E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


-rasm. Ko'p qatorli kiprikchali (hilpillovchi) epiteliy (sxema)


Download 1.72 Mb.
bet46/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

11-rasm. Ko'p qatorli kiprikchali (hilpillovchi) epiteliy (sxema):
1 - hujayra kiprikchalari; 2 - qadahsimon bez hujayralari;
3 - kiprikchali hujayralar; 4 - uzun qo'shimcha hujayralar; 5 - kalta
qo'shimcha hujayralar; 6 - bazal membrana; 7 - biriktiruvchi to'qima.
91
Hozirgi vaqtda epiteliy kiprikchalarining mikroskopik va elektron mikroskopik tuzilishi deyarli yaxshi o'rganilgan. Kiprikchalari hujayra apikal qismi membranasining protoplazmatik o'sib chiqishidan hosil bo'ladi. Uning devori oddiy hujayralarnikiga o'xshab uch qavatdan tashkil topgan.
Tekshirishlardan shu narsa ma'lumki, kiprikli hujayralar sitoplaz­masining apikal qismida fibrillalar yig'indisidan hosil bo'lgan chigal koptokcha bo'lib, ular bazal tanacha bilan tutashgan va kiprikchalar asosini, ya'ni o'zagini tashkil qiladi (12-rasm).
Umurtqasiz va ayrim tuban umurtqali hayvonlarda bazal tanachaiar hujayra sitoplazmasining ichki qismida joylashgan ingichka ipchalar bilan tutashgan bo'ladi. Bular o'z navbatida bir-biri bilan tutashib, o'zaro kiprikchalar o'zagini hosil qiladi.
Kiprikchalar yuqorida aytilganidek, doim harakatlanib turadi. Ularning harakati sharoitga qarab tez yoki sekin bo'lishi mumkin. Bir sekundda le martadan to 100 martagacha tebranishi ma'lum. Kiprik­chalar harakati, odatda, bir tomonlama bo'ladi. Ular harakatini oddiy ko'z bilan ko'rish qiyin. Lekin baqaning qizilo'ngachiga tikib qo'yilgan shisha tayoqchannig yuqoriga siljishini bemalol kuzatsa bo'ladi.

12-rasm. Epiteliy kiprikchasining bazal qismidan boshlab to uchigacha har xiljoyidan kesib ko 'rilgandagi mikroskopik tuzilishi.
Kesmalar kiprikchaning uch tomoniga yaqinlashgan sari
mikronaychalar bir-biri bilan qo 'shilib, ularning soni kamayib boradi.
(50000 marta kattalashtirilgan sxema, Setirdan).
Ko'p qatorli kiprikchali epiteliy suvda yashovchi bir qancha umurt­qasiz hayvonlarning teri epiteliysini tashkil qiladi. Epiteliy hujayralari-ning apikal qismida kiprikchalari bo'ladi. Bunday hayvonlarga: turbelariya, nemertin, polixeta, kolovratka, molluska va boshqalar kiradi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling