E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
18-Minoga (A), baqa (B) va odant (V) ko'p qavatli qoplovchi
epiteliysining qiyosiy sxematik tuzillshi. A va B: 1-ko'p qavatli epiteliy; 2-shilimshiq modda ishlab chiqaradigan bir qavatli bez; 3-kubsimon epiteliy; 4-cho'tkasimon jiyak hosil qiluvchi mikroso'rg'ichlar; 5-shilmishiq chiqaruvchi bez kanalchasi; 6-pigment hujayralari. V:l- muguz qavat; 2-yaltiroq qavat; 3-donador qavat; 4-tikanli qavat; 5-bazal qavat. 104 Hon bilan kaltakesaklarda epiteliyning muguzlanuvchi qavati vaqt-vaqti bilan tushib turadl, tushganda ham birin-ketin emas, balki birdan tushadi, uni xalq orasida «ilon po'st tashlabdi», «kaltakesak po'sti bu» deyishadi. Lekin bu vaqtga kelib, uning ostidagi yosh muguzlanuvchi qavat yetilib ulgurgan boiadi. Ularda muguz moddalar hosil bo'lishi keratogialinli donachalar bilan tonofilamentlar ishtirokida yuzaga keladi. Endi mana shu po'st tashlash oldida ular epiteliysi qanday tuzilgan bo'ladi: tashqaridan (3 keratindan hosil boigan mustahkam ustki muguz modda bilan qoplangan bo'ladi. Elektron mikroskopda ko'rilganda, bu qavat tolali boiib ko'rinadi. Tangachalar usti qipiqlanib qovjiragan bo'ladi. Chuqurroqda mikroskopik gomogen qatlam bo'lib, 10-20 qavat muguz tangachalardan (kipiklardan) tuzilgan bo'ladi. Ular o'rtasidagi chegara bir-biriga qo'shilib ketgan boiadi. Bu qavat yupqa boiib, faqat P keratin fibrillaridan tashkil topgan, har bir fibrilning diametri 2 nm. Bu qavat ostida esa, muguzlangan hujayralar bilan qalinlashgan bir xil yupqa mikroskopik plastinka joylashgan. Oraliq qavat deb shuni aytiladi. Ba'zi bir hollarda bu qavat ustki qavat bilan qo'shilib ketgan boiadi. Bundan keyingi anchagina chuqur joylashgan qavat bu - bir qator qalin, muguz tangachalardan tuzilgan, diametri 8 nm li fibrillar ko'rinishidagi - keratin bilan toigan qavat keladi. Bu qavatning muguzlanuvchi hujayralari chegarasi saqlanib qolgan. So'ngra yadrosi boigan, keratogialin palaxsalari bo'lgan yorug' hujayralar bilan qalinlashgan (zichlashgan) qavat keladi. Mana shu hujayralar qavati navbatdagi po'st tushishini chegaralab turadi. Vazifasi — oldin unda muguz modda hosil boiadi, keyin hujayralarda gormonlar ta'sirida lizosoma va fermentlar aktivlashib, butun qavag ko'chib tushishiga sabab boiadi. Binobarin, mana shu jarayon po'st tashlashni, ya'ni butun ustki muguz qavatning ko'chib tushishini ta'minlaydi va hokazo. Qushlarning qoplovchi epiteliisi reptiliyalarnikiga o'xshaydi, ya'ni bez hujayralari boimaydi. Dumg'azasidagi bezlardan tashqari, epiteliyning muguzlanuvchi qavati ancha murakkab tuzilishga ega, masalan, qushlar epiteliysi muguz qavat - patlar bilan qoplangan muguzlanuvchi pat hujayralari tuzilishi va kimyoviy tarkibi jihatidan boshqa keratin ishlab chiqaruvchi hujayralar bilan bir xil. Endi sutemizuvchi hayvonlarning yashash sharoiti bilan bog'liq holda epiteliy tuzilishiga ega boigan ko'p qavatli to'qimalaridagi o'zgarishlar bilan tanishamiz. Maiumki, delfinlar bilan kitlarning muguzlanuvchi qoplovchi epiteliysi kam rivojlangan boiib, o'rniga 105 biriktiruvchi so'rg'ichlar yaxshi rivojlangan. Mana shu so'rg'ichlar yordamida epiteliy biriktiruvchn to'qima bilan pishiq birikib turadi. Ulardagi bu xususiyat hayvonlar tanasining suvga ishqalanishida terini shikastlanishdan saqlab turadi. Epiteliysining bir oz muguzlangan bo'lishiga sabab suv haroratining kam o'zgarib turishidir. Binobarin, muguz moddaning termoregulatsiya vazifasi bu o'rinda ahamiyatsiz bo'lib qolgan. Morj va suv mushugida esa epiteliy bir qator muguzlangan hujayralar qavatiga ega, chunki bu hayvonlar quruqlikka chiqqan vaqtida ular tanasidagi haroratni boshqarib turadigan muguzlanuvchi to'qimaning zaruriyati tug'iladi. Demak, muguzlangan qavat ular tanasidagi haroratni t irday tutib turadi. Bundan tashqari, ularning juni bo'lib, bu ham haroratning boshqarilishida ahamiyatga ega. Umuman olganda, quruklikda yashovchi sutemizuvchi xayvon-larning ko'p qivatli tc'qimalari (qoplovchi epiteliysi) hamisha muguzlanuvchi qavatga, ter va yog' bezlariga ega. Buning ustiga qo'shimcha qilib aytish mumkinki, hayvonlarning qayerida juni qalin bo'lsa, usha yerida muguzlanuvchi epiteliy qavati kam rivojlangan (masalan, qo'ylarning ustida), qayerda juni bo'lmasa yoki kam bo'lsa, o'sha yerida muguz'anuvchi qavat juda yaxshi rivojlangan bo'ladi (masalan, hayvonlarning oyoqlari kaftida) va hokazo. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling