E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet77/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

(400 marta hat.):
1,2,3-mezenxima hujayralari; 4—mezenxima hujayralarining mitoz yo'l
bilan ko'payishi.
Hujayra elementlari, odatda, to'qima oraliq moddasiga nisbatan ko'p bo'ladi. Oraliq modda tarkibidagi elementlar to'qimada mexanik va elastik vazifalarni bajarsa, hujayra elementlarn trofik, himoya vazifalarini o'taydi. Shuning uchun,to'qimada kamroq oraliq modda, ko'proq hujayra elementlari uchrasa, siyrak biriktiruvchi to'qima deyiladi. Aksincha, oraliq modda ko'proq bo'lib, hujayra elementlari kamroq bo'lsa, zich biriktiruvchi to'qima deb yuritiladi. Ikkala to'qimada ham oraliq moddalar tolalari har xil yo'nalish va zichlikda joylashishi bilan farq qiladi. Hujayralar miqdori ham to'qimalarda har xil bo'ladi. Zich biriktiruvchi to'qima tarkibida siyrak biriktiruvchi to'qimada uchraydigan ko'pgina hujayralar uchramaydi. Siyrak biriktiruvchi to'qima bilan qonning ayrim hujayralari organizmda fagositoz vazifalarni bajaradi. Shu jihati bilan ular bir-biriga o'xshash bo'lib, birgalikda retikula endoteliy sistemasida ishtirok etuvchi hujayralar deb yuritiladi. Siyrak biriktiruvchi to'qima oraliq
162
a. «* ami -an* KrfN; z-rw s:
moddasining tarkibida kollagen va elastik tolachalardan tashqari murakkab oqsillar va uglevodlardan tashkil topgan mukoid modda ko'p uchraydi. Kollagen va elastik tolachalar siyrak binktiruvchi to'qima tarkibida ko'p uchrasa, retikula tolachasi asosan retikular to'qimani tashkil etadi. Quyida siyrak biriktiruvchi to'qimaning oraliq moddasida uchraydigan elementlar bilan tanishamiz.

35-rasm. Siyrak biriktiruvchi to'qima (sxema):
1-kollagen tolacha; 2-elastik tolacha; 3-limfotsit; 4-plazmatik hujayra; 5-fibroblast; 6-neytrofil; 7-gistotsit; 8-monotsit (oziq hazm qiliuvchi
vakuolali); 9-makrofag; 10-yog' hujayra sitoplazmasida qoraga
bo'yalgan yog'tomchisi; 11-semiz hujayra; 12-hujayralararo amorf
modda; 13-peretsit; 14-endoteliy hujayra; 15-eritrotsit
(E.A. Shubnikovadan).

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling