E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet17/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Yog'lar va lipoidlar. Yog' kislota bilan glitsirinning birikishidan neytral yog'lar, murakkabroq tuzilganlaridan esa yoqqa o'xshash lipoidlar hosil bo'ladi. Lipoidlar erish xususiyatiga ko'ra yog'larga yaqin turadi. Lipoidlar yog'larni erituvchi moddalarda, ya'ni spirt, efir, atseton va benzolda yaxshi eriydi.
Yog'lar tuzilishiga va uchraydigan joyiga ko'ra turlicha bo'ladi. Hujayra protoplazmasida ular yirik mayda tomchilar shaklida uchraydi va zapas energetik oziq vazifasini bajaradi. Lipoidlar protoplazma va unda joylahsgan organellalaming qobig'ini tashkil qiluvchi membranalar tuzilishining asosini tashkil etadi. Ko'pincha ular oqsillar bilan birikkan holda uchraydi. Ularga hujayra lipoidlarining asosini tashkil qiluvchi liporpoteidlar kiradi. Organizm kasallanganida ana shu hujayra liporpoteidlari parchalanib, ulardan yog' tomchilari ajralib chiqadi.
Anorganik moddalar. Ma'lumki, to'qima hujayralari tarkibida har xil miqdorda suv va mineral tuzlar bo'ladi. Hujayralarda uchraydigan suv erkin va bog'langan holatda bo'ladi. Moddalar almashinuvi jarayonida, ya'ni moddalarning erishuda, asosan, erkin holatdagi suv ishtirok etadi. Bog'langan holatda uchraydigan suv oqsil molekulalari bilan birikib, hujayralar tuzilishini saqlab turadi va bundan tashqari, suv hujayrada sodir bo'ladigan kimyoviy va bickimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Hujayralarda suvdan tashqari, anorganik moddalar mineral tuzlar holida yoki oqsillar, uglevodlar va lipoidlar bilan birikkan holda uchraydi. Ular hujayradagi kislota - ishqorli muvozanatni saqlab turadi, osmotik bosimni, mitsenllalarda adsorbsiya qilinuvchi tuzlarning ionlarini tartibga solib turadi. Anorganik moddalar, odatda, chin yoki kolloid eritmalar holida bo'ladi. Kolloid holda ular organik birikmalar bilan bog'langan bo'ladi. Organik moddalar bilan birga uc iraydigan elmentlarga quyidagilarni kiritish mumkin: fosfor -ATF nuklein kislotalarda, temir - gemoglabin tarkibida, magniy -xlorofil tarkibida uchraydi va hokazo.
Nukleoproteidlar nuklein kislotalarning oqsillar bilan birikishidan hosil bo'lgan murakkab kompleks bo'lib, protoplazmada sodir bo'lib turadigan murakkab kimyoviy reaksiyalardan biri-oqsillar metobolizmini boshqaradi. Nukleoproteidlar tarkibiga kiruvchi nuklein kislotalarning
31
tabiatiga qarab ikki xil bo'Iadi. Birinchisi dezoksinukleoproteidlar (DNP), ikkinchisi rebonukleoproteidlar (RNP) dir. DNP barcha hujayralar yadrosida, ya'ni ularning asosiy massasi bo'lgan xromatinda, mitoxondriyda va spermatazoidning bosh qismida uchraydi. DNP tarkibini tashkil etuvchi oqsillarga gistonlar va protominlar kiradi. RNP dan esa ribosomalar, viruslar, informasomalar tashkil topgan bo'Iadi.
Yod - qalqonsimon bez garmoni tiroksin va triyodtironin tarkibida uchraydi. Kobalt - V vitaminda uchraydi. Hujayrada mineral tuzlar etishmasligi undagi barcha fizik va kimyoviy jarayonlar buzilishiga sabab bo'Iadi. Natijada turli kasalliklar kelib chiqadi.
Nuklein kislotalar murakkab organik birikmalar bo'lib, tarkibida fosfat kislota bo'lishi tufayli uiar kislotali xarakterga ega. Nukleotidlarning tabiatiga ko'ra, barcha tabiiy nuklein kislotalar bir-biridan tubdan farq qiluvchi ikki xilga - dezoksiribonuklein kislota (DNK) va ribonuklein kislota (RNK) ga bo'linadi. DNK tarkibida pirimidin asoslari - sitozin hamda purin asoslari - adenin va guanin uchraydi. DNK molrkulasida dezoksiriboza uglevodi molekulasidagi kislorod RNK dagiga nisbatan bir atom kamdir. RNKda fosfat kislotadan tashqari, pentoza guruhiga mansub riboza uglevodi, sitozin va uratsil deb ataluvchi pirimidin asoslari hamda adenin va guanin nomi bilan yuritiladigan purin asoslari kabi azotli birikmalar kiradi. DNK faqat yadroda topilgan bo'lsa, RNK yadrocha va ayniqsa, ergastoplazmada ko'p uchraydi.
Nuklein kislotalarning asosiy biologik vazifasi - biologik yo'l bilan oqsil sintezlash va sintezlangan oqsilarning o'ziga xos tuzilishini belgilashdan iborat. Jamiki tirik mavjudotning tuzilishidan xilma - xillik anashungabog'liq.
Hujayra morfologiyasi
Odam bilan hayvonlarning organ to'qimalarini tashkil qiluvchi hujayralarda umumiy o'xshashlik bo'lishiga qaramay, ular shakli, tuzilishi, kimyoviy tarkibi va moddalar almashinuvi jarayoni bilan bir-biridan farq qiladi. Yuqorida qayd qilib o'tilganidek, har bir hujayraning fiziologik holati ularning morfologiyasini belgilaydi. Masalan, nerv, muskul hujayralarini ko'raylik. Ularning yirik-maydaligi va shakli har xil bo'lishiga qaramay, barcha tirik organizmlar hujanrasining ichki tuzilishida bir-biriga o'xshashlik bor. Har bir hujayra bir butun murakkab fiziologik xususiyatga ega tuzilma bo'lib, ularda organizm
32
uchun zarur bo'lgan barcha hayotiy jarayonlar kechadi. Masalan, deyarli hamma hujayralarga xos bo'lgan moddalar almashinuvi, energiya ajratish, ta'sirchanlik, o'sish, tiklanish va hokazo. Hujayralarning morfologik tuzilishi bilan tanishar ekanmiz, ular quyidagi asosiy komponentlardan, ya'ni tashqi tomoidan o'rab turuvchi membrana, sitoplazma va yadrodan tashkil topganligini ko'ramiz. Har bir hujayrada ana shu komponentlar bo'lishi va ularning o'zaro munosabati hamda tashqi muhit bilan bog'liqligi talab darajasida bo'lgandagina hujayra hayot kechirishi va o'z vazifasini to'xtovsiz bajarishi mumkin.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling