E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


-rasm. «Biolam-S» markali mikroskop


Download 1.72 Mb.
bet5/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

1-rasm. «Biolam-S» markali mikroskop:
1-oyog'i; 2-shtativ kolonkasi; 3-tubusi; 4-mikromexanizm korobkasi;
5-revolver; 6-mikroskop stolchasi; 7-makrometrik vint; 8-mikrometrik
vint; 9-kondensor vinti; 10-okular; 11-obyektivlar; 12-kondensor va
diafragrna; 13-oynacha.
' Bazofil - yunoncha basis -asos, philos- sevuvchi degan so'zlardan yasalgan birikma.
10
Hozirgi vaqtda gistologik preparatlami mikroskopda ko'rishning 15 dan ortiq usuli mavjud. Quyida ularning eng asosiylari ustida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Qorong'i maydonli mikroskopda ko'rish. Bu mikroskopning tuzilishi va unda preparatlami ko'rish prinsipi yorug' maydonli mikroskopdagi bilan deyarli bir xil bo'lib, u tirik hujayra va to'qima tuzilmalarini o'rganishga mo'ljallangan. Unda hujayrani qorong'i maydonda ko'rish maxsus kondensor yordamida amalga oshiriladi, ya'ni yorug'lik nuri kondensor orqali obyektga qiyalatib tushiriladi. Bunda obyekt (preparat) yorishib, maydon qorong'iligicha qoladi. Tirik hujayra tarkibidagi tuzilmalar yaxshi ko'rinishi uchun obyektga tushayotgan yorug'lik nuri har xil optik qalinlikda bo'lishi shart. Mazkur mikroskopda bo'yalgan yoki bo'yalmagan tirik hujayralarni, bakteriya va strukturalami tadqiq etish ancha qulay.
Fazali kontrast mikroskopda ko'rish. Bo'yalmagan tirik hujayralar, odatda, yorug'lik nurini tutib qolmasdan, o'zidan o'tkazib yuboradi. Shuning uchun, ular mikroskopda ko'rinmaydi yoki anglab bo'lmas darajada ko'rinadi. Ularni ko'rish uchun tegishli bo'yoqlar bilan bo'yashga to'g'ri keladi. Fazali kontrakt mikroskopiya usuli o'rganilayotgan bo'yalmagan tuzilmalarning bizga zarur bo'lgan kontrastliligini ta'minlaydi. Kontrastlilikni, odatda, obyektivdagi fazali plastinka deb ataladigan kondensorga o'rnatilgan maxsus halqa-diafragma hosil qiladi. Obyektni qancha yaxshi ko'rish nurning qancha sinishiga bog'liq yorug'lik nuri obyektdan qancha tez o'tsa, uning yoritilishi, demak, kontrastliligi shuncha ortadi, binobarin, hujayra tuzilmalari ham shunga yarasha yaxshi ko'rinadi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling