E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet29/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

2. Qon va limfa. Bular suyuq holda boiishiga qaramay,
to'qimalarga qo'shib o'rganiladi. Chunki ular tarkibi jihatidan suyuq
hujayralararo moddadan va unda erkin suzib yuruvchi to'qima
hujayralaridan tashkil topgan. Qon va limfa tomirlarni to'ldirib turadi.
Moddalar almashinuvida o'ziga xos muhim vazifalarni bajaradi.
53
Organizm uchun zarur bo'lgan moddalarni yetkazib berish bilan birga, moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo'lgan chiqindi maxsulotlarni ajratish organlari orqali tashqariga chiqarilishida ishtirok etadi, kislorod almashinuvida esa aktiv qatnashadi. Shu bilan birga barcha organlar o'rtasida gumoral vazifani o'taydi, ya'ni organizmga gormonlar, mineral tuzlar va vitaminlar yetkazib beradi.
3. Biriktiruvchi to'qima. Bunga siyrak biriktiruvchi to'qima,
tog'ay va suyak to'qimalari kiradi. Biriktiruvchi to'qimalarning asosiy
morfologik o'xshashligi, ular to'qima hujayralaridan va tolali
hujayralararo moddadan tashkil topganligidadir. Bu to'qimalar
organizmda trofik, plastik, himoya, mexanik va tayanch vazifalarini
bajaradi.
Bu o'rinda shuni qayd qilish kerakki, qon, limfa va biriktiruvchi to'qimalar embrional rivojlanish davrida uning mezenxima hujayralaridan hosil bo'ladi. Shuning uchun ayrim qo'llanmalarda bu to'qimalar mezenxima to'qima deb, bir guruhga qo'shib ham o'rganiladi.
4. Muskul to'qimasi. Organizmda morfologik tuzilishi va
joylashgan o'rniga ko'ra ikki xil, ya'ni silliq va ko'ndalang yo'lli
muskul to'qimalari uchraydi. Silliq muskul to'qimasi duksimon muskul
hujayralaridan, ko'ndalang yo'lli muskul to'qimasi silindrsimon muskul
tolachalaridan tarkib topgan. Muskullarning asosiy vazifasi
organizmning tashqi va ichki organlari harakatini ta'minlashdan iborat.
Silliq muskul asosan ichki organlarning muskul qavatini tashkil qiladi va ritmik holda qisqarib turarkan, hech qachon charchamaydi, odam yoki hayvon ixtiyorisiz harakatlanib turadi.
Ko'ndalang yo'lli muskul asosan skelet muskulaturasini tashkil etib, tez qisqarib, tez charchaydi. Qisqarish yoki yozilish ham ixtiyoriy yuzaga keladi. Ammo yurak muskuli ham ko'ndalang yo'lli muskul tolasidan tashkil topganiga qaramay, silliq muskullarga o'xshab ixtiyorsiz qisqarish xususiyatiga ega.
Silliq muskullar mezenximadan, ko'ndalang yo'lli muskullar mezodermadan rivojlanadi.
5. Nerv to'qimasi. Nerv hujayralari asosan neyronlar bilan
neyrogliyadan tashkil topgan. Neyronlarning vazifasi tashqi va ichki
ta'sirni qabul qilib, uni bir neyrondan ikkinchi neyronga o'tkazishdan
iborat. Neyrogliya hujayralarining vazifasi ham nerv hujayralarining
vazifasi bilan uzviy bog'langan bo'lib, trofik, mexanik, tayanch va
fagotsitoz vazifalarni bajaradi. Nerv to'qimasi organizmning embrional
54
rivojlanishi davrida embrionning ektoderma hujayralaridan ajralib chiqadi va rivojlanadi. Neyrogliya hujayralari mezenximadan tarqaladi.
Bazal membrana* organizmda uchraydigan to'qima hujayralaridan epiteliotsit va endoteliotsitlarning bazal qismlari, ularning ostida joylashgan biriktiruvchi to'qimadan bazal membrana (bazal plastinka) orqali ajralib turadi. Xuddi shunga o'xshash, ko'ndalang yo'Ili muskul tolalari ham bazal membrana yordamida atrofdagi to'qimalardan ajralib turadi. Bazal membrana aniq morfologik tuzilishga ega bo'lmagan parda bo'lib, uglerod, oqsil va lipoproteid moddalardan tarkib topgan murakkab tuzilmadir. U o'z faoliyatida trofik to'siq va chegaralab turuvchi kabi muhim vazifalarni bajaradi. Bazal membranada (plastinkada) qon tomirlar bo'lmaydi, uning atrofldagi to'qima hujayralariga oziq moddalar shu parda orqali filtrlanib o'tadi, shu bilan ular to'qimalararo moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
4-§. To'qimalarning o'zaro bog'Iiqligi
Odam va hayvonlar organizmi bir butun bo'lib, ularning organ va sistemalari bilan fizioiogik xususiyatlari bu birlikni ta'miniab turadi. Har bir organ yoki to'qima organizmdan tashqarida uzoq vaqt davomida yashay olmaydi.
Har bir organ bir necha to'qimalar yig'indisidan tashkil topgan, masalan, ovqat hazm qilish sistemasidagi organlar tarkibida epiteliy, biriktiruvchi to'qima, silliq muskul, nerv to'qimalari, bezlar va boshqa to'qimalar bor. Har bir organ stroma va parenxima qismlaridan iborat bo'lib, stroma shu organ negizini tashkil qilib turuvchi to'qimadan iborat boisa, parenxima shu organga xos epiteliy yoki spesifik vazifani bajaruvchi to'qima hujayralaridan tashkil topgan. Bular hamma vaqt bir-biri bilan uzviy bog'liq holda ishlaydi. Hech bir organni to'qimalarsiz tasawur qilib bo'lmaydi. Ovqat hazm qilish sistemasining asosiy vazifasi ovqatni parchalash va so'rib berishdan iborat. Lekin uning harakatini ta'minlovchi silliq muskullarning fizioiogik faoliyati pasaysa, ovqat yaxshi parchalaimaydi va so'rilmaydi yoki harakati yaxshi saqlanib qolgan ovqatni so'rib beruvchi epiteliyning faoliyati buzilgan bo'lsa ham ovqatning to'la hazmi me'yoriga yetmaydi. Agar me'da yoki
1 Bazal - yunoncha - basis -asos degan so'zdan olingan bo'lib, uning ustida biror narsa yotgan hollarda ishiatiladi.
Uning ikkinchi nomi - asosiy nog'ora parda. U odamda va hayvonlarda ikki quloqda joylashgan bo'lib, yupqa kollagen tolachalardan tarkib topgan biriktiruvchi plastinkadan iborat.
55
ichaklarni innervatsiya qilib turuvchi nerv tolasini kesib qo'yilsa, ularning harakati to'xtab, boshqa to'qimalar faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shunga o'xshash, ko'ndalang yo'lli muskul tolalari ham atrofdagi biriktiruvchi nerv va boshqa to'qimalar bilan birga o'z faoliyatini davom ettiradi. Xullas, har bir organning tarkibida uchraydigai to'qimalar yig'indisi birgalikda shu organning fiziologik holatini ta'minlashda bevosita ishtirok etadi. Bundan tashqari, organni tashkil etuvchi to'qimalarning o'zaro faoliyati ularning har xil patologik holatlarida ham ro'y-rost namoyon bo'ladi.
Organizmning integratsionlij ini, ya'ni organizm yaxlitligi, bir butunligini ta'minlaydigan va re^alatsiya qilib turadiga, shuningdek, organizm qismlarining o'zaro bog'lanib turishida xizmat qiladigan sistemalar borki, bularsiz u bir bu-tunligini yo'qotadi, chunki barcha to'qima va organlarning bir-biriga muvofiq kelib ishlashi mana shu nerv va endokrin sistemasi orqali amalga oshadi. Shu jihatdan olib qaralganda, nerv sistemasi bilan turli xil to'qimalar o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik (bog'liqlik)ni o'rganish, tadqiq qilish juda muhim. Chunki biror to'qimaning nerv sistemasi tomonidan innervatsiya qilinishi izdan chiqar ekan, shu to'qima va organning strukturasida har xil morfologik o'zgarishlar yuzaga keladi. Chunonchi, muskul harakati innervatsiyasi izdan chiqsa, shu muskul atrofiyaga uchraydi. Eleskiy va boshqalarning fikricha, me'da osti bezinnng quyosh chigali deb ataluvchi nerv tugunchalari olib tashlansa, uning aktiv faoliyatida o'zgarishlar yuzaga keladi: pankreatsitlarda yetilmagan sektor donachalar ko'plab paydo bo'ladi, sekret mahsulotlarining tashqariga chiqishi susayadi va hokazo.
Ma'lumki, yuqorida aytib o'tilganidek, organizm o'z tarixiy rivojlanishi davrida tashqi muhit va yashash sharoiti o'zgarishi va ularning muttasil ta'siri natijasida o'zgarib, takomillashib borgan, binobarin, ichki organlar integratsiyasi va regulatsiyasi sistemasida ham ana shunday takomillashish jarayoni borgan, natijada oxiri oliy darajada tuzilgan hayvonlar va odam nerv sistemasi orqali organizmning boshqa barcha sistemalari o'rtasida mustahkam bog'lanish vujudga kelgan.
Organizmda bir nechta endokrin, ya'ni ichki sekretsiya bezlari bo'lib, ular o'z mahsuloti - gormonlari bilan ko'pgina sistema va organlar ishini boshqaradi va shu bilan ularning hamda butun organizmning fnziologik faoliyatini ta'minlaydi. Masalan, nerv sisteniasiga ta'sir qilish bilan uning ish faoliyatini oshiradi yoki susaytiradi. O'z navbatida, nerv sistemasi shu bezlar faoliyatini boshqaradi. Demak, nerv sistemasi bilan ichki sekretsiya bezlari orasida
56
uzviy bog'lanish bo'lib, bir-birining fiziologik faoliyatiga, holatiga ta'sir qilib turadi. Boshqa organ va sistemalar ham ana shu ikki sistema orqali boshqarilib turadi va hokazo.
O'zaro bog'liqlik faqat to'qimalar orasida emas, balki bir xil to'qimaning hujayralari orasida ham mavjud, ya'ni «qarindosh» hujayralar o'zaro bog'liq bo'ladi. Masalan, bir xil to'qimalardan hujayralarni bir-biridan ajratib kulturaga qo'ysak, ular o'zaro topishib oladi, yoki har xil to'qimalardan olingan hujayralarni aralash qo'yib, qorishtirib yuborilsa, ma'lum vaqtdan keyin ular o'z «qarindoshlari» ni topib, bir yerga g'ujanak bo'lib to'planib oladi. Bu xodisa gistologiyada adgeziya1 deb ataladi. Adgeziya hodisasi hujayralar membranasidagi bir-birini «tanish»ga imkon beruvchi informatsiyalar to'plami bilan belgilanadi. Bundan tashqari, yana hujayralar oralig'ida ham o'zaro bog'lanish bor, buni «yoriq orqali bogianish» deyilib, bu bog'lanish orqali odatda, oddiy molekulali moddalar - gormonlar, ATF, nukleotidlar, peptidlar, metabolitlar, anorganik ionlar bir hujayradan ikkinchi hujayraga diffuziya yo'li bilan o'tadi. O'sishni boshqarib turuvchi, to'qimalar rivojlanishida differensiyalanib turuvchi moddalaming hujayralarga siljishi ham, shuningdek, elektr, sinapslar signallarining kelishi ham shu bog'lanish orqali amalga oshadi.
5-§. To'qimalar regeneratsiyasi
Regeneratsiya organizmning tashqi muhit omillari ta'siriga moslashuvi natijasida takomillashib boradigan yoki har xil sabablarga ko'ra nobud bo'ladigan hujayralar, to'qimalar va organlar o'rni qoplanib turadigan va tiklanadigan jarayondir. Regeneratsiya uch xil: fiziologik regeneratsiya, reperativ regeneratsiya, patologik regeneratsiya boiadi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling