E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet28/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Chegaralovchi to'qima - epiteliy to'qimasi nazarda tutiladi, ya'ni ximoya vazifasini bajaruvchi to'qima.

  • Ichki muhit to'qimalari - moddalar almashinuvida ishtirok etadigan, tayanch va mexanik vazifalarni bajaradigan to'qimalar.

  • Muskul to'qimasi - orginizmning ichki va tashqi organlari harakatini ta'minlovchi to'qima.

    4. New to 'qimasi - tashqi va ichki ta'sirotga javob berish (reaksiya
    ko'rsatish) xususiyatiga ega to'qima.
    A.A.Zavarcm umurtqasiz va umurtqali hayvonlar to'qimasini qiyosiy o'rganar ekan, ular bajaradigan vazifasiga ko'rt, morfologik tuzilish jihatdan bir-biriga o'xshash bo'ladi, lekin har qaysi organizmda evolutsion rivojlanish davrida bu o'xshashlik qisman farq qilib qolishi mumkin, deb tushuntiradi.
    N.G.Xlopin o'zining genetik klasskfikatsiyasini tuzganda esa to'qimalaming filogenez va ontogenez davrlardagi rivojlanishini asos qilib oladi. Bunda har bir to'qima rivojlanish davrida muayyan bir vazifani bajarish uchun shakllanib, o'zgarib boradi va butun organizm bilan bir butun holda muayyan fiziologik vazifani o'taydi. Binobarin, genetik evolutsiya jarayonida belgilar shunday ajrala boshlaydiki, ajdodiardan qolib kelgan organizmlar guruhlari o'rtasida morfologik va funksionai farq paydo bo'ladi, deb ta'kidlaydi.
    Bertalanffi va Lou (Bertalanff F.G. Lage., 1962) klassifikatsiyasida to'qima hujayralarining ko'payishi, ya'ni ularning proleferativ xususi-yatlari asos qilib oiingan. lining nazarida, organizmning hamma organ va sistemalari proleferativ xususiyatlariga ko'ra uch guruhga bo'linadi:

    1. Mitotik bo'linish xususiyatiga ega bo'lmagan hujayralar.

    2. Kamroq ko'payish xususiyatiga ega bo'lgan hiayralar.

    3. Doimo bo'linib turish xususnyatiga ega bo'lgan hujayralar. Lenblond (Lenblond l.f, 1964) tuzgan klassifikatsiya ham

    yuqoridagiga o'xshaydi:

    1. mitotik, ya'ni ko'payish xususiyatiga ega bo'lmagan hujayralar, bunga nerv to'qimasi, ya'ni neyronning ko'paymaslik xususiyati misol qilib olinadi;

    2. o'sish xususiyatiga ega bo'lgan hujayralar. Sunday hujayrali

    organlar ontogenez davrida o'sib, hujayralari ko'payib boradi, lekin organ yetarli darajada shakllanib olganidan so'ng ko'payish jarayoni susayadi. Bunga jigar parenximasi va muskul to'qimasining tolachalari misol qilib olinadi;
    3) doimo tiklanib turuvchi to'qimalar. Bunda to'xtovsiz sodir bo'lib turadigan bo'linish natijasida to'qimalarning yuza qismidagi hujayralar muttasil nobud bo'lib, to'kilib turadi va ularning o'rnini ko'payish natijasida hosil bo'lgan yosh hujayradar to'ldirib boradi. Bunga epid ermis, ichak epiteliysi va qon shaklli edememtlari, ularni ishlab chiqaradigan hujayralarni misol qilib ko'rsatish mumkin.
    Keyingi klassifikatsiya D.S.Sarkisovga (1970) tegishli bo'lib, u to'qimalarning qay'ta tiklanishi, ya'ni regeneratsiyaga asoslangan klas-sifikatsiyadir. Bunga to'qimalardagi regeneratsiya jarayoni har xil to'qimalarda turlicha tezlikda borishi nazarda tutilgan.
    Adabiyotlarda yuqoridagi klassifikatsiyalardan tashqari, yana bir qancha klassifikatsiyalar keltirilgan bo'lib, ular asosan to'qimalarning ayrim xususiyatlariga asoslanib tuzilgan. Hozirgi vaqtda asosan morfofunksional klassifikatsiyadan foydalaniladi. Bu klassifikatsiyaga muvofiq, organizm to'qimalari besh guruhga boiib o'rganiladi.
    1. Epiteliy to'qimasi o'ziga xos morfologik tuzilishga ega bo'lib,
    hujayralari zich, ya'ni qatlam-qatlam boiib joylashgan. Bu to'qima
    orqali organizm bilan tashqi muhit o'rtasida moddalar almashinuvi sodir
    boiadi. Bundan tashqari, himoya qilish, so'rish, sekretsiya va
    ekekretsiya qilish xususiyatlariga ega bo'lgan epiteliylar ham bor.
    Epiteliy to'qimasi embrion rivojlanish davrida organizmning uchchala
    varag'idan (ektoderma, entoderma va mezodermadan) hosil boiadi va
    o'zi qoplab turgan organ va sistemalarni, ko'p hujayrali hayvonlarning
    tashqi va ichki epidermns qavatini, ovqat hazm qilish sistemasi, havo
    yoilari, siydik va tanosil yo'Uari shilliq pardasini, seroz pardalarini va
    shuningdek, organizmdagi bir qator bezlarning o'z vazifasini bajarishida
    ishtirok etadi. Bordiu, shu organ yoki sistemalar, hayvonlarning teri yoki
    shilliq pardalari shikastlansa (jarohatlanib nekrozga uchrasa),
    epiteliza'ciya sodir bo'lib, o'rnida yangi epiteliy to'qimasi hosil boiadi.
    Bu uning himoyalash xususiyatlaridan biridir.

    Download 1.72 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling