E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Shakllangan zich biriktiruvchi to'qima


Download 1.72 Mb.
bet88/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Shakllangan zich biriktiruvchi to'qima. Bu to'qimani ajratib turuvchi asosiy farq unda kollagen va elastik tolalardan tashkil topgan tutamlar bir-biriga nisbatan muayyan tartibda joylashgan bo'lishidir. Tutamlar joylashishi organlar vazifasiga qarab turlicha bo'lishi mumkin. Shakllangan zich biriktiruvchi to'qima paylar va boylamlarda, fibroz membrana (plastinka) va plastinkasimon biriktiruvchi to'qimaiarda uchraydi.
Paylar. Odamda va sutemizuvchi hayvonlarda tayanch va harakat organlariga kiruvchi paylarda kollagen tolachalar tutamlari bir-biriga nisbatan zich, parallel joylashgan (42-rasm). Ularning bunday joylashishi muskullarning qisqarishi va yozilishiga muvofiq keladi. Tolachalar va tutamlar orasida to'qima hujayralaridan fibrotsitlar uchraydi. Fibrotsitlar uzunchoq shaklda bo'lib, plastinkasimon uchlari bilan bir nechta tolachalardan tashkil topgan boylamning atrofidan o'rab olib, birlamchi tutam hosil qiladi. Bu fibrotsitlar pay hujayralari ham deyiladi. Bir nechta birlamchi boylamlar yig'indisining atrofidan siyrak biriktiruvchi to'qima o'rab olib, ikkilamchi tutam hosil qiladi.
183
Ikkilamchi tutamni o'rab turgan siyrak biriktiruvchi to'qima endotenoniy ham deyiladi.
Bir nechta ikkilamchi tutam yig'indisi atrofidan bir oz zichroq biriktiruvchi to'qima o'rab olgan bo'lib, ular uchlamchi tutam hosil qiladi. Shunday yo'l bilan to'rtlamchi tutam ham hosil bo'lishi mumkin. Paylarning ustki qavatini o'rab turadigan biriktiruvchi to'qima peritenoniy deb yuritiladi. Endotenoniy va peritenoniylar orqali qon tomirlar bilan paylami innervatsiya qiladigan nerv tolalari o'tadi.

42-rasm. Shakllangan zich biriktiruvchi to'qima. Payning gistologik tuzilishi. Gemotoksilin-eozin bilan bo'yalgan (80 marta kat):
I-ko'ndalang kesimi: 1-kollagen tolachalar tutami; 2-fibrotsitlar;
3-ikkilamchi tolachalar tutami bir-biridan ajratib turuvchi siyrak
biriktiruvchi to'qima; 4-uchlamchi tolachalar to'plamini ajratib turuvchi
tashqi biriktiruvchi to'qima; H-uzunasiga kesimi: 1-kollagen tolachalar;
2-fibrotsitlar (pay hujayralari); 3-ikkilamchi tolachalar tutami orasida
joylashgan siyrak biriktiruvchi to'qima (I.V.Almazov va boshqalar).
184
~, "■
Boylamlar. Shakllangan zich biriktiruvchi to'qimalardan yana biri boylam to'qimalardir. Ular ham boylamlarning bo'yiga parallel joylashgan bo'lib, elastik tolachalar to'ridan hamda membranalardan tashkil topgan. Boylam to'qimalari pay to'qimalaridan ko'p farq qilmasada, ammo ularda fibroblastlar qatorining kambial hujayralari joylashgan organlariga qarab farqlanib turmaydi. Shunday bo'lsa ham hayvonlaming yelinidagi yoki ovoz boylamlaridagi to'qimalar elastik tolachalarining o'ziga xos mexanik vazifasi bilan ajralib turadi. Masalan, paylarda asosiy va mexanik vazifa kollagen tolachalarga yuklangan bo'lsa, bularda elastik tolachalarga yuklangan. Bundagi elastik tolachalar kollagen tolachalar singari o'ta pishiq bo'lmasada, ammo egiluvchanligi, cho'ziluvchanligi va elastikligi bilan us tunlik qiladi. Ularning bir-birining ustiga chiqib ketadigan suyaklarni (bo'g'imlarda) biriktirib turish vazifasi ham shundandir.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling