskopda o'rganish hozirgi vaqtda keng tarqalgan usul bo'lib, uning yordamida hujayralaming nozik tuzilmalari, organoid va hujayra kiritmalarining tuzilishi hamda ularda sodir bo'ladigan nozik o'zgarishlar kuzatiladi. Elektron mikroskop 100000 marta va undan ham ortiq kattalashtiradi. Chunki, elektron mikroskopda yorug'lik mikroskopdagi kabi uzun to'lqinli nurdan emas, balki qisqa to'lqinli elektronlar nuridan foydalaniladi.


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling