E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
VII bob. UMURTQALI HAYVONLARNING QON VA LIMFA
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
VII bob. UMURTQALI HAYVONLARNING QON VA LIMFA
TO'QIMALARI Ma'lumki, ichki muhit to'qimalariga yuqorida ko'rib o'tilgan bir qator to'qimalar bilan birga qon va limfa to'qimalari ham kiradi. Binobarin, ichki muhit to'qimalarining birdan-bir yagona belgisi va ularni bir-biriga birlashtirib turgan omil bu - hujayralararo moddaning juda yaxshi rivojlanganligidir. Uning bunchalik yaxshi rivojlanishi hujayralarni bir-biridan uzoqlashtirib turadi. Epiteliy to'qimasida esa hujayralararo modda deyarli yo'q, shu sababdan ham ularning hujayralari yonma-yon yoki bir-birining ustida joylashgan, bu haqda yuqorida gapirilgan edi. 137 13-§. Qon Qon haqida gapirganda, qon yaratuvchi a'zolar - suyak ko'migi (miyasi), limfa tugunlari, taloq haqida ham gapirishga to'g'ri keladi. Bularni alohida ajratib o'rganish mumkin emas, chunki istasangiz-istamasangiz biri haqida gap borganda ikkinchisini ham qisqacha bo'lsa ham tilga olib o'tishga to'g'ri keladi. Qon hayvonlarda bo'lsin, odamda bo'lsin doim harakatlanib turadi. Shu harakati jarayonida uning tarkibi doim o'zgarib turadi. Shu jihatdan qaraganda, qon yaratuvchi organlardagi qonning tarkibi bilan tomirlarda aylanib yurgan, ya'ni periferik qonning tarkibi o'rtasida bir oz farq bo'ladi. Xo'sh, qon o'zi nima, u nimadan paydo bo'ladi? Ma'lumki, organizmning embrion rivojlanishi davrida ektoderma, entoderma va mezodermadan tashqari, ular oralig'ida mezenxima deb ataluvchi embrion to'qimasi ham rivojlanadi. Kelajakda mazkur to'qimadan bir qator yangi to'qimalar rivojlanadi. Binobarin, qon va limfa ham ana shu mezenxima hujayralaridan rivojlanadi. Mezenxima hujayralari, odatda, protoplazmatik o'simtalarga o'xshash bir nechta o'simtalari bilan o'zaro tutashyib, to'rsimon shaklda tuzilgan. Bularning hammasi ham tabaqalangan hujayralar qatoriga kiradi. Hujayralarning orasini yarim suyuqlik holatida bo'ladigan modda to'ldirib turadi. Mezenximaning turli qismlaridagi hujayralarning ko'payishi va tabaqalanishi embrionda har xil to'qimalar rivojlanishiga olib keladi. Bular jumlasiga qon va limfa, ularning tomirlari, shaklli elementlar hamda suyuqliklari kiradi. Qon va limfaning boshqa biriktiruvchi to'qimalardan farqi organizmning ichki muhitini ta'minlashda ishtirok etishidir. Embrion rivojlanish davrida oldin qon tomirlar sistemasi, so'ng limfa sistemasi paydo bo'ladi. Qon va limfa o'zining tarkibiy tuzilishi jixatidan bir-biriga o'xshash moddalardir. Masalan, qon, asosan, suyuq plazma va unda erkin suzib yurgan shaklli elementlardan tashkil topgan. Limfa tomirlari o'z suyuqligini qon tomirlarga quyib, uni xar tomonlama to'ldirib turadi (limfa haqida tegishli paragrafga qarang). Qon organizm uchun muhim bo'lgan bir necha xil vazifalarni bajarishi hammaga ma'lum. Shulardan birinchisi uning trofik (oziqlantiruvchi) vazifasi boiib, ichaklardan qonga so'rilgan barcha oziq moddalarni organizmga tarqatib beradi va to'qimalarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo'lgan chjqindi moddalar organizmdan tashqariga chiqarilkshini ta'minlaydi. 138 Ikkinchisi, organizmda gazlar almashinuvi (nafas) jarayonini ta'minlaydi, ya'ni qon o'pka pufakchalari (alviolalari) dan kislorod biriktirib olib, organlar to'qimalariga tarqatadi va u yerdan karbonat angidrid gazini olib, o'pka orqali tashqariga chiqaradi. Bu vazifani asosan qizil qon tanachalari-eritrotsitlar bajaradi. Uchinchisi, organizmda himoya vazifasini bajaradi. Bu vazifani bajarishda qon tarkibidagi bir nechta elementlar ishtirok etadi. Masalan, qonning oq qon tanachalari - leykotsitlar fagositoz xususiyatiga ega, ya'ni organizmga tashqaridan tushgan har xil mikroorganizmlarni qamrab olib, parchalab yuboradi. Kasallik tufayli nekrozga uchragan, organizm uchun yot moddalarga aylangan hujayralarni yutadi. Qonning ba'zi shaklli elementlari har xil immunitet hosil qiladi. Qonning mana shu xususiyati tufayli organizm sog'lom bo'ladi. Bundan tashqari, qon organizmda bir nechta gumoral vazifani ham bajaradi. Endokrin va nerv sistemasi bilan birga u organizmning ichki turg'unligini (muhitini), ya'ni gomeostazini saqlab turishda ham ishtirok etadi. Qon tuzilishiga ko'ra ikki qismga bo'lib o'rganiladi: suyuq qismi -plazma va unda erkin suzib yuruvchi shaklli elementlar - eritrotsitlar, leykotsitlar va qon plastinkalari - trombotsitlar. Qon plazmasi hajmi jihatidan qonning 55-60% ini, shaklli elementlari 40-45% ini tashkil etadi. Qonning umumiy massasi odam organizminnng taxminan 7% ni tashkil etadi. Masalan, massasi 70 kg keladigan odamda taxminan 5-5,5 litr qon boiadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling