E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet69/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

28-rasm. Segment yadroli neytrofil leykotsit.
Elektron mikrofotogramma (12000 marta kat,
neytofil donachalari ko 'p).
Eozinofil (atsidofil) leykotsitlar qondagi leykotsitlar umumiy miqdorining 2-5% ni tashkil etadi. Boshqa donachali leykotsitlarga nisbatan ular ancha yirik bo'lib, diametri 9-14 mk ga teng. Sitoplazma qismidagi donachalar boshqa granulotsitlarning donachasiga nisbatan ancha yirik, bir tekis joylashgan donachalar bo'lib, eozin va boshqa kislotali bo'yoqlarda yaxshi bo'yaladi. Otlar qonidagi eozinofil leykotsitlar ancha yirikligi bilan farq qiladi. Romanovsiy bo'yo'g'ida qizil rangga bo'yaladi.

29-rasm. Segment yadroli eozinofil leykotsit (atsidofil). Elektron mikrofotogramma (10000 marta kat.):
1-yadro; 2-atsidofil donachalari; 3-sitoplazmatik to'r apparati (E. I. Terentyev, Z. G. Shishkanovdan).
146
IIIIIIWIHIilllllllllUtlimwUIMl^
Eozinofil donachalarning shakli yumaloq yoki ovalsimon bo'lib, boshqa leykotsit donachalaridan ancha yirik, diametri 0,7-1,3 mk ga teng. Ularning donachalari oddiy mikroskopning kichik obyektivida ham yaxshi ko'rinadi. Ular lipoidlardan (oqsil moddalardan) tashkil topgan. Donachalar tarkibida fosfor, temir, oksidlanish va qaytarilish jarayonida ishtirok etadigan fermentlar uchraydi. Elektron mikroskopda olib borilgan tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, sitoplazma qismida yaxshi rivojlangan endoplazmatik to'r, Golji kompleksi, hujayra markazi va mitoxondriylar bor ekan. Eozinofil yadrosi hujayra markazida joylashgan bo'lib, odatda, ikkita, ba'zida esa, uchta segmentdan tashkil topgan, ular ingichka belbog'chalar yordamida bir-biri bilan tutashib turadi (29-rasm). Eozinofil leykotsitlar ham surilib ko'chish xususiyatiga ega. Organizmning kasallangan joylarida ko'plab uchraydi. Fagositoz xususiyatga ega. Organizmda har xil zaharlar ta'sirida intoksikatsiya bo'lganda ularning aktivligi yanada ortadi. Eozinofiliya ba'zi bir yuqumli kasalliklarda ham aniqlangan. Masalan, gijja kasalliklarida, allergik holatlarda va organizmga yot oqsillar tushib qolganida,ularning qondagi miqdori birmuncha ko'payadi. Hayvonlarda buyrak usti bezi olib tashlanganda, eozinofiliya bo'lishi kuzatiladi. Aksincha, qalqonsimon bez olib tashlanganida esa, uning kamayishi, ya'ni eozinopeniya sodir bo'ladi.
Bazofil leykotsitlar umumiy leykotsitlarning 0,52% ni tashkil etadi, diametri 6-1 Omk. Bazofillar qushlar qonida boshqa umurtqalilardagiga nisbatan ko'proq bo'ladi, yadrosi boshqa granulotsitlarga nisbatan ancha och bo'yaladi, bo'g'imlari deyarli ko'rinmaydi. Sitoplazmasida intensiv ravishda ishqoriy bo'yoqqa to'q bo'yalgan yirik donachalarni ko'ramiz. Donachalari suvda tez eriydi, organizmdagi vazifasi yaxshi o'rganilgan emas. Rentgen nuri hamda toksinlar ta'sirida ko'payadi, yangi bazofillar yuzaga keladi (30-rasm).

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling