E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet13/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Hujayraning tuzilishi
Birgina hujayraning tuzilishi va vazifasida organizmdagi barcha hujayralar uchun xos bo'lgan umumiy o'xshashliklar mavjud bo'lsa-da konkret holatda ular faqat muayyan vazifani bajarishga ixtisoslashgan. Shunga ko'ra hujayralarning shakli va tarkibi o'zgarib turadi. Masalan, qoplovchi epiteliy hujayralari yassi, kubsimon, silindrsimon shaklda bo'isa, qisqarish vazifasini bajaradigan mushak hujayralari duksimon hujayralardan yoki silindrsimon tolachalardan tashkil topgan. Mezenxima va retikula hujayralari esa, o'simtali bo'lib, shu o'simtalari orqali bir-biri bilan tutashib turadi. Nerv hujayralari ta'sirni uzatishga moslashgan bo'Jib, ko'p o'simtali tuzilishga ega. Eritrotsitlar ovalsimon, tuxum hujayralar esa yumaloq bo'ladi (3-rasm).
Hujayra tashqi tomondan uni o'rab turgan qobiq, ya'ni membranadan va uning ichida joylashgan protoplazmadan tashkil topgan. Protoplazma deganda uning ichidagi hamma qismlari, ya'ni sitoplazma, yadro va qobiq tushuniladi. Sitoplazma qismida gialoplazma, organellalar va hujayra kiritmalari bo'ladi. Yadro asosan xromatin, yadrocha va kariolimfadan tashkil topgan. Sitoplazmadagi organondlarga muayyan vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan hujayra markazi, mitoxondriyaiar (xondriosomalar), to'rsimon apparat (Golji kompleksi) va endoplazmatik to'r kiradi. Hujayra kiritmalariga oqsillar, yog' tomchilari, polisaxaridlar, pigment hujayralari, sekretlar va boshqalar kiradi. Hujayra sitoplazmasi tashqi tomondan uch qavatdan tashkil topgan qobiq, ya'ni plazmolemma bilan o'ralgan. Tashqi va ichki qobiqlari oqsil molekulalaridan tashknl topgan bo'isa, o'rta qobig'i esa
29
ikki qavatni tashkil etuvchi lipid molekulasini tashkil etadi. Ayrim hujayralarda plazmolemmadan tashkil topgan ayrim tuzilmalar -mikrovorsinka, desmosoma va boshqalar hosil bo'lishi mumkin.
Sitoplazma, asosan, yarim suyuq konsistensiyadagi mayda donachalardan tashkil topgan bo'lib, uning ichida yadro va organellalardan tashqari, hujayrada moddalar almashinuvida, ya'ni metabolizmida ishtirok etuvchi moddalar uchraydi. Bularga oqsillar, yog'lar, uglevodlar, anorganik moddalar, suv lipidlar, nuklein kislotalar kiradi. Har bir quritilgan hujayra tarkibida o'rta hisobda 50-80% oqsil, 1-5% uglevodlar, 5-9% yog', 2-?% lipidlar, quritilmagan hujayrada 75-85% suv bo'ladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling