E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
Fiziologik regeneratsiya - kundalik normal hayot davomida yashab, eskirib, nobud bo'ladigan to'qima hujayralari o'rniga yangi hujayralar bunyodga kelishidir. Fiziologik regeneratsiyaga teri epidermis qavatining hujayralari yaqqol misol bo'ladi. Bunda epidermisning yuqori qavatini tashkil etuvchi muguzlangan hujayralar muttasil to'kilib turadi, o'rnini esa bazal hujayralar ko'payishi natijasida hosil bo'ladigan yangi hujayralar to'ldirib turadi. Xuddi shuningdek, fiziologik regeneratsiya jarayonini qon shaklli elementiari misolida ham ko'rish mumkin, ya'ni qizil qon tanachalarn o'z vazifasini bajarib bo'lganidan so'ng, ular o'rnini ko'mikda hosil bo'ladigan yangi yosh eritrotsitlar
Adgeziya - lotincha adhaesia—yopishish, qo'shilish degan ma'noni bildiradi. 57 to'ldirib boradi. Bunday holni boshqa hujayralar faoliyatida ham ko'rish mumkin. Reperativ regeneratsiya. Bu regeneratsiyaning fiziologik regene-ratsiyadan farqi shundaki, bunda to'qima hujayralari fiziologik eskirishi (nobud bo'lishi) iatijasida yangidan hosil bo'lmay, balki patologiya natijasida nobud bo'lib, yemirilib, yangilari vujudga keladi. Reperativ regeneratsiya patologik sharoitda yuzaga keladi va shu sababli ham u normadan miqdor va sifat jihatidan farq qidadi. Bunga operatsiyalardan so'ng tig' tekkan joyning bitishi, tiklanishi misol bo'ladi. Patologik regeneratsiya. Har xil sabablarga ko'ra, patoiogik jarayonlardan keyin to'qima huja] ralarining nobud bo'lishi va o'rni toidirilishiga patologik regeneratsiya deyiladi. Bunda regeneratsiya jarayoni kechikishi, buzilishi yoki butunlay bo'lmasligi mumkin. Regeneratsiya jars/oni qanday kechmasin, uning tezligi va sifati organizmning o'sha vaqtdagi xilma-xil reaktiv holatiga bog'liq bo'ladi. Bu holatni, odatda, nerv sistemasining holati, oziqlanish, yallig'lachishning bor-yo'qligi, to'qimadagi mahalliy shart-sharoit -innervatsiya, limfa aylanishi, qon aylanishining qoniqarli yoki qoniqarsiz bo'lishi, organizmning yoshi, yashash sharoiti va boshqalar belgilaydi. Shularga asoslanib, regeneratsiya jarayoni to'qimalarda ma'lum sur'at bilan borishi yoki butunlay yuzaga chiqmasligi mumkin deymiz. Shikastlangan to'qima nerv sistemasidan mahrum bo'lgan (tajriba vaqtida nervsizlantirilgan yoki nerv travmatik shikastlangan) hollarda regeneratsiya butunlay bo'lmasligi yoki nihoyatda sust, sifatsiz bo'lishi mumkin. Ha deganda, bitavermaydigan xronik jarohatlar, yaralar paydo boiishiga asosiy sabab shu yerdagi nerv hujayralarining nobud bo'lganligidir. Bu o'rinda shuni aytib o'tish kerakki, shikastlangan yoki bir qism patologik jarayon tufayli shikastlangan ichki organlar (jigar, me'da osti bezi, buyraklar, jinsiy bezlar, taloq va boshqalar) da regeneratsiya faqat shularning o'zida bormasdan, balki sog' qolgan organ qismida ham boradi, bunga kompensator gipertrofiya deyiladi. Bunday regeneratsiya, odatda, organning dastlabkn hajmi va funksiyasini tiklashga olib keladi. Ayrim hollarda regeneratsiya jarayoni kuchayib ketib, ortiqcha to'qimalar hosil bo'lishiga sabab bo'ladi, bunga superregeneratsiya deyiladi. Regeneratsiya jarayonida to'qimaning bir turi o'rnida ikkinchi turi hosil bo'lish holatlari ham uchraydi. Masalan, bronxlar yallig'lanishi natijasida ular devorini qoplagan kiprikli silindrsimon epiteliy o'rnida 58 ko'p qavatli yassi epiteliy hosii bo'lishi mumkin. To'qimalarning regeneratsiya yo'li bilan o'sishi (gistogenez) kam tabaqalangan birlamchi hujayralarning yangidan hosil bo'lishi natijasida sodir bo'lishi ham mumkin. Binobarin, ularning ko'payisiii jarohatlangan joyni to'ldirib, to'qima bitishini ta'minlaydi. Regeneratsiya to'liq va chala bo'lishi mumkin. To'liq regenesiya restitutsiya deb yuritiladi. Bunda pobud boigan to'qima o'rnida tuzilishi hamda funksiyasi jihatidan yo'qotilgan to'qimaga batamom mos keladigan yangi to'qima hosil bo'ladi, teri jarohatining bitishida epiteliy qatlamining to'liq tiklanishi, muskul butunligi buzilganida esa muskul to'qimaning to'liq tiklanishi bunga misol bo'ladi. Chala regeneratsiya, ya'ni substitutsiyada jarohatlangan joy asii to'qimaga o'xshash to'qima bilan to'ldirilmasdan, balki biriktiruvchi to'qima bilan to'ldinladi va asta-sekin zichlashib, burishib chandiqqa aylanadi. Bunday chala regeneratsiyaga jarohatning chandiqlanib bitishi ham deyiladi. Ayrim vaqtlarda to'qimalar ularda o'ziga xos regenerator elementlar pay do bo'lishi bilan ham tiklanishi mumkin. Masalan, shikastlangan muskul to'qimasida «muskul murtaklari» hosil bo'lib, ularning ko'payishi natijasida tiklanish jarayoni boradi, lekin, albatta, bu oxirigacha yetmaydi, natijada, nuqson, asosan, biriktiruvchi to'qima hisobiga to'ladi. Yuqorida aytilgan holatlar ko'pincha regeneratsiya boiadigan metaplaziya (tubdan o'zgarish) asosida yuzaga keladi. Mazkur holda metaplaziya to'qima funksiyasi o'zgarishi tufayli sodir bo'ladi. Shunday qilib, to'qimalarda regeneratsiya, ya'ni tiklanish jarayoni bir necha xil bo'lib, ularning normal kechishiga ko'p omillar ta'sir etadi. 6-§. To'qimalarning qayta tuzilishi va metaplaziya Organizmda sodir bo'ladigan har xil patologik jarayonlar oqibatida to'qimalar strukturasida o'ziga xos o'zgarishlar yuz beradi, ular albatta, muayyan qonuniyat asosida amalga oshadi. Masalan, to'qimalarda yangi funksiom.i sharoit hosil bo'lganida yoki muayyan to'qima muhiti o'zgarib qolganda undagi fiziologik moslashish natijasida bunday o'zgarishlar sodir bo'ladi. To'qimalarning bu xususiyati tarixiy rivojlanish davrida tashqi muhitning har xil ta'siriga va organizmning o'zida ro'y beradigan o'zgarishlarga javob reaksiyasi sifatida yuzaga kelgan. Bunda, albatta, nerv-gumoral omillar o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. 59 Ma'lumki, tashqi muhitning o'zgarishi to'qimaning fiziologik holatiga turlicha ta'sir ko'rsatadi, natijada, to'qimalarda xima-xil adaptatsitiyal jarayonlari kechadi. Masalan, organizmda ba'zi bir bo'shliqlar adaptatsiyalanib kengayib borishini yoki biror to'qima o'sib ketishini misol qilib keltirish mumkin. Ayrim vaqtlarda esa, to'qimalarda murakkab o'zgarishlar yuz beradi. Oqibatda, ularning funksiyasi va shakli o'zgarishga uchraydi. Bunday adaptatsion qayta tuzilishga qon aylanishida sodir bo'ladigan o'zgarishlar misol bo'ladi. Qon tomirlarining fiziologik xususiyati kuchayib borishi bilan yangi kollateral tomirlar hosil bo'la boshlaydi va o'z navbatida ularda qon bosimi ortishi bilan muskul qavati gipertrofiyalanib, ular yuzasida yangi elastik tolachalar hosil bo'ladi. Mayda kollateral tomirlarning funksiyasi kuchayishi natijasida esa ularning devori yirik tomirlarga xos tuzilish kasb etadi. Binobarin, bir oz vaqt o'tmay yirik tomirlarga aylanadi. Demak, adaptatsiya bo'ladi. Shuningdek, adaptatsiya jarayoni suyak to'qimasida ham sodir bo'ladi. Chunonchi, skelet suyaklarining ayrim qismlariga berilgan ta'sir o'z yo'nalishini o'zgartirishi natijasida unga tushadigan bosim va tortish kuchi o'zgarib, suyakning morfologik tuzilishini ham o'zgartirib yuboradi, ya'ni eski trabekulalar sistemasi o'rniga yangi trabekulalar sistemasi hosil bo'ladi. Bundan tashqari, ayrim to'qimalar guruhida ularning funksiyasi o'zgarishi natijasida turi ham o'zgaradi. Masalan, bpriktiruvchi to'qima adaptatsiya natnjasida tog'ay va suyak to'qimasiga aylanishi mumkin, kubsimon yoki silindrsimon epiteliy ko'p qavatli yassi epiteliyga aylanadi va hokazo. Ma'lumki, organizmdagi barcha to'qimalar morfologik va fiziologik jixatdan o'ziga xos tuzilgan. Ularda sodir bo'ladigan regeneratsiya jarayonlari natijasida o'ziga xos hujayra elemeitlari va hujayralararo tuzilmalar hosil bo'lib turadi. To'qimalarning ana shu xususiyatiga determinatsiya deyiladi. Ma'lumki, ayrim vaqtlarda biror sababga ko'ra, masalan, to'qimalarda moddalar almashinuvi buzilishi, kasalliklarda to'qimalarning normal fiziologik holati o'zgarishi natijasida ularning morfologik xususiyati ham o'zgaradi. Boshqacha qilib aytganda, muayyan bir to'qima o'rnida boshqa xil to'qima hosil bo'la boshlaydi, ya'ni bir to'qima boshqa bir to'qimaga aylanadi. To'qimalarning bunday xususiyati yuqorida qisman ko'rib chiqqanimizdek, metaplaziya deb ta'riflanadi. Metaplaziya patologik holatlarda ham, eksperiment materiallarida ham bo'lishi mumkin. U ikkiga bo'lib o'rganiladi: Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling