E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


>)9 O'zgaruvchan epiteliy


Download 1.72 Mb.
bet51/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

>)9
O'zgaruvchan epiteliy1. O'zgaruvchan epiteliy bajaradigan fizi-ologik vazifasiga ko'ra doim taranglashib va bo'shashib turedigan organlarning ichki yuzasini qoplab turadi. Bularga buyrak jomi, buyrak-ning kichni va katta kosachalari, qovuq, siydik chiqarish yo'llari kiradi. Bunday epiteliy prostata bezining yirik chiqaruv kanalchalari devorida ham uchraydi. Demak, o'zgaruvchan epiteliyning gistologik tuzilishi shu organlarning bajaradigan vazifasiga batamom moslashgan bo'ladi. Qovuq sekin-asta to'lishi bilan uning hujayralari yassilanib boradi, bo'shashishi bilan esa yana o'z holiga qaytadi. Binobarin, hujayralarning shakli bir shakldan ikkinchi bir sraklga o'tib turadi (16, 17-rasmlar).
O'zgaruvchan epiteliyning ikkinchi fiziologik xususiyati shundan iboratki, uning ayrim hujayralari sekret ishlab chiqarib, epiteliy yuzasini (qovuqning ichki yuzasini) konsentrlangan siydik moddasining zaharli ta'siridan saqlab turadi. Sekretning bir qismi siydik bilan aralashib, uni diffuziya holatdagi suyuqlikka aylantiradi va shu bilan organizm uchun zaharli bo'lgan siydikning qayta so'rilishiga to'sqinlik qiladi.
O'zgaruvchan epiteliyning gistologik tuzilishi hozirgi vaqtgacha yaxshi o'rganilmagan. Ayrim olimlar mazkur epiteliyning har bir qavatidagi hujayralar oyoqchasimon ingichka o'simtalari yordamida bazal membrana bilan bog'liq bo'ladi, deb uni ko'p qatorli epiteliyga kiritadilar va bir qavatli, ko'p qatorli o'zgaruvchan epiteliy deb yuritadilar. Boshqa bir guruh olimlar esa bu epiteliyning gistologik tuzilishini ko'p qavatli eliteliy tuzilishiga o'xshatadilar.
Umuman olganda, gistologik tuzilishi jihatidan bu epiteliy uch qavat hujayralardan tashkil topgan: bazal qavat; oraliq qavat; yuqori qavat yoki qoplovchi hujayralar qavati. Har bir qavat hujayralari shakli, yadrosining joylashishi va hujayra kiritmalarining tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
1. Bazal hujayralar qavati mayda, kam tabaqalangan, ko'payish xususiyatiga ega hujayralardan tashkil topgan. Ular doim mitoz yo'li bilan bo'linib turadi. Bazal membrana ustida joylashgan, shuning uchun ham bazal hujayralar deyiladi. Chegaralari aniq emas, har xil shaklga ega, sitoplazmasida hamma organoidlar mavjud. Ayniqsa, endoplaz-matik to'r va uning ribosomalari yaxshi rivojlangan. RNK ning miqdori boshqa hujayralardagiga nisbatan ko'p. Mayda bazal hujayralar
1 O'zgaruvchan epiteliyni aksariyat hollarda talabalar o'zgaruvchan to'qima bilan chalkashtirib yuboradilar. Vaholanki, o'zgaruvchan to'qima deganda, organizmning adaptatsiya, dezadaptatsiya jarayolarida to'qima huujayralari o'zining spetsifik tuzilishini yo'qotib, boshqa holatga ko'chib qolishi natijasida hujayraning sharoitga qarab boshqa yo'nalishda rivojlanishi tushuniladi.
100


I






Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling