E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet86/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Interstitsial to'qima umurtqali hayvonlar va odam organlarining ichki qismida uchraydigan to'qimalarni tashkil etib, fiziologik vazifani bajarishda ishtirok etadi. Bunday to'qima ko'pgina ichki organlar bo'lakchalarining orasida, bezlar, jigar, silliq va skelet muskullar orasida uchraydi. To'qima bilan birga, har bir organning ichki qismiga tomirlardan arteriya, vena va limfa, nerv birgalikda o'sib kiradi va har bir organning bir butunliginn tashkil etadi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, interstitsial to'qima har xil organlarda turlicha rivojlangan bo'ladi. Ayrim organlarda kuchli rivojlangan bo'lib, mikroskopda yaxshi ko'rinadi, ayrimlarida esa kam rivojlangan bo'ladi. Interstitsial to'qima turli sinflarga kiruvchi umurtqali hayvonlarda ham turlicha rivojlangan. Masalan, cho'chqa, tuya va ayiqning jigar oraliq to'qimalari yaxshi rivojlangan bo'lib, kalamushlarda va odamda kam rivojlangan. Mikroskopik tuzilishi jihatidan zich tolali biriktiruvchi to'qimaga o'xshagan bo'ladi, tarkibida kollagen va elastik tolachalar, hujayra elementlaridan fibroblast va gistiotsit doimo uchraydi.
17-§. Ichki muhit to'qimalari turlarining o'zaro funksional
munosabati
Asosiy maqsadga o'tishdan awal ichki muhit to'qimalari turlari xususida yana bir bor qisqacha to'xtalib o'taylik. Demak, barcha umurtqasiz hayvonlardagi ichki muhit to'qimalarida, birinchidan, donachasiz amyobatsitlar-limfotsitlarning analoglari bo'lib, ular harakatchan boiish bilan birga, fagotsitoz xususiyatiga ega, ikkinchidan, desmoblast hujayralar mavjud, bular fibroblastlarning analoglari bo'lib, biriktiruvchi to'qimaning hujayralararo moddasini hosil qiladi.
;79
Eritrotsitlar esa hamma umurtqasiz hayvonlarda bo'lmaydi, ammo umurtqali hayvonlarniki hammasida bo'ladi. Masalan, molluskalar qonining hujayralari bo'lgan amyobatsitlar ulaming hamma turlarida bo'lsa, eritrotsitlar faqat qo'sh og'izlilarda bo'ladi. Hashoratlar qonida amyobatsitlaming har ikkala donachasiz va donachali turi bo'ladi. Biriktiruvchi to'qimalari tarkibida esa desmoblastlar, yog' tanachalarida trofotsitlar uchraydi. Ma'lumki, trofotsitlar tarkibida yog' kiritmalari bilan glik/3gen saqlaydi. To'garak og'izlilar qonida eritrotsitlar, limfotsitlar, monositlar va donachali leykotsitlar bo'ladi. Trombotsitlar esa bo'lmaydi. Ularning biriktiruvchi to'qimalarida fibroblastlar bilan gistiotsitlar uchraydi. Baliqlar qonida yadroli eritrotsitlar, yadroli trombotsitlar va leykotsitlar ko'p. Ularning biriktiruvchi to'qimalarida ham fibroblastlar bor, ba'zan gistiotsitlar, palaxsasimon hujayralar bilan semiz hujayralar ham topiladi. Amfibiyalar qonida bo'lsa, yadroli eritrotsitlar, yadroli trombotsitlar, limfotsitlar, neytrofil, eozinofil, donachali leykostitlar bo'ladi. Fibroblastlar, gistiotsitlar uchraydi. G'ovak biriktiruvchi to'qima kamdan-kam topiladi. Reptiliyalar va qushlar sonida hamisha yadroli eritrotsitlar, donachali bazofil va eozinofil leykotsitlar, mayda yadroli trombotsitlar bo'ladi. Biriktiruvchi to'qimalarda fibroblast, gistotsit hujayralar, yog' hujayralari, plazmatik va semiz hujayralar mavjud, limfotsitlar bilan granulotsitlar juda ko'p. ,(^^Sutei*HzuvcJ^
donachasiz leykotsitlarga bo'linadi, ammo yadrosidagi segmentlar bitan bo'yalishi jihatidan esa farqlanadi. Chunonchi, odam qonining leykotsitlari, neytrofil donachali, dengiz cho'chqasi bilan quyonlarniki esa eozinofil donachalidir. Itlar bilan mushuklarda ham donachali neytrofillar ustun turadi. Barcha sutemizuvchi hayvonlar bilan odamdagi biriktiruvchi to'qimalarda fibroblastlar, gistiositlar, makrofaglar, semiz va yog' hujayralari, plazmatik hujayralar, donachasiz va kamroq donachali leykotsitlar bo'ladi. Faqat sitoplazmasi qanchalik rivojlanganligi va yadrosining shakli bilan bir-biridan bir oz farq qiladi.
Ko'rinib turkbdiki, umurtqali hayvonlardagi ichki muhit to'qimalari eng kuchli rnvojlangan va eng ko'p hamda murakkab funksiyalarni bajaradi. Birlamchi og'izli hayvonlardan molluskalarda, ayniqsa boshoyoqli molluskalarda mazkur to'qimaning solishtirma miqdori ko'pni tashkil qiladi. Sutemizuvchi hayvonlarda himoya funksiyasini fagotsitlar va ular asosida shakllangan donachali amyobatsitlar hamda limfoid to'qimalar bajaradi. Bundan tashqari, ichki muhit to'qimalarining hammasi uchun umumiy bo'lgan funksiyasi ham
180
bor. Masalan, bir necha xil mexanizmlar yordamida yuzaga chiqadigan trofik o'tkazuvchi funksiyani olaylik. Ularning bu funksiyasi lakunalar va tomirlar sistemalari birgalikda maxsus oqsil polisaxaridli asosiy modda hosil qilish yoki hujayrali parenximalar yaratish yoii bilan yuzaga chiqadi.
Ko'p hujayrali hayvonlarning turli guruhlarida ichki muhit to'qimalarining funksiyasi tartibsiz ravishda turli xil mexanizmlar yordamida yuzaga chiqishi ham mumkin. Tartibsizlik filogenetik metaplaziya xodisasi ta'sirida yana ham kuchayishi mumkin. Buning ma'nosi shuki, bir to'qima turiga mansub bo'lgan funksiyani boshqa bir to'qima turi o'z zimmasiga oladi. Masalan, ichki muhit to'qimalari musbat metaplaziyada, silliq muskul to'qimalari fibroblastlar asosida shakllanadi. Bunday hodisani umurtqali hayvonlar bilan molluskalarda ko'rish mumkin. Zavarzin fikricha, silliq muskul to'qimalari fibroblast elementlarining ko'pgina xususiyatlarini saqlab qoladi. Binobarin, ular boshqa to'qima turlari funksiyalarini o'z zimmasiga oladigan bo'ladi -manfiy metaplaziya. Bu birlamchi og'izlilar-polixet, olixet, hashoratlar va boshqa bo'g'imoyoqlilarga xos xususiyatlardir. Chunonchi, hashoratlar bilan quruklikda yashovchi bo'g'imoyoqlilardagi qoplovchi kutikular epiteliy skelet funksiyasi bilan gazlar almashtirish funksiyasini o'z zimmasiga olgan bo'ladi. Ikkinchi bir misol: nafas pigmentlari selomik epiteliylariga aylanar ekan, himoya funksiyasini va shuningdek, kislorod g'amlash vazifasini bajarishga ixtisoslashadi va hokazo. Ko'rinib turibdiki, ichki muhit to'qimalari turlaridan birortasi boimasa, u bajaradigan funksiyani boshqa mavjud to'qima turi bajarar ekan. Yuqorida eslatib o'tilgan va qon limfoid to'qi-malari hamda ularning hujayralari, shaklli elementlarining o'zaro munosabatlari xususida gapirilganda ham shularni aytish mumkin.
181

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling