E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet24/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

41
IV bob. QIYOSIY GISTOLOGIYANING BIOLOGIYADAGI
AHAMIYATI
Ugari aytib o'tilganidek, gistologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanib kelishi XX asrning ikkinchi yarmida tadqiqot ishlarida metodologik jihatdan tub burilish yasalganligi bilan bog'liq. Metodologiyadagi mana shu burilish tufayli ko'p hujayrali hayvonlar tanasidagi to'qimalaming qancha ik takomillashganligi bilan to'qima strukturalarining funksional ahainiyati o'rtasidagi qonuniyat jiddiy analiz qilina boshlandi. Natijada, ko'p hujayrali bir xil hayvonlar to'qimasini bir-biriga solishtirib o'rganish filogenez1 jihatdan katta ahamiyatga ega eKanligi ma'lum bo'ldi. Sekin-asta fanga biologiyaning bir bo'limi hisoblangan filogenetika (filogenez qonuniyat asosida rivojlanishini o'rganadi), filogenezda ayrim to'qimalar rivojlanishmni qiyosiy-anatomik jihatdan tadqiq qiluvchi filogistogenez nazariyalari kirib keldi. Shundan ma'lum boidiki, masalan, ichak
epiteliysining so'ruvchi hujayralari, harakatlantiruvchi muskullar, sutemizuvchilar va hasharotlarning interstitsial to'qimalarining hujayralararo moddalari (elementlari) bir tipda tuzilgan ekan. Ammo ular aynan bir xil tuzilmalar emas, balki bir-biriga o'xshash tipdagi moddalar (elementlar) modifikatsiyasidir, buning ustiga ular bir xil vazifani bajarishga moslashgan. Buni bilish orqali funksional (vazifasi) jihatdan aynan bir xil to'qimalar tuzilmasining asosiy variantlarini umumiy qonuniyatlar asosida tarixiy jihatdan analiz qilish mumkin bo'ldi. Masalan, ekologik jihatdan bir-biridan farq qiladigan yaqin qarindosh hayvonlar to'qimasining tuzilishi ham, filogenezida allaqachonlar bir-biridan uzoqlashib ketgan ko'p hujayrali hayvonlar to'qimasining tuzilishi ham, funksional jihatdan bir-birga o'xshash bo'lganligi uchun tarixan oson o'rganish mumkin. Yuqorida aytilganlarga ko'ra, A.A.Zavarzin to'qimalaming evolutsion dinamikasiga oid masalalarni ishlab chiqishni hozirgi gistologiya fani oldiga asosiy vazifa qilib qo'ydi. Bunda, albatta, to'qimalar takomillashuvidagi biologik qonuniyatlami analiz qilish zamonaviy
Filogenez (sinonimi-filogeniya) - yunoncha bo'lib, phylon-qsbila, ajdod, tur, genea-tug'ilish, kelib chiqish degan so'zlar birikmasidan yasalgan. Organizmlarning u yoki bu taksonomik gruppasi (masalan, hayvon turkumi, turi, oilasi) ning tarixiy rivojlanish jarayoni.
42
tadqiqot usullaridan foydalanib tarixan yondashuvni talab etadi. Demak, gistologiyaning umumbiologik ahamiyati yana ham ortadi. Ikkinchi tomondan esa, - deydi Zavarzin, - xususiy sitologiya orqali gistologiya fani umumiy sitologiya bilan yaqindan bogianib boradi, chunki u ishlab chiqilayotgan yangi-yangi tadqiqot usullaridan foydalanadi. Ana shunday tadqiqot usullaridan biri qiyosiy usuldir. Bir xil va har xil organizmlarda to'qimalar tabaqalashuvidagi funktsional jihatdan bir xi! va har xil elementar struktura-kimyoviy mexanizmlarni tadqiq qilishda bu usul ko'proq qo'l keladi. Hozirgi vaqtda qadimgi birlamchi to'qimalar tabaqalashuvini ularga o'xshash ikkilamchi va uchlamchi to'qimalar va shuningdek, evolutsiya mobaynida boshqa manbalardan kechroq yuzaga keluvchi to'qima elementlari bilan solishtirishda qiyosiy usul muvaffaqiyath qo'llanilmoqda. Ikkilamchi va uchlamchi to'qimalar evolutsion dinamikasining o'ziga xos tomonlarini aniqlab olish, - deydi Zavarzin, - nafaqat potologik (kasallik) jarayonlarining mohiyatini tarixiy nuqtayi nazardan tushuntirishga, balki ularni ma'lum darajada oqibati nima bilan tugashini oldindan bilishga va shikastlangan (kasallangan) sohani bartaraf etish yoki tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni biologik jnhatdan asoslab berishga imkon beradi. Chunonchi, yurak selom muskul to'qimasining evolutsion dinamikasini bilish uning regeneratorlik mexanizmining somatik muskullar (gavda muskullari) to'qimasining ana shunday mexanizmidan prinsipial farq qilishini ko'rsatdi, - deydi Zavarzin. Shunday ekan, muskulida infarkt bo'lgan yurakning funksional faoliyatini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar shikastlangan somatik muskullarning to'la regeneratsiya1 boiishini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlardan tubdan farq qilishi kerak. Ko'rinib turibdiki, potologik o'zgarishga uchragan organizmning biror qismini tiklashga qaratilgan harakat befoyda bo'lmasligi yoki u to'g'ri bo'lishi uchun dardga chalingan o'sha qism to'qimasining biologik tabiatini aniq-ravshan bilish talab etiladi va aksincha, patologik jarayon oqibatida to'qimalarda sodir bo'lgan o'zgarishlarni bilish sog'lom to'qimalaming xossalariga ta'rif berish uchun boy ma'lumot beradi.
Yana bir misol, ma'lumki, hayvonlar harakatni ta'minlashda muskul to'qimalarida sodir bo'ladigan qisqarish tezligi to'qima fiziologik kuchi va tolachalarining rivojlanishiga bog'liq. Hayvonlarda
1 Regeneratsiya - lotincha bo'lib, re - qayta, yangidan tiklash degan ma'nolarni anglatuvchi old qo'shimchasi, genero yoki generalum yaratmoq, ishlab chigmoq demakdir. Biologiyada yo'qotilgan yoki shikastlangan sohaning, qismning organizm tomonidan qayta tiklab olinishi. Uning hujayra ichki regeneratsiyasi, hujayra generatsiyasi, patologik regeneratsiya, regatativ regeneratsiya, fiziologik regeneratsiya kabi turlari bor.
^3
tez va sekin qisqarish xossasiga ega muskullar bo'lib, ular morfologik va tarkibiy tuzilishiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Tez qisqaradigan ko'ndalang yo'lli tolachalarning sarkomerlari kaltaroq, miofibrillalarining soni ko'p, sarkotubular sistemasi rivojlangan bo'ladi. Oksidlanish fermentlariga nisbatan glikolitik fermentlar ko'p uchraydi. Aksincha, sekin qisqarish xususiyatiga ega muskullar tarkibida glikogen va yog' rezervlari ko'p uchraydi, oksidlanish fermentlariga boy nerv uchlari ham ko'p uchraydi. Muskul tolalaridagi «T» sistema kanalchalari tartibsiz joylashgan. Juda ham sekin qisqaradigan muskul tolachalari odatda, ingichka bo'lib, ko'ndalang yo'lli disklari deyarli ko'rinmaydi. Tubular sistema rivojlanmagan boiadi.
Hozirgi vaqtda gistologiya amaliyotida organizmning integrativ sistemalarini analiz qilishda, masalan, nerv markazlarini tadqiq qilishda qiyosiy usul yaxshi natija bermoqda. Chunki Zavarzin fikricha, sutemizuvchi hayvonlar bilan odamning nerv markazlaridagi juda ko'p miqdordagi neyronlar mazkur markazlaming ishi bilan struktura tuzilmalarining nozik mexanizmini aniqlashni ancha qiyinlashtirib qo'ymoqda. Boshoyoqli mollyuskalarda, ayniqsa, hasharotlarda juda ko'plab murakkab va takomillashgan nerv markazlari borki, ular vazifasiga ko'ra yuqori tabaqali umurtqali hayvonlarning nerv markazlariga o'xshab ketadi. Faqat hasharotlarning nerv markazlari kamroq nerv hujayralaridan tarkib topgan bo'ladi, xolos. O'z navbatida, bu hodisa ham nerv markazlari tuzilmalarining umumiy printsiplarini tadqiq qilishni taqozo qiladi. Neyrogistologiya bilan neyrofiziologiyada buning ahamiyati katta. Chunki masalan, hasharotlarning ko'rish markazlarini ham morfologik jihatdan, ham fiziologik jihatdan tekshirish, o'rganish, aniq ilmiy xulosalar chiqarish ko'p hujayrali barcha hayvonlarning ko'rish markazlari ishining nozik, ammo umumiy mexanizmlari ustida xulosalar chiqarishga bevosita yordam beradi, bu -qiyosiy tadqiqot usulining yana bir muhim tomoni.
Aytilganlardan ma'lumki, qiyosiy gistologiyaning asosiy nazariy masalasi bo'lgan to'qimalarning evolutsion dinamikasini ishlab chiqishda qiyosiy-tarixiy yondashish gistologiya fanini fiziologiya, bioximiya, umumiy sitologiya, molekular genetika, biologiya va zoologiya fanlari bilan yaqindan hamkorlik qilishga olib keladi. Chunki shu vaqtga kelib ma'lum boidiki, to'qimalarning evolutsion dinamikasini paleontologik qoldiqlar, qazilmalar yordamida o'rganib boimas ekan. Bu ham tekshirishning embriologik va eksperimental usullari qatorida qiyosiy gistologik usulning afzalligini yana bir karra
44
isbotlaydi. Demak, xulosa qilib aytadigan bo'lsak, filogenezda muayyan organ to'qimalari qay tariqa rivojlangan, tabaqalashgan va takomillashgan, degan savolni hal qilishda boshqa tadiqot usullari qatorida qiyosiy tadqiqot usuliga ham katta o'rin ajratish kerak bo'ladi. Bu sohada olimlardan I.I. Mechnikov, A.A. Zavarzin, N.G. Xlopin va boshqalarning xizmati katta bo'ldi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling