E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Ichak epiteliysining qiyosiy gistologik elementlari
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
Ichak epiteliysining qiyosiy gistologik elementlari
Ufhurtqasiz hayvonlarda ovqat hazm qilish jarayoni umurtqalilar-dagiga qaraganda birmuncha sodda bo'lib, ichakning oziq moddalarni so'ruvchi epiteliy hujayralari o'ziga xos morfologik tuzilishga ega. Masalan, umurtqasizlardan bulutlar tanasining ko'p qismini tashkil etuvchi paragastral bo'shliqning ichki qismi silindrsimon, ya'ni yuqori prizmasimon shakldagi, hivchinli-yoqali - xoanosit hujayralar bilan qoplangan. Bulutlar tanasining tashsi qismidagi mayda teshikchalardan (g'ovaklardan) suv oqimi bilan kirgan oziq moddalarni epiteliy hujayralari tutib qolib, hazm qilib yuboradi va o'zlashtirilgan oziq moddalarni boshqa hujayralarga uzatib beradi. Hujayraning bazal qismi qisman kengaygan bo'lib, apikal qismiga qarab ingichka tortib boradi, ya'ni konus shaklini oladi. Har qaysi hujayraning ingichkalashgan apikal 88 qismida bittadan xivchin bo'lib, uning asosi yoqa shaklida o'ralgan. Ular fagositoz vazifasini ham bajaradi. Bulutlarda hazm qilish jarayoni asosan shu hujayralar sitoplazmasida sodir bo'ladi. Umurtqasiz hayvonlardan kovakichlilarning, chuchuk suv gidrasining gastral bo'shlig'ini asosan ikki xil epiteliy hujayralari qoplab turadi. Ulardan birinchnsi - silindrsimon hujayralar bo'lib, apikal qismida ikkitadan xivchini bo'ladi, bu xivchinlar doim harakatlanib turib, bo'shliqdagi suyuqlikning bir tomonga harakat qilishini ta'minlaydi va suyuqlik tarkibidagi oziq moddalarni so'rib parchalab, boshqa hujayralarga uzatadi. Ikkinchisi prizmasimon shaklda bo'lib, ularning ham xivchini bor. Bu hujayralar sekret ishlab chiqarish xususiyatiga ega. Demak, bular ichak bezining hujayralari qatoriga kiradi. Ular ishlab chiqargan sekret ichak bo'shlig'iga tushib, hazm qilishda ishtirok etadi. Bu demak, gidrada oziqlanish jarayoni ikki xil hujayralar yordamida sodir bo'lar ekan. Silindrsimon tuzilgan ichak epiteliysi ayrim ipsimon chuval-changlarda - gemagelmintlarda ham uchraydi. Ular ichagining so'ruvchi epitelin hujayralari yuqori prizma shaklida bo'lib, apikal qismi mikrovorsinalardan tashkil topgan. Halqali chuvalchanglar tipiga kiruvchi yomg'ir chuvalchanglari, ya'ni dimbritsidalar sinfiga kiruvchi jonivorlar ichak epiteliysininig ayrimlari kiprikli boiadi. So'ruvchi hujayralar asosida juda ko'p bir hujayrali bezlar joylashgan bo'lib, ular oziq moddalarni hazm qiladigan shira (sekret) ishlab chiqaradi. Yumshoq tanlilarda, ya'ni molluskalarda va ignatanlilarda ham ichakning epiteliy hujayralari kiprikchali bo'lib, ular ham xilpiliovchi epiteliy qatoriga kiradi. Bo'g'imoyoqlilarning ichak epiteliysida ham silindrsimon hujayralar uchraydi. Bularda ichak sistemasi uch qismdan: oldingi, orqa va o'rta qismlardan tashkil topgan bo'lib, oldingi va orqa ichaklar ichki tomondan, tanasini tashqi tomondan qoplab turgan kutikulali epiteliyning davomi hisoblanadi. Hayvonlar tullaganida bu epiteliy ham tullab ko'chib tushadi va qaytadan tiklanadi. Ichakning o'rta qismini qoplab turuvchi epiteliy silindrsimon mikrovorsinali hujayralardan tashkil topgan. Ichaklar devorida har xil bezlar uchrab, ularning mahsulot va fermeptlari ichak bo'shlig'iga tushib, oziqning parchalanishida, so'ng hazm boiishida ishtirok etadi. Ayrim bosh skeletsiz hayvonlar, to'garak og'izlilar va baliqlarda ham ichak epiteliysi kiprikchali bo'ladi. Amfibiya, reptiliya, qushlar va sutemizuvchi hayvonlarda ichak epiteliysning tashkil etuvchi hujayralar silindrsimon mikrovorsinali bo'ladi. Demak, maium boiishicha, 89 umurtqasiz va umurtqali hayvonlar ichagining so'ruvchi epiteliy hujayralari, asosan, silindrsimon bo'lib, apikal qismida kiprikchalar va mikrovorsinalar bo'ladi. Cestodes larda ichak umuman bo'lmaydi. Oziq moddalar qoplovchi epiteliy orqali so'riladi. Ammo parenximasida ayrim hujayralar yoki bir to'p fagositlar bo'ladiki, shular hujayra ichki hazmini bajaradi. Shunday yassi chuvalchangsimonlar borki, ularning ovqat hazm qilish yo'lida bitta teshikcha - og'iz bo'ladi. Mana shu og'zi orqaii ular ham oziq olib, ham hazm jarayonida hosil bo'lgan chiqindi moddalarni chiqaradi. Bo'g'imoyoqlilar hazm qilish yo'lining turli bo'limlaridagi epiteliy turlicha tuzilgan bo'ladi, ammo kiprikchali epiteliy bo'lmaydi. Ichakkning oldingi va orqa bo'limlarida qattiq organik modda - xitinli tuzilmalar bo'lib, hujayralarni apikal tomonidan qoplab turadi. O'rta bo'limidagi silindrsimon hujayralarda mikrovorsinalar bo'ladi. Umurtqali hayvonlarda hazm qilish yo'li: og'izdan to me'daning chiqish-pilorik qismigacha bo'lgan qism - oldingi ichak, o'n ikki barmoq ichak, ingichka ichak, achchiq ichakdan iborat o'rta qism - o'rta ichak va orqa ichakdan tuzilgan. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling