E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Kam hujayrali ekzokrin bezlar


Download 1.72 Mb.
bet57/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Kam hujayrali ekzokrin bezlar
Bunday bezlar asosan birlamchi og'izli jonivorlar organizmida tarqalgan. Masalan, qo'sh qanotli hasharotlarning so'lak bezlarida ana shunday kam xujayrali ekzokrin bezlar uchraydi. Bu bezlar asosiy sekretor xujayralar va sekret chiqaruv naychasida joylashgan hujayralardan tuzilgan bo'lib, sekret xujayralari murakkab tabaqalanishga ega. Hujayralar sitoplazmasida endoplazmatik to'rdan iborat sisterna ko'rinishida oqsil sintez qiluvchi apparat juda yaxshi rivojlangan. Unda talaygina nitoxondriylar bulib, ularning bir qismi plazmatik membrananing bazal burmalarida joylashgan. Golji apparati esa sitoplazrraning hamma yerida alohida-alohida kompleks bo'lib joylashgan bo'ladi.
Umurtqasiz hayvonlar orasida kam hujayrali bezlarga ega bo'lgan jonivorlarga misol qilib, priapulidiarni ko'rsatish mumkin. Ular tanasidagi bezlar ana shunday kam hujayralidir. Bu hujayralar asosan aralash mukoproteid ishlab chiqaruvchi ikki xii xujayralarga bo'linad: sitoplazmasi zich, o'ta bazofil qoramtir hujayralar va sitoplazmasida vakuolalar» bo'lgan oqish hujayralar. Ularni sitokimyoviy va avtoradiografvya usullari yordamida analiz qilish shuni ko'rsatadiki,
116
birinchi xil xujayralar oqsil sintez qilar ekan, ikkinchi xil hujayraiar esa juda kam miqdorda oqsil sintez qilib, ko'proq nordon muko-polisaxaridlar sintez qilar ekan. Bunday murakkab tarkibli sekretlar sintez qiladigan hujayraiar faqat kam hujayrali priapulidlar tanasidagi bezlardagina uchramay, balki sut emizuvchilarning jar osti bezlarining ayrim qismlarida ham uchraydi. Kam hujarali bezlarni qiyosiy o'rganishda buni bilishning ahamiyati katta.
Ekzokrin bezlarning rivojlanishi va regeneratsiyasi. Ma'lumki, ekzokria bezlerning hammasi o'ziga xos rivojlanish xususiyatiga ega. Mazkur gistologiya kursida ularning hammasi bilan tanishib chiqishning imkoniyati yo'q. Shunga ko'ra, quyida faqat so'lak bezlar xususida qisqacha to'xtalamiz.
Og'iz bo'shlig'i devorining epiteliysidan hujayraiar tasmasi o'sib chiqa boshlaydi. Bu dastlab qutblanmagan va maxsus tabaqalanmagan bo'ladi. Keyinchalik ana shu tasmalarda hujayraiar guruhlarga bo'linib, naysimon tuzilmalar hosil bo'ladi. Bunday naysimon tuzilmalar orasida bo'shliq paydo bo'lishi bilan epiteliy tartibga tushib, bir qavat hosil qila boshlaydi va shu bilan u qutblanadi. Shundan boshlab, embrion rivojlana borgan sari bezlar shakllanib, ishlay boshlaydi, ya'ni sekret sintez qilinib ajralib chiqadigan bo'ladi. Ammo ularning tarkibi hali yetuk hayvonlarnikiga o'xshamaydi. Chunonchi, kalamushning quloq oldi so'lak bezidagi asinar hujayraiar oqsilli sekret ajratadi, kalamush embrionining shunday xujayralari esa shilliq sekret ajratadi va hokazo.
Bezlarning sekret ishlab chiqarish faoliyatiga ko'ra, ularda doimo fiziologik regeneratsiya jarayoni kechadi. Buni tekshirib ko'rish uchun ichak bir xujayrali bezining yadrolari timidin bilan nishonlab qo'yiladi. Oradan bir kun o'tgach, shunday nishonlangan qadahsimon hujayralarning 10%, yana bir necha soatdan keyin ularning 50-60% ajralib chiqa boshlaydi. Demak, ichak kriptalarida qadahsimon hujayralarning oldingi avlodi - stvol hujayraiar bo'lib, tabaqalanishning dastlabki belgilari paydo bo'lishi bilan (shilliq to'planishi bilan), ular mitoz yoii bilan bo'lina olmaydi. Nishonlangan qadahsimon hujayraiar 2-3 kundan keyin shunday tezlik bilan kamaya boshlaydiki, xuddi shunday tezlik bilan so'ruvchi epiteliy hujayralari soni kamayib boradi. Bundan o'ylash mumkinki, qadahsimon hujayraiar kriptalardan vorsinalar tomon siljiydi va epiteliy qatlamidagi boshqa hujayraiar kabi ular ham ichak bo'shlig'iga yemirilib tushadi, demak, fiziologik regeneratsiya ro'y beradi.
in
Reperativ regeneratsiyaga misol qilib, biror organning, aniqroq qilib aytganda, jigaming biror bo'lagi kesib olib tashlansa, qolgan qismidagi hujayralar kattalashib va ko'payib, yo'qolganining o'rnini to'ldiradi, ammo bunda organning ilgarigi shakli o'z holiga qaytmaydi, jigaming tig' tekkan joyidagi hujayralar esa aytarli ko'payib, kattalashib bormaydi, ular faqat jarohat yuzasi bitib ketishi uchun xizmat qiladi, xolos. Albatta, bu o'rinda shuni aytib o'tish kerakki, barcha organlar ham jigarga o'xshab tez tiklanish xususiyatiga ega emas.
Endokrin sistemasi
Odam va umurtqalilar organizmida ko'plab har xil bezlar uchraydi. Ular ikkita yirik guruhlarga bo'lib o'rganiladi. Tashqi ekzokrin bezlari va ichki endokrin bezlari. Bularning asosiy morfologik farqi tashqi sekretsiya bezlari maxsus chiqaruv kanalchalariga ega bo'lib, o'z mahsulotlarini ya'ni sekretlarini tana yuzasiga, ovqat hazm qilish yo'liga, siydik tanosil yo'llariga va ayrim bo'shliqlar kanalchalari yordamida chiqarib beradi. Ichki sekretsiya bezlari, ya'ni endokrin bezlarda chiqaruv kanalchalari bo'lmaydi. Shu sababli bu bezlar ishlab bergan oz miqdordagi biologik aktiv moddalarini bevosita qon kapillar tomirlariga, to'qima oraliq suyuqligiga chiqarib beradi. Aksincha, qon tomirlari juda yaxshi rivojlangan bo'lib, bulardan tashqari ayrim a'zolar va hujayra guruhlarini tashkil qilgan hujayralar ham ichki sekretsiya bezlari qatoriga kiradi. Endokrin bezlar faoliyati bilan shug'ullanadigan fanga endokrinologiya fani deb yuritiladi. Ichki sekretsiya bezlari ham boshqa a'zolar singari evolutsion taraqqiyotning ma'Ium bosqichida, jumladan qurtlar va yumshoq tanlilardayoq paydo bo'lgan va asta sekin rivojlanib, takomillashgan. Bu bezlar umurtqali hayvonlarda va odamlarda yuksak darajada taraqqiy etgan.
Odamlar ichki sekretsiya bezlariga quyidagilar kiradi. Gipotalamusning neyrosekretor yadrolari, gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezi, me'da osti bezining endokrin qismi bo'yrak usti bezlari va jinsiy bezlar (urug'don, tuxumdon). Hozirgi vaqtda yoidosh, buyrak, hazm sistema endokrin qismlari har tomonlama o'rganilgan. Bulardan tashqari endokrin hujayra guruhlari nafas olish sistemasida va boshqa a'zolarda ham topilgan.
Endokrin bezlar sof endokrin va aralash bezlarga bo'linadi. Sof endokrin bezlarga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi bezi va buyrak usti bezlari kirsa, aralash bezlarga me'da osti bezi,

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling