E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet83/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

6. Retikula hujayrasi. Umurtqali hayvonlar organizmida ko'p tarqalgan to'qimalarga retikula to'qimasi ham kiradi. Ular aksariyat qon hosil qiluvchi organlarda, chunonchi, suyak ko'migi, limfa tugunlari va taloqda hamda jigarda ko'p uchraydi. Mikroskopik tuzilishiga kelganda ular retikula tolachalari bilan retikula hujayralaridan tashkil topgan. Ular orasida amorf moddasi ham bor. Retikula hujayralariga kelsak, ular kam tabaqalangan va mo'l tabaqalangan retikula hujayralariga bo'linadi: kam tabaqalangan hujayralar, odatda, oz bazofilli bo'lib, kiritmalari bo'lmaydi, deyarli hamma organoidlari bo'ladi, yadrosi ovalsimon bo'lib, oqish bo'yaladi. Bu hujayralar boshqa hujayralarga aylanib ketish xususiyatiga ega. Masalan, fiziologik holatlarga qarab ular gemositoblast, makrofaglar, fibroblast hujayralarga aylanishi mumkin. Retikula to'qimasining ikkinchi tur hujayrasi, odatda, kam tabaqalangan hujayralardan hosil bo'ladi, yadrosida xromatin ko'proq bo'lib, yaxshi bo'yaladi. Ayrim vaqtlarda atrofidagi hujayralardan uzilib, makrofaglarga aylanadi.
Retikula hujayrasi boshqa biriktiruvchi to'qima hujayralari hamda qonnrmg shaklli elementlari bilan birga retikula-endoteliy sistemani tashkil etadi. Bu sistema butun organizmda yoki lokal qismida himoya vazifasini bajaradi. Organizmga tushgan yot mikroorganizmlarni fagotsitoz qiladi. Bu hujayralarning yana eng muhim xususiyatlaridan biri ta'sirlanganda yumaloqlanib, boshqa yon hujayralardan ajralib olishidir.
7. Pigment hujayralari ovalsimon yoki cho'zinchoqshaklda bo'lib, atrofida uzunligi har xil mayda o'simtalar bo'ladi. Odamlarda pigmentlar to'g'ri ichakning tashqi chiqaruv teshigi (anus) atrofida, yorg'oqda, ko'krak so'rg'ichlari atrofida uchraydi. Bundan tashqari, pigment hujayralari ko'zning tomirli va rangdor pardalarida ham ko'p uchraydi. Bu hujayralarga melanoblastlar deyiladi. Pigment hujayrasi sitoplazmasida melanin pigmentining mayda donachalari bor (40-rasm). Bu donachalar ultrabinafsha nurlar ta'sirida ko'payib-kamayib turadi. Aniqlanishicha, u tirozinaza fermenti ta'sirida tirozin amino-kislotasidan hosil bo'lar ekan. Uning asosiy vazifasi organizmni quyoshning ultrabinafsha nuri ta'siridan saqlashdir.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling