E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet11/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Divergensiya - divergentia, yunoncha: dia-ikki, juft old qo shimchasi bilan lotincha vergo-yo naltirmoq, og 'moq degcm so 'zlar birikmasidan hosil bo 'Igan qo 'shimcha so:. Meditsinada ko': g 'ilayligini biologiyada belgilar, turlar ajralishni, farqlashini ifoda/aydi.
24

N. G. Xlopin (1897-1961) B. I. Lavrentyev (1892-1944)

So'nggi vaqtlarda bir guruh gistologlar sitologiya sohasida ham talaygina ishlar qildilar. Hujayralaming morfologik, fiziologik, biokimyoviy va fizik-kimyoviy tuzilishini chuqur o'rganib chiqdilar. Zamonaviy usullar yordamida hujayralar ichidagi organoidlar bilan liujayra kiritmalarini, ularda sodir bo'ladigan morfologik hamda sifat o'zgarishlarining fiziologik jihatlarin tadqiq qildilar. Masalan, olim D.N.Nasonov har bir hujayraning vazifasi uning yashash sharoiti va holatiga bog'liq ekanligini tasdiqlab, paranekroz nazariyasini yaratdi.


B ir qator olimlar esa zamonaviy usullardan foydalanib, hujayra morfologiyasini atroflicha chuqur o'rganar ekanlar, endoplazmatik to'r, ribosoma va lizosomalarni kashf etdilar. «-Molekular biologiya usullari yordamida DNK ning rolini isbotladilar.


Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon gistologiyasi mustaqil fan sifatida tarkib topar ekan, biologiya sohasida juda ko'p muammolarni yechib berdi va endilikda yetakchi fanlar qatoridan o'rin oldi.

V.V Yeliseyev (1899-1966)

Ayniqsa, elektron mikroskopning dunyoga kelishi gistologiya fanida juda katta voqea bo'ldi. Hozir elektron mikroskopik tadqiqotlar juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Moskvada MGU ning kafedra va laboratoriyalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, Meditsina Fanlar akademiyasiga
25

qarashli Odam morfologiyasi institutidagi ilmiy ishlar shular jamlasidandir. Sitologiya va gistoiogiya faniarining rivojlanishida O'zbekiston olimlari ham o'zlarining munosib hissalarini qo'shdilar. O'zbekiston Fanlar akademiyasi Bioximiya bilimgohida akademik J.X.Hamidov rahbarlik qilayotgan kollektiv tomonidan radiatsiya ta'sirida endokrin bezlar va neyronendokrin sistemalar morfofiziologiyasida bo'ladigan o'zgarishlarga oid ilmiy ishlar zamonaviy usullar yordamida yoritilib berilmoqda. Hozirgi vaqtda bu kollektiv neyronlarning o'sishi, rivojlanishi va tabaqalanishida muhim vazifani bajaradigan nerv o'sishini ta'minlaydigan omillarni har xil to'qima va organlardan ajratib olish kabi muammolar bilan shug'ullanmoqdalar. So'nggi yillarda kollektiv tomonidan sogiom hayvon geni boshqa urug'langan tuxum hujayraga mikroineksiya qilish usuli bilan o'tkazisl, kelajakda irsiy kasalliklarni yo'qotish hamda zotli mollarni tanlab olish kabi irsiyat omillari va hujayra injeneriyasiga oid biotexnologiya muammolari yoritilib berilmoqda. Toshkent Davlat Meditsina institutida esa akademik K.A.Zufarov rahbarligida O'zbekistonda birinchi bo'lib meditsina sohasida elektronmikroskopik avtoradiografiya hamda sitoximiya usullari yo'lga qo'yildi. Buyrak, me'da-ichak sistemasining sitologiyasi, sitoximiyasi va elektron mikroskopiyasi K.A. Zufarov kollektivi ishida asosiy o'rin egallaydi. Endilikda olimlar oldida hujayra biologiyasi, gistoiogiya va immunologiya hamda biotexnologiya sohasida olib borilishi lozim bo'lgan ulkan tadqiqotlarni rivojlantirish muammolari turibdi, molekular biologiya, qiyosiy gistoiogiya muammolari yoritib berilmoqda.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling