E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet34/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Kiprikchalar tashqi ko'rinishidan mayda tukchalarga o'xshagan bo'lib, tebranuvchi epiteliy hujayralarining apikal qismi yuzasini qoplab turadn. Ularning soni 250-300 taga yetadi. Kiprikchalar xuddi protoplazmatik o'simtalarga o'xshab, tashqi tomondan hujayra apikal
1 Sinonimi - mikrovillalar
68
qismidagi membrana bilan qoplangan bo'ladi. Kiprikchalar o'ziga xos morfologik tuzilishga ega. Ulaming ko'ndalang kesimi mikroskopda ko'rilganda markazida bir juft, periferik qismida esa 9 juft mikronaychalar borligi aniqlangan. Elektronmikroskop yordamida o'rganilganda ular hujayra sitoplazmasining apikal qismida joylashgan bazal tanachalar bilan bevosita tutashganligi ma'lum bo'ldi. Kiprikchalaming uzunligi bo'ylab mikronaychalar o'tgan bo'lib, ular ko'ndalang kesimining oichami 200-250 A ni tashkil qiladi. Mikronaychalarning ikkitasi, odatda, kiprikchaning o'rtasida, qolgan to'qqiz jufti chekka qismida joylashgan bo'ladi.
Ayrim umurtqasiz va tuban hayvonlarda bazal tangachalar tolachalar hosil qilib, ular yig'indisi epiteliy hujayra sitoplazmasining ichki qismida hilpillovchi kiprikchalar ildizini hosil qiladi. Odatda, kiprikchalar uzluksiz tez harakatlanib turadi. Kiprikchalaming ana shu harakati - tebranish xususiyati tufayli ular bir qavatli, ko'p qatorli kiprikli prizmasimon yoki hilpillovchi epiteliy deyiladi. Kiprikchalaming asosiy vazifasi: nafas yo'llaridagi havoni tozalab, ilitib berishdan, havo bilan kirgan yot zarrachalarni tutib qolishdan iborat. Ular uzluksiz harakatlanib turishi tufayli epiteliy yuzasiga chiqib turgan suyuq moddalar bir tomonga oqadi. Jinsiy yo'ldarda esa, jinsiy hujayralarning harakatini ta'minlaydi.
Xivchinlar ayrim umurtqasiz hayvonlardan ignatanlilar, yelka oyoqlilar va bosh skeletsizlarning ovqat hazm qilish sistemasi epiteliysini tashkil etuvchi hujayralarning apikal yuzasida bittadan o'simtasi bo'lib, bu epiteliy bir qavatli, bir qatorli xivchinli prizmasimon epiteliy deb yuritiladi. Yuqori tabaqalangan umurtqali hayvonlaming spermato-zoidining harakat organi ham xivchinlarga kiradi. Xivchinlaming o'ziga xos vazifasiga qaramasdan, morfologik tuzilishi kiprikchalarga o'xshaydi. Epiteliy kiprikchalari hamda xivchinlaming ko'ndalang kesimi elektron mikroskopda ancha yaxshi o'rganilgan. Natijada, ular tarkibida adenozintrifosfataza fermenti ko'p bo'lishi aniqlangan. Ma'lumki, bu ferment umurtqali hayvonlaming muskul tolalarida ko'p uchraydi va ulaming qisqarishini ta'minlaydi. Albatta, spermatozoid hujayralarning harakati faqat adenozintrifosfataza fermentiga bog'liq bo'lmasdan, balki boshqa kompleks ta'sirga ham bog'liq. Masalan, sperma suyuqligi tarkibidagi moddalar shunday ta'sir ko'rsatadi. Xivchinlar qaysi hayvonda, qaerida bo'lmasin, ular kiprikchalar bilan bir xil tuzilgan bo'ladi.
69
Agar ichak epiteliysi elementlari qiyosiy o'rgariiladigan bo'Isa, aytishimiz mumkinki, harakatlanmaydigan kovakichli hayvonlaming ovqat hazm qilish yo'Ii epiteliysining hujayralari ikkk xil tuzilgan boiadi, ba'zilarining hujayralari baland bo'lib, xivchinlari bo'ladi, boshqalarining hujayralari pastroq bo'lib, ularning ham xivchini bo'ladi, ammo shu biJan birga, ichi sekretor kiritmalar bilan to'la bo'ladi. Bo'yi baland hujayralar so'rishni va hujayra ichki hazmini amalga oshirsa, bo'yi pastroq hujayralar sekretor vazifasini o'taydi. Boshqa xil kovakichli chuvalchanglarning ichak epiteliysi kiprikli, binobarin, turli xil chuvalcbanglar sinfiga mansub hayvonlaming so'ruvchi epiteliysi bir-biridan shu tariqa bir oz farq qiladi.
Patli epiteliy sudralib yuruvchilar va ayrim qushlar (suvda suzib yuruvchilar va ba'zi kunduzi hayot kechiradigan yirtqich qushlar bunga kirmaydi) ko'zi pirillash pardasining ichki tomonini qoplovchi epiteliyning apikal qismida joylashgan. U ko'zning shox (muguz) pardasini muttasil tozalab turadi. Bunga bir qavatli, ko'p katorli prizmasimonpatli epiteliy deyiladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling