E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
-rasm. EM-100 AK mar kali mikroskop
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
2-rasm. EM-100 AK mar kali mikroskop.
1- mikroskop kolonkasi; 2-boshqarish pulti; J-lyumitsent ekranli kamera; 4-tasvrni taxlil qiluvchi blok; 5-kuzatish signalini beruvchi moslamasi. Binobarin, kuzatilmoqchi boigan obyekt tasviri elektronlar nuri yordamida ko'rsatilsa, bunday pribor elektron mikroskop deyiladi (2- 12 rasm). Demak, qisqacha ta'riflaydigan bo'lsak, elektron mikroskopda ko'rish bu - obyekt orqali o'tkazilgan elektronlar tutamini elektromagnitli linzalar bilan fokuslash orqali preparat tasvirini olib o'rganishdir. Oddiy mikroskopda hayvonlar to'qimasining mikroskopik tuzilishini o'rganish uchun kesmalarni (preparatlarni) qalinligi taxminan 3-5 mikron (mk) bo'lishi kerak. Bundan qalin bo'lsa, hujayralar qavati ortib ketib, obyektning tasviri aniq ko'rinmaydi, ularni o'qish yana gam qiyinlashadi. Elektron mnkroskopning afzalligi shundaki, to'qimalardan olinadigan kesma ancha yupqa (0,02 mk) bo'ladi. Albatta, bunday kesmalar, odatda, ultramikrotomdan foydalanib tayyorlanadi. Buning uchun esa mikrotom1 stolga qimirlamaydigan qilib o'rnatiladi, pichoqlari alohida shishadan yasaladi. Kesmaning qaiinligini metall sterjenning kengayishini ta'minlaydi. Oddiy mikroskopda obyektning qalinligi, ya'ni hujayra yoki yadrolaming yirik-maydaligi, ularning diametri «mikron» bilan o'lchansa, elektron mikroskopda «nanometr» bilan aksari hollarda esa «angstrem» (A)2 bilan o'lchanadi. Hozirgi vaqtda elektron mikroskrpning yangi-yangi turlari yaratil-moqda. Masalan, hajmi (rastrlovchi) elektron mikroskop shular jumlasi-dandir. Uning yordamida preparatlarning hajmiy tuzilnshi o'rganiladi. Gistokimyoviy tadqiqotlar Yuqorida aytib o'tilganidek, hozirgi mikroskoplar yordamida tirik yoki fiksasiya qilingan obyektlaming nozik morfologik tuzilmalari har tomonlama o'rganilsa ham, ammo ularning sifat va miqdoriy tarkibi to'la ochilmay qolaveradi. Buni, odatda, alohida gistokimyoviy (sitokimyoviy) tadqiqot usullari yordamida o'rganiladi. Sifatiy gistokimyoviy usullar. Bu usullar gistologik va kimyoviy tekshirish usullarini birga qo'llash natijasida kelib chiqqan. Binobarin, sifatiy gistokimyoviy tekshirish usullari obyekt (preparat) lar strukturasidagi kimyoviy moddalar taqsimotini aniqlash yo'lida turli xil kimyoviy reaksiyalardan foydalanishga asoslangan. Demak, ular yordamida organ, to'qima va hujayralarning kimyoviy tuzilishi, ularda boradigan kimyoviy jarayonlar o'rganiladi. Ular yordamida to'qimalarda sodir bo'lib turadigan moddalaming almashinuv jarayonlari hamda 1 Mikrotom — yunoncha micros- kichkina, mitti, teme — kesma. kesish degan so'zlardan yasalgan birikma. Gistologik tadqiqotlar uchun to'qimalardan kesmalar olishga xizmat qiladigan apparatning nomi. IJ fiziologik jarayonlar haqida aniq tasawurga ega bo'lish mumkin. Masalan, hozir gistokimyoviy usullar qo'llab, to'qimalar tarkibidagi aminokislotalar, oqslllar, nuklein kislotalar (NK), uglevodlar va lipidlar hamda fermentlar aktivligini aniqlash mumkin. Bularni aniqlash, odatda, kimyoviy reaktiv moddalar bilan to'qima hamda hujayra strukturasi tarkibiga kiradigan substrat moddalar o'rtasidagi reaksiyalarning spetsifikligiga va shuningdek, kimyoviy reaksiya mahsulotlarining bo'yalgan cho'kma ko'rinchida ajralib chiqishiga asoslangan. Masalan, gallotsianin ribonuklein kislota (RNK)ni ko'k-binafsha rangga bo'yaydi va hokazo. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling