E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet23/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Metafaza yoki ona yulduz bosqichi, bunda xromosomalar hujayra markaziga siljib, duk o'rtasida metafazali yoki ekvatoriyali bir tekis plastinka hosil kiladi. Metafaza oxirida har bir xromosoma ikkita xromatidga, ya'ni qiz xromosomalarga bo'linadi.
Anafaza. Bu davrda gomologik xromatidlar qarama-qarshi qutblarga ajraladi. Ona hujayrada nechta xromosoma bo'lsa, har bir qutbda shuncha xromosoma paydo bo'ladi. Hujayra tanasida belbog' hosil bo'lib, hujayrani asta-sekin ikkiga bo'ladi.
Telofaza. Bunda yangi hosil bo'lgan hujayrada bir butun hujayra shakllana boshlaydi. Axromatin duk yo'qolib, sentrioladan hujayralar markazi paydo bo'ladi. Xromosomalarda yig'ilgan yadro moddasi bir tekis ko'rinishni egallaydi, yadrocha bilan yadro qobig'i yuzaga keladi. Sitoplazmadagi organellalar bilan hujayra kiritmalari o'z joyini egallaydi. Hujayraning tanasi ikkiga ajralib, ikkita yosh mustaqil hujayra hosil bo'ladi.
Amitoz-to'g'ri yoki oddiy bo'linish. O'simlik va hayvonlar hujayrasining bo'linishida uchraydi. Odamda ko'pincha embrion hujayralari ko'payishida uchraydi, ya'ni bo'linish natijasida mustaqil holda yashash va ko'payish xususiyatiga ega hujayralar hosil bo'ladi.
40
Bunday boiinishda dastlab hujayralarning yadro va yadrochalarida bo'linish boshlanadi. Bunda dastlab yadro cho'zilib, belbog' hosil qiladi. Shu bilan bir vaqtda yadrochada ham bo'linish jarayoni boshlanadi. Yadro va yadrocha belbog'lari asta-sekin cho'zilib, ingichkalashadi va oxiri uziladi. Bu vaqtda yadro bilan birga hujayraning o'zi ham ikkiga bo'linadi. Ayrim vaqtlarda yadroning o'zigina bo'linib, hujayra tanasida bo'linish bo'lmaydi. Bunda ko'p yadroli hujayralar hosil boiadi.
Meyoz - reduksion bo'linish hujayralarning bo'linish usullaridan biri bo'lib, yadro bo'linishining murakkab jarayoni hisoblanadi. Chunki bunda xromosomalar diploid holatdan gaploid holatga o'tadi. Xromosomalar soni ikki marta kamaydi (reduksiyalanadi). Bu esa jinsiy hujayralar (gametalar) shakllanishining muhim omili hisoblanadi.
Meyozning muhim biologik ahamiyati shundaki, u biror turga mansub organizmning qator bo'g'inlarida kariotip turg'unlikni saqlab, jinsni ta'minlar ekan, xromosoma va genlar rekombpnatsiyasi uchun sharoit tug'diradi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling