E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
HUJAYRA BIOLOGIYASI
Hujayra-tirik organizmning tuzilish asoslarini, yashash jarayonlarini hamda irsiy belgilarini o'zida mujassamlashtirgan tuzllmadir. Binobarin, odam yoki hayvonlar bir butun organizm holida hujayralar va hujayralararo tuzilmalar yig'indisidan tarkib topgan. Fiziologik holatiga ko'ra, hujayralar shakli va tarkibi har xilliligi bilan bir-biridan farq qiladi, ya'ni hujayralarning vazifasi ularning shaklini belgilaydi. Tarixiy biologik rivojlanish nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, hayot yer yuzidagi jonsiz materiyaning jonli materiyaga aylanishidan, aniqroq qilib aytganda, hujayralar paydo bo'lishidan kelib chiqqan. Masalan, dastlab yumaloq shakldagi oqsilli eng sodda tanaehalar paydo bo'lgan. So'ng ular tanasida moddalar almashinuvi 26 jarayoni paydo bo'lgan. Shu bilan ular yashashi uchun zarur moddalarni tashqi muhitdan o'zlashtirib, o'z hayot faoliyatida hosil bo'lgan chiqindi moddalarni ajratib turgan. Bunday sodda organizmlarning yashash muhiti asta-sekin o'zgarishi va murakkablashishi natijasida uiar organizmida moddalar almashinuvi jarayonlari ham o'zgarib, tabaqalanib borgan, bu esa o'z navbatida organizmlarning tuzilishi ham qisman o'zgarishiga olib kelgan, ya'ni organizmda shakli va mohiyati jihatidan dastlabki tanachalardan farq qiluvchi yangi tuzilmalar paydo bo'la boshlagan. Yillar o'tishi bilan tarixiy biologik rivojlanish davom etib, atrof-muhit o'zgarishi va yashash sharoitining yana ham murakkablashishi oqibatida asta-sekin murakkab tuzilgan yangi-yangi organizmlar paydo bo'la boshlagan. Bu esa, albatta, ular tanasidagi oqsillar tuzilishiga ham tarkibiy o'zgarishlar kiritgan, natijada ular turli vazifalarni bajarishga ham moslashib borgan. Ma'lumki, hozirgi fan nuqtayi nazaridan qaraganda, tirik organizmlarning rivojlanishida va shakllanishida nuklein kislotalar - dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK) kislotalar asosiy vazifani bajaradi. Ular organizm uchun zarur bo'lgan oqsil moddalarni sintezlaydi va o'zida genetik ma'lumotlarni saqlab keladi. Bunday xususiyat faqat ko'p hujayrali organizmlarda ham uchraydi. Bir hujayrali organizmlar tuzilishi va yashash xususiyatlariga ko'ra ko'p hujayrali organizmlarga o'xshasa-da, lekin o'ziga hos yashash sharoiti (suv, quruqlik) ularning tuzilishi va vazifalarini tubdan o'zgartirnb yuborgan. Chunonchi, bakteriyalar, ko'k-yashil suvo'tlar, aktinomitsetlar shakllangan yadro va xromosomalari bo'lmasligi bilan farq qiladi. Ularning genetik axborot apparatlari (DNK) qobiq bilan o'ralmagan ipchalardan tashkil topgan. Viruslarda esa, hatto moddalar almashinuvi uchun zarur bo'lgan fermentlar ham bo'lmaydi. Shu sababli, ular faqat biron-bir hujayra ichiga kirib olganidan keyingina ko'payadi va o'sadi. Odam va hayvonlar organ hamda to'qimalarini tashkil qiluvchi hujayra va hujayralararo moddalar hamda tuzilmalar esa o'z vazifasiga ko'ra har xil shaklda va murakkab tarkibiy tuzilishga ega. Keyinchalik, uzoq evolutsion rivojlanish jarayoniua muhit sharoitining o'zgarishi natijasida ko'p hujayrali organizmlar hujayrasida vazifa taqsimoti belgilari paydo bo'la boshlaydi. Har xil vazifalarni bajaruvchi hujayralarnipg ichki struktura tuzilishida ham murakkab kimyoviy va struktura o'zgarishlari sodir bo'ladi. Hujayralardagi xilma-xil vazifalarni ular ichida joylashgan turli xil organoidlar bajaradi. Bularga yadrodagi xromosomalar, sitoplazmadagi ribosomalar, mitoxondriy, endoplazmatik to'r, Golji 27 kompleksi, lizosomalar, hujayra markazini kiritish mumkin. Bundan tashqari, hujayralarda ularning shaklini ta'minlab turuvchi hujayra tuzilmalari uchraydi. Ularga mikronaychalar, mikrofibrillalar va har xil kiritmalar kiradi. Hujayraning asosiy kimyoviy komponentlariga esa oqsillar bilan fermentlar kiradi, ular faqat hujayra tarkibida bo'lmay, balki uning atrofidagi suyuq modda tarkibida ham uchraydi. Lekin asiida suyuqlikdagi moddani ham, asosan, hujayralar sintezlaydi. O'simliklar hujayrasining hayvonlar hujayrasidan farqi shundaki, o'simliklar hujayrasi plazmatik membranasining usti qattiq qobiq bilan qoplangan bo'ladi. Qobiq, asosan, polisaxaridlar, ya'ni selluloza, pektin moddalar va gemisellulozadan, zamburug'Iar va ayrim suvo'tlarda xitindan tashkil topgan. Qobiqda juda ko'p teshikchalar bo'lib, ular orkali moddalar almashinuvi sodir bo'ladi. Tabaqalangan o'simliklar-hujayrasida, odatda, bir nechta yoki bitta markaziy vakuola, maxsus organoidlardan plastidalar, leykoplastlar (kraxmal) to'planadi, xloroplastlar (xlorofillga boy, fotosintezni amalga oshiradi), xromoplastlar (karotinoidlar guruhiga oid, pigmentlar), tarqoq holda Golji kompleksi uchraydi. 3-rasm. Turli to 'qimalar hujayralarining tuzilishi (Alimovdan): 1-yassi epiteliy; 2-silindrsimon epiteliy; 3-kubsimon epiteliy; 4—silliq muskul hujayrasi; 5-yulduzsimon hujayra; 6-jigar hujayrasi; 7-nerv hujayrasi; 8-qizil qon tanachasi; 9-suyak hujayrasi; 10-erkaklik jinsiy hujayrasi; 11—epiteliy hujayrasi. Hujayralarning o'ziga xos eng asosiy xususiyatlaridan biri o'zidan tiklanishi, ya'ni ko'payishidir. Buni mitoz yo'li bilan ko'payish jarayonida yaqqol ko'rish mumkin. Ko'payish xususiyati faqat to'la tabaqalangan nerv hujayrasida bo'lmaydi. Shunga ko'ra, tabaqalangan nerv hujayrasi organizm umrining oxirigacha ko'paymay o'z vazifasini bajarib boradi. Lekin uning yadrolari bo'linish xususiyatini 28 yo'qotmaydi. Ayrim sharoitda yadro bo'linishi mumkin. Ayrim hujayralarda to'la mitoz bo'linish bo'lmaydi, natijada yadro bo'linib, sitoplazma bo'linmaydi. Bunda bir yoki ko'p yadroli hujayra hosil bo'ladi. Hujayralardagi doimiy jarayonlarning boshqarilishida har xil metabolitlar, fermentlar va ionlar ishtirok etadi. Ular ishtkrokida hujayralar xilma-xil vazifalarni bajaradi. Hujayralarning fizkologik holatiga boshqa organ hujayralarining mahsuloti ham ta'sir ko'rsatishi mumkin. Masalan, ichki sekretsiya bezlarining gormonlari boshqa organlar fiziologiyasini boshqarib turadi. Xulosa qilib aytganda, organizmning bir butun holda yashashi hujayralar faoliyatining bir-biriga munosabatiga va turg'unligiga bogiiqdir. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling