E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Golji kompleksi (Golji apparati, plastinkasimon komp!eks)ni
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mitoxondriya
Golji kompleksi (Golji apparati, plastinkasimon komp!eks)ni birinchi bo'lib 1898-yili italyan olimi Kamillo topgan. Uni fanda Golji apparati, plastinkasimon kompleks, to'rsimon apparat, to'rsimon kompleks deb atash rasm bo'lgan. Ular hayvon hujayralarida asosan yadro atrofida joylashgan, to'rsimon shaklda bo'ladi. O'simliklar va eng sodda organizmlarning hujayralarida esa o'roq yoki tayoqcha shaklida uchraydi. Qanday to'qima hujayralarida uchramasin, ularning elektron mikroskopik tuzilishi deyarli bir xil, ya'ni asosan yassi shakldagi sisternalar sistemasi, naychalar ha.nda diametri 20 km dan 60 nm gacha bo'ladigan mayda va yirik pufakchalardan tashkil topgan. Ularning usti qalinligi 7-10 nm keladigan sitoplazmatik membrana bilan o'ralgan. Hujayraning vazi.asi o'zgarishiga qarab, u kattalashib yoki kichiklashib turadi. Golji kompleksi bez hujayralarida yaxshi o'rganilgan. Masalan, bez hujayralarining sekreti kattaligi har xil pufakcha shaklida Golji kompleksi atrofida topilgan. Oqsillar, dastawal, donador endoplazmatik to'rdan Golji kompleksiga o'tadi. Mazkur kompleksda ulardan murakkab oqsillar (lipoproteidlar, mukoproteidlar, mukopolisaxaridlar) hosil bo'ladi. Tayyor bo'lgan murakkab oqsillar pufakchalarga yig'ilib, so'ng sisternalardan sekret holida ajralib chiqadi. Pufakchalar asosan, mikro-naychalar orqali harakat qiladi. O'simliklar hujayrasidagi Golji kompleksi gemiselluloza va hujayra qobig'ida pektin moddasini sintezlaydi. Shilimshiq moddalardagi polisaxaridlarni sintezlashda va chiqarib berishda ham ishtirok etadi. Golji kompleksi granulositlar bilan semiz hujayralardagi maxsus granulalarning hosil bo'lishida ham ishtirok etadi.
Mitoxondriya hayvonlar va ayrim o'simliklar hujayrasida uchraydigan organella bo'lib, diametri 0,2-1 mkm ga teng. Shakli har xil: yumaloq, ovalsimon, tayoqchasimon va ipsimon bo'ladi. Mitoxondriyalarning soni har xil hujayralarda turlicha: 1 donadan 100 ming donagacha bo'lishi mumkin. Masalan, sutemizuvchilar jigarining bitta hujayrasida 2500 ta mitoxondriya bo'ladi. Ularning vazifasi o'zgarishi bilan soni ham o'zgaradi, ya'ni hujayraning vazifasi oshganda mitoxondriyalarning soni ham ortadi. Bunda faqat soni o'zgarmay, balki shakli ham o'zgaradi. Mitoxondriyaning nozik tuzilishini elektron mikroskopda yaxshi ko'rish mumkin. Obyektiv kattalashtirib ko'rilganda esa uning devori ikki qavatdan iborat ekanligi yaqqol ko'rinadi. Uning tashqi qavati tekis, ichki qavatidan bo'shliq tomon o'simtalar o'sib chiqqan bo'ladi. Bu 36 o'simtalarga kriptalar deyiladi. Ularning soni ham har xil bo'ladi. Bo'shliq qismida yarim suyuq holdagi modda bo'lib, unga matriks deyiladi. Matriks tarkibida DNK, maxsus RNK va ribosomalar bo'ladi. Ichki membranasi asosan oqsillardan (70%), fosfolipidlardan (20%) va boshqa moddalardan tashkil topgan. Tashqi membranasi 15% oqsil va 85% fosfolipidlardan iborat. Mitoxondriyalaming asosiy vazifasi energiya hosil qilishdan iborat. Masalan, hujayralardagi energiyaning 95% ni mitoxondriyalar hosil qiladi. Bu ularda uglevodlar, aminokislotalar, yog'laming oksidlanishi hisobiga ro'y beradi. Oksidlanish bilan kechadigan fosforlanish jarayonida makroenergiyaning asosiy manbayi - ATF sintezlanadi. ATF sintezi mitoxondriyalaming asosiy vazifasiga kiradi. Mitoxondriyalarda ATF dan tashqari, oqsillar ham sintezlanadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling