E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet26/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

2-§. Ontogenezda1 to'qimalarning shakilanishi
Odam va hayvonlarning embrional rivojlanishi bilan tanishar ekanmiz, jinsiy yo'l bilan ko'payadigan barcha ko'p hujayrali organizmlar ikki jinsning gapioid hujayralari qo'shilishidan vujudga keladi. Aniqroq qilib aytganda, ikkita jinsiy (urg'ochi va erkak) hujayra qo'shilganda zigota2 hosil bo'ladi. Sitologiyadan ma'lumki, zigota organizmda mavjud barcha hujayralarga boshlang'ich moddiylik beradi.
Organizm embrional rivojlanishining dastlabki bosqichlarida irsiy omillar bilan birga muhit ta'sirida embrion hujayralari tabaqalanadi va o'ziga xos murakkab tuzilishga ega bo'ladi. So'ng bu hujayralar rivojlano, ulardan har xil to'qima elementlari shakllanadi. Embrion murtagidan hosil bo'lgan va kam tabaqalangan hujayralarning
1 Ontogenez- yunoncha bo'lib, on, ontos - mavjudot, genesis - tug'ilish, rivojlanish, kelib
chiqish degan so'zlardan yasalgan birikma. Organizm dunyoga kelgandan umrnning oxirigacha
bo'lgan davr orasida birin-ketin keladigan morfologik, fiziologik va biokimyoviy o'zgarishlar
majmuasi.
2 Zigota - yunoncha bo'lib, zygote - juftlashgan degan ma'naoni anglatadi. Ikkita gameta
qo'shilishidan hosil bo'lgan hujayra, masalan, urug'langan, tuxum hujayra zigotadir.
47
rivojlanishi natijasida (ontogenezda) to'qima paydo bo'lish jarayoni gistogenez deb ataladi.
Ma'lumki, hujayralar tabaqalanib borishi bilan bir vaqtda ularning soni ham ortib boradi, hajmi ham kattaiashadi, bunga o'sish jarayoni deyiladi. Hujayralar faoliyatida bunday jarayon kechishi individual rivojlanish biologiyasiga xos xususiyat deb qaraladi. Demak, organizm ning embrional rivojlanishi davrida hujayralar muttasil ko'payadi, o'sadi va takomiliashib boradi. Bli esa har xii hujayralarning tarkib topishiga va organizmni shakllanishiga sababchi bo'ladi, ya'ni takomilmillashish jarayonlari natijasida embrion hujayrasida kelajakda hosil bo'ladigan to'qimaga xos struktura va xususiyatlar shakllana boradi.
Odatda, to'qimalarning shakllanishigacha bo'lgan davr, ya'ni jinsiy hujayralar qo'shilib, zigota hosil qilganidan boshlab to to'qima shakllanguncha bo'lgan davr to'rt davrga bo'lib o'rganiladi: 1) ootipik davr; 2) blastomer davri; 3) murtak davri; 4) to'qima (gistogenez) davri.
Ootipik1 davrda kelgusi to'qima hosil bo'ladigan materiallar tuxum hujayra zigota sitoplazmasining tegishli qismida joylashgan bo'ladi. Masalan, amfibiyalarda xorda - mezoderma materiallari tuxum hujayra sitoplazmasining o'roqsimon qismida joylashgan. Hozirgi vaqtda tuxum hujayra yoki zigotaning rivojlanish davrida kelgusi hosil bo'ladigan to'qima qismlarini taxminan aniqlash mumkin. Hujayraning ana shu qismi takomillashib borib, kelajakda undan u yoki bu to'qima shakllanadi. Bunga prezumptiv (boshlang'ich) urchuqlar deyiladi. Hozirgi vaqtda gistogenez jarayoni zamonaviy radioavtografiya usulida, ya'ni radioaktiv moddalar yuborib tadqiq qilish usullarida yaxshi o'rganilgan.
Blastomer davri ootipik davrning davomi bo'lib, bunda zigota bo'Hnishi natijasida ko'plab blastomerlar2, ya'ni o'ziga xos yangi mustaqil hujayralar hosil bo'la boshlaydi. Bular esa o'z navbatida bo'linib maydalanar ekan, o'zi bilan kelajakda hosil bo'ladigan to'qima yoki organlarning boshlang'ich elementlarini olib o'tadi. Binobarin, yetilgan blastulaning3 turli qismlarini tashkil qiluvchi blastomerlar ham o'zaro bir-biridan farq qiladi.
1 OoiipiA-yunoncha oon-tuxum (tuxum hujayra) so'ziga tipik so'zi qo'shilishidan hosil
bo'lgan birikma. Tuxumga xos degan ma'no beradi.
2 B/astomer-yunoncha bo'lib, basloz - o'simta, murtak, meroos - qism degan so'zlar
qo'shilmasidan yasalgan birikma. Tuxumning intotik boiinishi natijasida hosil bo'lgan va
o'smasligi bilan farq qiladigan embrional hujayralarning umumiy nomi.
3 Blastula - yunoncha bo'lib, blastos - o'simta, murtak demakdir. Ko'p hujayrali bir qavatli
murtak bo'lib, tuxum bo'linishining yakunlovchi bosqichi.
48
Embrion rivojlanishining navbatdagi davrlarida blastomerlar shakllanishi, ichki tuzilishi hamda vazifalari bir-biridan farq qiladigaa turlicha yo'nalish oladi. Embrion rivojlanishining blastomer davri ham hozirgi kunda yaxshi o'rganilgan bo'lib, har bir blastomerning kelajakdagi taqdiri, ya'ni u kelajakda organizmning qaysi sistemalari rivojlanishida ishtirok etishi ma'lum.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling