E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet80/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

2. Eiastik tolachalar boshqa tolachalarga nisbatan uncha pishiq bo'lmasa ham, ancha egiluvchan va cho'ziluvchan xususiyatga ega.
166
Shular hisobiga to'qima qisman bo'lsa ham cho'zilib, yoyilib turadi. Elastik tolachalar yorug'Jikni kuchli sindiradi, orsin va rezorsin-fuksin hamda pikrin kislota bo'yoqlarida yaxshi bo'yalib, mikroskopda boshqa tolalardan ajralib turadi. G'ovak biriktiruvchi to'qimada uchraydigan elastik tolachalarning diametri 1-3 mk, boshqalariniki 10 mk ga teng.
Elektron mikroskop yordamida aniqlanishicha, elastik tolalar elastin oqsilidan iborat protofibrillalardan tashkil topgan bo'lib, ularning diametri 304 mk ga teng. Har xil moddalarga solib bo'ktirilganida darrov shishmaydi, lekin keyin-roq borib shilimshiq moddalarga parchalanib ketadi. Ovqat hazm qilishda ishtirok etadigan pepsin va tripsin kabi fermentlarda deyarli yaxshi parchalanmaydi.
3. Retikula tolachalari boshqa tolachalarga nisbatan kaltaroq va ingichka bo'lib, to'rsimon shaklda. Gistologiya preparatlari kumush tuziga solinsa, yaxshi ko'rinadigan bo'ladi. Kumush tuzini o'ziga yaxshi qabul qilib bo'yalgani uchun ular argirofd tolachalar deb ham yuritiladi. Retikula tolachalarining kimyoviy tuzilishi yaxshi o'rganilmagan. Qo'pchilik olimlar ularning asosi kollagen va elastik tolachalarga o'xshash oqsildan tashkil topgan deydilar. Uning kumush tuzini yaxshi qabul qilish xususiyati tolachalarning oqsiliga emas, balki tarkibi-dagi mukopolisaxaridlarga bogiiq. Tarkibidagi aminokislotalarning sifati va miqdoriga qarab kollagen va elastik tolachalar bir-biridan farq qiladi. Retikula tolachalarida aminokislotalardan ko'proq serin, oksilizin va glutamin kislota uchraydi. To'qimada amorf moddaning miqdori har xil bo'lishi mumkin, hujayra elementlari qancha ko'p bo'lsa, amorf modda shuncha kam bo'ladi.
4. Amorf modda gomogen moddaga o'xshash bo'lib, unga asosiy sementlovchi amorf modda deyiladi. U xuddi kolloidga o'xshash tuzilgan boiib, bo'yoqlarda yaxshi bo'yalmaydi. Shu modda ichida har xil to'qima tolalari va hujayra elementlari yotadi. Tarkibi gialuron va xondroitin kislota hamda geparinlardan tashkil topgan. Ayrimlarini semiz hujayralar ishlab chiqarsa, kislotalami fibroblast hujayralari sintez qilib turadi. Asosiy modda organizmda moddalar almashinuvi jarayonida muhim vazifani bajaradi. Tomirlardan so'rilgan oziq modda shu asosiy modda orqali hujayralarga o'tadi va hosil bo'lgan chiqindi moddalar ham ular orqali tomirlarga o'tadi va tashqariga chiqariladi. Ular ayrim kasalliklarni keltirib chiqaradigan mikroorganizmlarni tutib qoladi. Asosiy moddaning fizik-kimyoviy tarkibi har xil ta'sir natijasida o'zgarishi mumkin. Qalaqonsimon bezning vazifasi pasayib ketganida miksedema kasalligi paydo bo'ladi. Bunda ten ostidagi yumshoq
167
biriktiruvchi to'qimaning asosiy moddasi suyulib, shilimshiq moddasi ko'payib ketadi yoki organizmda S vitamini yetishmay qolganida kollagen moddaning hosil bo'lishi buzilib, asosiy moddasining tarkibi o'zgaradi. Askorbin kislota yuborilganida u yana o'z holiga qaytadi. Demak, ma'lum bo'lishicha, asosiy modda organizmda moddalar almashinuvi jarayonida muhim vazifa bajaradi. Uning tarkibidagi hujayra elementlari organizmni har xil kasalliklardan saqlab turadi. Tarkibining buzilishi patologiyadan darak beradi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling