E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet79/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Tropokollagen molekulasidan tashkil topgan kollagea skleroproteid gruppasiga kiruvchi oqsillardan iborat. Kollagen o'z tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriga qarab ham farq qiladi. Uning tarkibida eng ko'p uchraydigan aminokislotalardan glitsin hamda prolin va oksiprolinlar. Odatda, oksiprolin kollagen va elastin tarkibida uchraydigan xarakterli modda qatoriga kirib, boshqa oqsillarda uchramaydi. Kollagen uchun xarakterli moddalardan yana biri oksilizindir.
Kollagen tolacha deganda, organizmda uchraydigan ko'pgina to'qimalar tarkibida bo'ladigan tolachalarning biri tushuniladi. Kollagen deganda esa tolacha tarknbini tashkil etuvchi asosiy, o'ziga xos oqsil moddasini tushunish kerak. Kollagen tolacha protofbrillalarining nozik tuzilishi rentgen nurlari yordamida juda yaxshi o'rganilgan. Ma'lum bo'lishicha, protofibrillalar protokollagen oqsilidan iborat macro-molekulalardan tashkil topgan bo'lib, ular esa kollagenga o'xshamagan aminokislotalar tarkibidan iborat peptid molekulalari, ya'ni telopeptidlar yordamida bir-biri bilan tutashgan bo'ladi. Peptidlar tropokollagen molekulalarini yon tomonlaridan bir-biriga tutashtirib turadi. Kollagen tolacha protofabrillalarining nozik morfologik tuzilishi ham elektron
165
mikroskopda yaxshi o'rganilgan. Ma'Ium bo'lishicha, protofibrillalar ko'ndalang joylashgan oq va qoramtir chiziqlardan tashkil topgan bo'lib, ularning takrorlanish oralig'i 640°A ga teng. Bu chiziqlarning morfologik va tarkibiy tuzilishi hozirgacha yaxshi o'rganilgan emas. Ko'pchilik olimlarning fikricha, tropokollagen makromolekulalarining yon agregatsiyalanishi natijasida sodir bo'ladi. Har bir molekulaga e ta qutbli (aktiv) qismi to'g'ri kelsa, 4 ta qutbsiz (aktiv emas) qismi to'g'ri keladi. Tropokollagen molekulalari bo'yiga qarab spiral holda aylanma joylashishi natijasida bir-birining orqa tomonida ham shunday qismlari sodir bo'lpdi. Elektron mikroskopda ular oq va qora chiziqlar hosil qilib ko'rinadi, ya'ni elektron qattiq va yumshoqroq hoshiyalar navbatma-navbat joylashgan bo'lib ko'rinadi. Olimlarning fikricha, tolachalarni ko'ndalang kesib o'tgan qora chiziq-lar, asosan, qutbli amino-kislotalardan tashkil topgan bo'lib, ular o'rtasidagi oq chiziqlar qutbsiz aminokislotalarni tashkil etadi. Boshqa olimlarning fikricha, birin-ketin keluvchi qora va oq chiziqlar tolacha tarkibidagi kollagen bilan polisaxarid moddalarning joylashishiga qarab sodir boiadi. Tolacha tarkibidagi mukopolisaxaridlar eritib olinganida qora va oq chiziqlar ko'rinmagan. Kollagen tolacha pepsin va kollogenaza fermenti ta'sirida 550% gacha shishib, so'ng parchalanib ketadi, suv va kuchsiz kislota hamma ishqorlar ta'sirida 50% gacha shishadi.
Kollagen tolachalar boshqa tolachalarga qaraganda juda-qattiq bo'ladi. Ularning qattiqlik moduli 60-70 kg/mm 2 ga teng. Qattiqlikni tolacha ustini qoplab turuvchi molekulalarning joylashuvi ta'minlaydi. Ular xuddi spiral shaklda o'ralgan arqonga o'xshab joylashadi. Natijada butun tolachalar bir-biri bilan mustahkam holda yopishib ketgan bo'ladi. Bunday bog'lanishda faqat tashqarisida joylashuvchi molekulalar ishtirok etmay, balki ichki fibrillalar ham tutashib ketgan bo'ladi. Kollagen tolachalarning qattiq tuzilishida faqat protokollagen ishtirok etmasdan, balki boshqa oqsillar hamda kislotali mukopolisaxaridlar (gialuron va xondroitinsulfat) kislota ham ishtirok etadi. Shuni ham aytish kerakki, kollagen tolachalar faqat umurtqali hayvonlar organizmida uchramay, balki ko'pgina umurtqasizlarda ham uchraydi. Hozirgi vaqtda molluskalar, annelidlar, ignatanlilar, kovakichlilar va po'kaklilarda topilgan, hammasi bo'lib, amino-kislotalar tarkibiga qarab, umurtqaliiarda 32 ta, umurtqasizlarda 10 ta kollagen xillari topilgan.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling