E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Qonning shaklli elementlari
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
Qonning shaklli elementlari
Demak, qonning shaklli elementlari qon yaratuvchi organlarda yetilgach, tomirlarga o'tadi va periferik qon tomirlar bo'ylab aylanib yurardan, qonga xos umumiy vazifani bajarishga kirishadi. Eritrotsitlar. Eritrotsitlar—qizil qon tanachalari qon shaklli elementlarining eng ko'p qismini tashkil qiladi. Ularning soni, odatda, erkaklarda 1 mm3 qonda 5-5,5 mln bo'lsa, ayollarda 4,5-5 mln, yosh organizmda ular soni nisbatan ko'p bo'ladi. Odam katta bo'lgach, bu miqdor odatdagi darajaga tushadi va organizm qarigan sari uning miqdori yana ortib boradi, tarkibidagi gemoglobin miqdori esa yoshlarnikiga nisbatan kamayadi. Eritrotsitlar har xil fiziologik holatlarda va kasalliklarda oshib yoki kamayib turishi mumkin. Eritrotsitlarning soni umurtqali hayvonlarning yashash sharoitiga, jinsi, yoshiga va yil fasliga qarab o'zgarib turadi. Har xil his va tuyg'ular natijasida va jismoniy harakat vaqtida eritrotsitlar soni ko'payadi. Ular 140 miqdorining bunday o'zgarib turishi organizmning moslashish xususiyatidan kelib chiqadi. Har bir eritrotsit, masalan, odamda 3 oydan ortiq yashaydi. Organizmda jigar, taloq va terida qon depolari bo'lib, u erda hamma vaqt eritrotsitlar mavjud boiadi va kerak vaqtida qonga chiqarib turiladi. Eritrotsitlar gazlar almashinuvini, qon plazmasidagi ionlar munosabatini boshqarishda, glikoliz jarayonida, ya'ni uglevodlarning parcha-lanishida, toksinlarning adsorbilanishida ishtirok etadi, viruslarni tutib qolish kabi vazifalarni bajaradi. Eritrotsitlarning gazlar almashinuvidagi vazifasi organizmni kislorod bilan ta'minlash va karbonat angidridni tashqariga chiqarishda namoyon boiadi. Umurtqali hayvonlar eritrotsitlarining tarkibida kislorodni o'ziga tez qabul qilib olish xossasiga ega bo'lgan nafas pigmenti-gemoglobin bo'ladi. Qon o'pka pufakchalaridan (alveolalaridan) o'tar ekan, eritrotsitlar gemoglobinni xuddi magnitga o'xshab kislorodni o'ziga tortib oladi va hujayralarga yetkazib beradi. Eritrositlar, odatda, nihoyatda ixtisoslashgan bo'lib, rivojlanish davrining oxirgi pog'onalarida yadro va boshqa organoid hamda hujayra kiritmalarini o'zidan tashqariga chiqaradi. Sitoplazmasi faqat qonga qizil rang berib turuvchi gemoglobin moddasi bilan to'ladi, bo'linish xususiyatini yo'qotadi. Amfibiyalarda va parrandalarda (baqa va tovuqlarda) eritrotsitlar tarkibida yadrolar oxirigacha saqlanib qoladi, binobarin, ularning eritrotsitlari yadroligicha qoladi (26-rasm). Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling