E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
-§. Epiteliy to'qimasi hujayralarining maxsus strukturalari
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikrovorsinkalar 1
9-§. Epiteliy to'qimasi hujayralarining maxsus strukturalari
Organizmning tarixiy rivojlanishi davrida turli fiziologik vazifalarni bajarishga moslashish natijasida hujayralar shaklini va ichki tuzilishini morfologik jihatdan unga muvofiq ravishda o'zgartiradi, deb yuqorida aytib o'tilgan edi. Bunday o'zgarishlarni organizmning har xil 67 qismiarida uchraydigan epiteliy hujayralarida yaxshi ko'rish mumkin. Bu hujayralarning ko'pchiligida turlicha maxsus strukturalar hosil bo'lgan. Buiar hujayra sitoplazmasining differensiyaianishi (tabaqalanishi) natijasida paydo bo'lib, o'ziga xos fiziologik vazifalarni bajarishga moslashgan. Epiteliy to'qimasi hujayralarida uchraydigan bunday maxsus strukturalarga: mikrovorsinkalar, kiprikchalar, xivchinlar, patsimon o'simtalar va tanofiriilalar kiradi. Mikrovorsinkalar1 - mayda sitoplazmatik o'simta bo'lib, hujayraning apikal qismi yuzasida joylashgan, shakli silindrsimon, uchi yumaloq, ya'pi gumbazsimon bo'ladi. Har bir hujayrada bunday mikrovorsinkalaming soni 1000 tЈ ga yaqin bo'ladi. Ularning uzunligi taxminan 1,1 mk, diametri 0,1 mkg ga teng. Har xil hujayralarda turlicha uzunlikda va turlicha sonda bo'ladi. Ularni faqat elektron mikroskopda kuzatish mumkin. chak epiteliysi mikrovorsinkalari yig'indisi so'ruvchi jiyak yoki kutikulani hosil qiladi. Mikrovorsinkalar, asosan, jadal ravishda so'rishi kerak bo'lgan organlarning epiteliy yuzalarini (ichak, buyrak kanallari yuzalarini) qoplab turadi. Me'dada parchalangan ovqat moddalari ichaklarga tushganida mikrovorsinkalar tekislanib yoziladi, natijada ularning so'rish yuzasi 30 baravargacha kattalashadi. Ovqat moddalari qon tomirlarga so'rilganidan keyin vorsinkalar yana o'z holatiga qaytadi va avvalgi hajmini egallaydi. Ichak eliteliysining 1 mtn2 yuzasida 2-108 ta mikrovorsinka bo'ladi. Har qaysi mikrovorsinka ichida submikroskopik kanalchalar bor. Bu kanalchalar faqat mikrovorsinkalaming oziq moddalarni so'rish yuzasining kengayishini ta'min-lamay, balki ularning o'ziga xos «g'ovakligini» ham ta'minlaydi. Bundan tashqari, mikrovorsinkalar bag'rida ovqatning yetarli darajada parchalab so'rilishini ta'minlaydigan ayrim fermentlar bo'lib, ular murakkab birikmalarki parchalab oddiy birikmalarga aylantiradi. Natijada yetarli darajada parchalangan ovqat hujayra membranalaridan bemalol o'tib, qon tomirlarga tushadi. Mikrovorsinkalaming yana bir xususiyati parchalanmaydigan va organizm uchun kerak bo'lmagan ayrim mikroorganizmlami qonga o'tkazmaydi, ya'ni u to'siq (6aptep) vazifasini ham o'taydi. Bunday epiteliy bir qavatli, bir qatorli silindrsimon mikrovorsinkali epiteliy deyiladi (quyiga qarang). Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling