E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anorganik moddalar.
Yog'lar va lipoidlar. Yog' kislota bilan glitsirinning birikishidan neytral yog'lar, murakkabroq tuzilganlaridan esa yoqqa o'xshash lipoidlar hosil bo'ladi. Lipoidlar erish xususiyatiga ko'ra yog'larga yaqin turadi. Lipoidlar yog'larni erituvchi moddalarda, ya'ni spirt, efir, atseton va benzolda yaxshi eriydi.
Yog'lar tuzilishiga va uchraydigan joyiga ko'ra turlicha bo'ladi. Hujayra protoplazmasida ular yirik mayda tomchilar shaklida uchraydi va zapas energetik oziq vazifasini bajaradi. Lipoidlar protoplazma va unda joylahsgan organellalaming qobig'ini tashkil qiluvchi membranalar tuzilishining asosini tashkil etadi. Ko'pincha ular oqsillar bilan birikkan holda uchraydi. Ularga hujayra lipoidlarining asosini tashkil qiluvchi liporpoteidlar kiradi. Organizm kasallanganida ana shu hujayra liporpoteidlari parchalanib, ulardan yog' tomchilari ajralib chiqadi. Anorganik moddalar. Ma'lumki, to'qima hujayralari tarkibida har xil miqdorda suv va mineral tuzlar bo'ladi. Hujayralarda uchraydigan suv erkin va bog'langan holatda bo'ladi. Moddalar almashinuvi jarayonida, ya'ni moddalarning erishuda, asosan, erkin holatdagi suv ishtirok etadi. Bog'langan holatda uchraydigan suv oqsil molekulalari bilan birikib, hujayralar tuzilishini saqlab turadi va bundan tashqari, suv hujayrada sodir bo'ladigan kimyoviy va bickimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Hujayralarda suvdan tashqari, anorganik moddalar mineral tuzlar holida yoki oqsillar, uglevodlar va lipoidlar bilan birikkan holda uchraydi. Ular hujayradagi kislota - ishqorli muvozanatni saqlab turadi, osmotik bosimni, mitsenllalarda adsorbsiya qilinuvchi tuzlarning ionlarini tartibga solib turadi. Anorganik moddalar, odatda, chin yoki kolloid eritmalar holida bo'ladi. Kolloid holda ular organik birikmalar bilan bog'langan bo'ladi. Organik moddalar bilan birga uc.iraydigan elmentlarga quyidagilarni kiritish mumkin: fosfor -ATF nuklein kislotalarda, temir - gemoglabin tarkibida, magniy -xlorofil tarkibida uchraydi va hokazo. Nukleoproteidlar nuklein kislotalarning oqsillar bilan birikishidan hosil bo'lgan murakkab kompleks bo'lib, protoplazmada sodir bo'lib turadigan murakkab kimyoviy reaksiyalardan biri-oqsillar metobolizmini boshqaradi. Nukleoproteidlar tarkibiga kiruvchi nuklein kislotalarning 31 ikki qavatni tashkil etuvchi lipid molekulasini tashkil etadi. Ayrim hujayralarda plazmolemmadan tashkil topgan ayrim tuzilmalar -mikrovorsinka, desmosoma va boshqalar hosil bo'lishi mumkin. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling