E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroskopik tadqiqotlar
USULLARI
Ma'lumki, gistologiya mustaqil fan sifatida rivojlanar ekan, uning asosiy tadqiqot obyekti bilan tekshirish usullari ham rivojlanib boradi. Gistologiyada tadqiqot obyekti - turli xil sharoitda har xil usullar yordamida tayyorlanadigan gistologik preparatlardir. Tekshirish usullariga mikroskopik tadqiqotlar bilan gistokimyoviy (sitokimyoviy) tadqiqotlar, radiavtografiya bilan maxsus eksperimental-morfologik usullar va boshqalar kiradi. Mikroskopik tadqiqotlar Organizm to'qimalari va organlarining sog'lom holatini, tuzilishini (strukturasini), kasalliklarda sodir boiadigan patologik-morfologik o'zgarishlarni chuqur va mukammal o'rganish uchun awal ulardan gistologik preparatlar tayyorlanadi. Gistologik preparatlar tayyorlash usullari, masalan, sitologiya, embriologiya va patologik anatomiyadagi usullar bilan deyarli bir xil1. Gistologik preparatlar qanday mikroskopda tekshirilishiga qarab, yetarli darajada yupqa bo'lishi kerak. Masalan, yorugiik mikroskopida o'rganiladigan preparatlarning qalinligi 1 mikrometrdan (mkm) 50 mikrometrgacha bo'lganda ular nur tutamini oson o'tkazadi; elektron mikroskopda o'rganiladigan preparatlarning ' qalinligi esa 30 manometrdan (nm) 60 nanometrgacha bo'lganda ular elektronlarni bemalol o'tkaza oladigan bo'ladi. Preparatlar tirik to'qimalardan ham, nobud bo'lgan, ya'ni fiksatsiya qilingan to'qimalardan ham tuzilmalar (strukturalar) olib tayyorlanishi mumkin. Tashqi ko'rinishidan surtma bo'lishi, iz bo'lishi, parda (qobiq) boiishi, total boiishi va biror organning yupka kesilgan kesmasi boiishi mumkin. Shulardan eng ko'p qoilanadigani to'qima yoki organning fiksatsiya qilingan va bo'yalgan, kesmasidir. Fiksatsiya deganda, tuzilmalarning (kesmalarning) butunligini saqlab qolish uchun ular aynimasligining chorasini ko'rish tushuniladi. Buning uchun organ yoki to'qimadan kesib olingan kesma 1 Gistologik preparatlar tayyorlash va ularni tadqiq qilish ussullari maxsus amaliy qo'Manmalarda batafsil bayon etilgan. Mazkur qo'llanmada ular bilan qisqacha tanishtirib o'tamiz. 9 fiksatorga - spirt, formalin, buen eritmasi, og'ir metall tuzlari, fiksatsiyalovchi aralashma kabilarga solib qo'yiladi yoki muzlatiladi, natijada kesmadagi tuzilmalar o'z hayot faoliyatini to'xtatadi, yani, og'ir metall tuzlari, fiksatsiyalovchi aralashma kabilarga solib qo'yiladi yoki muzlatiladi, natijada kesmadagi tuzilmalar o'z hayot faoliyatini to'xtatadi, ya'ni fiksatsiyaianadi. Kesmalarni bo'yash deganda esa (elektron mikroskop uchun preparatlar metall tuzlar bilan changlatiladi), kesmadagi ayrim tuzilmalarning kontrastlignni oshirish uchun ularni turli xil bo'yoqlar bilan bo'yash tushuniladi. Bo'yoqlar, odatda, kislotali, asosli (ishqoriy) va neytral bo'lad:. O'z navbatida, kislotali bo'yoqlar bilan bo'yaladigan tuzilmalar oksi'.l deb, asosli (anilin) bo'yoqlar bilan bo'yaladigan tuzilmalar bazofil1 deb yuritiladi. Har ikkala bo'yoqlar bilan bo'yaladiganlari neytrofil tuzi'malar deyiladi. Tayyor prepa1 atlarni maxsus usullar bilan bir necha daqiqadan bir necha yillargacha saqlab qo'yish va o'rganish mumkin. Gistologik preparatlar, odatda, turli tekshirish - mikroskopiya usullari yordamida tadqiq qilinadi. Masalan, biologiya laboratoriyalarida aksari yorug'lik mikroskopidan foydalaniladi (1-rasm). Bu mikroskopning o'ndan ortiq markasi bor. Ular yo tabiiy yorug'lik bilan yoki sun'iy yorurlik bilan ishlaydi. Yorug'lik spektrining ko'zga ko'rinadigan qismining eng minimal to'lqin uzunligi o'rtacha 0,4 mkm. Bu ko'rsatkich: 0,2 mkm bo'lganda, obyektning kattaligi 2500 Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling