E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet21/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Hujayra markazi, ya'ni dentrosoma. Sentriol barcha hayvon va tuban o'simliklar hujayrasida topilgan organelladir. Birinchi marta F.Fleming (1875) tomonidan aniqlangan. U vaqtda sentrosoma birinchi marta bo'linayotgan hujayralarda topilgan. Keyinchalik tekshirishlar natijasida ma'lum bo'ldiki, sentrosoma boshqa hujayralarga nisbatan bo'linayotgan hujayralarda yaxshi ko'rinar ekan. Bu organella oddiy yorug'lik mikroskopida ikkita dentriola shaklida ko'rinadi. Elektron mikroskopda bunday emas, ya'ni sentriola silindrsimon tanacha bo'lib, uzuiligi 0,3-0,5 mkm, diametri 0,1-0,15 mkm. Uning devorlari nozik 9 juft naysimon to'piamdan iborat. Har bir to'plamda 3 tadan naycha joylashgan bo'lib, ularga triplet deyiladi. Har bir tripletning uzunligi sentriolaning uzunligiga teng.
Sentriolalar juft-juft bo'lib bir-biriga perpendikulyar joylashadi. Sentriola o'qi bo'linish o'qini belgilaydi. Sentriolalar sferik massa markazida joylashib, bu massa sentroplazma yoki sentrosfera deyiladi. Sentrosferada membrana bo'lmay, zichligiga ko'ra sitoplazmadan farq qiladi, proteinlarga boy. Ayrim manbalarda sentriolaning tuzilishi kiprikchalar yoki xivchinlarning ichki tuzilishiga o'xshatiladi. Haqiqatan ham ehktron mikroskopda olib borilgan tekshirishlarda ular o'rtasida o'xshasi iik borligi tasdiqlandi.
Bazal tanachalar silindrsimon shaklda bo'lib, sentriola singari 9 juft mikronaychalardan tashkil topgan. Shu vaqtgacha hujayraning bo'linishi septriolaning vazifasiga bog'lab kelingan. Endilikda esa ayrim olimlar hujayralarda kiprikchalar bilan xivchinlar hosil bo'lishida sentriolalarning vazifasi bor, degan nazariyani ilgari surmoqdalar.
Maxsus organellalar. Bularga: miofibrillalar, xivchinlilar,
37
kiprikchalar, neyrofibrillalar, mikrovorsinkalar va boshqalar kiradi. Yuqorida maxsus organoidlar haqida gapirilganda bularning tuzilishi, tarkibi va zazifalari bayon qilib o'tildi. Shuning uchun qayta to'xtalib o'tirmaymiz.
Hujayra kiritmalari sitoplazmaning doimiy bo'lmagan tarkibiy qismidir. Ularga oqsillar, yog' tomchilari, glikogen to'plamlari, sekretlar, pigment kiritmalari va boshqalar kiradi.
Oqsil kiritmalari hujayra sitoplazmasida plastinkasimon, tayoqcha-simon to'plamlar va kristallar shaklida uchraydi. Yog' kiritmalari va lipidlar har bir tirik organizmda uchraydi. Ular yog' tomchilari shaklida ko'rinadi. Yog' tomchilari, odatda, bir-biri bilan qo'shilib yiriklashadi. Ular ko'pchilik o'simliklar hujayrasida uchraydi. Glikogen kiritmalari donachalar yoki ularning qo'shilishidan hosil bo'lgan yirik to'plamlar shaklida uchraydi. Pigment kiritmalari turlicha rang beruvchi har xil moddalardan xosil bo'lgan. Hayvonlar hujayrasida keng tarqalgan pigment kiritmalariga melonin, lipofussin, karotinoidlar kirsa, o'simliklar hujayrasidagi pigmentlarga ksantofil va karotin, likopin, kriptoksantin kiradi.
Sekreto'r kiritmaiar odam va hayvonlar organizmida keng tarqalgan bez mahsulotlari, ya'ni sekretdir. Ular sitoplazmada, odatda, mayda tomchi yoki to'plam shaklida uchraydi. Kiritmaiar o'zi maxsus bo'yoqlarda bo'yab, keyin ko'riladi.
Hujayra yadrosining tuzilishi
Yadro hamma tirik o'simlik va hayvonlar hujayrasida bo'lib, uning hayot faoliyatida ishtirok etadigan doimiy tuzilmadir. Yadronnng faoliyati sitoplazma va uning tarkibidagi organellalar bilan uzluksiz bog'liq bo'lib, yadro butunligining buzilishi, ularning o'zaro faoliyatining buzilishiga va hujayraning nobud bo'lishiga olib keladi. Masalan, yadroning kobig'i mikromanipulator yordamida buzilsa, yadro moddalari sitoplazmaga qo'shilib ketib, hujayra nobud bo'ladi. Yadro aksarnyat hujayralarda bitta, ayrim hujayralarda - ostioklast, ko'ndalang yo'lli muskullar hujayralarida ko'p bo'ladi. Ularning shakli, yirik-maydaligi hujayralarning shakli va yirik-maydaligiga bog'liq. Ammo ko'pchilik hujayralarda ular yumaloq yoki ovalsimon bo'ladi. Leykotsitlarda tayoqchasimon, loviyasimon, mezoteliyda yassi bo'ladi. Yadro qobig'ining ikki qavatdan iborat bo'lishi, har birining qalinligi 10 nm ga tengligi elektron mikroskopda aniqlangan. Yadroning ichki va
3S
tashqi qobig'i oralig'ida 10-30, ba'zan 100 nm ga teng perinuklear bo'shliq bo'ladi. Devorida diametri 80-90 nm ga teng ko'plab teshikchalar bo'ladi. Shu teshikchalar orqali sitoplazma karioplazma (yadro plazmasi) bilan bog'lanadi. Yadro tarkibida murakkab oqsillar, lipoidlar, fermentlar bo'ladi. Nuklein kislotalar orasida DNK va RNK muhim vazifa bajaradi. RNK oqsilning murakkab sintezida ishtirok
etadi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling