E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


IXbob. SKELET TO'QIMALARI


Download 1.72 Mb.
bet87/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

IXbob. SKELET TO'QIMALARI
l8-§. Umurtqali hayvonlarning skelet-tayanch to'qimalari
Umurtqali hayvonlarning tayanch to'qimalari o'z kompenentlari bilan siyrak biriktiruvchi to'qimalardan farq qilmaydi. Ularning asosiy hujayra elementlari ham fibroblastlardir. Hujayralararo strukturalar birdan-bir tayanch vazifasini o'taydi. Bunda birinchi tipdagi kollagenlardan hosil bo'lgan kollagen tolachalar asosiy rol o'ynaydi. Ular to'planib mustahkam tutamlar hosil qiladi va mazkur to'qimalarning pishiqligini asosay shu tutamlar ta'minlaydi. Zich biriktiruvchi to'qimalar deb aslida shularga aytiladi.
Zich biriktiruvchi to'qima
Zich biinktiruvchi to'qima yuqorida aytib o'tilganidek, tarkibida mexanik elementlar ko'pligi bilan farq qiladi. Ularning tolalari zich jonlashgan bo'ladi, demak, to'qima mustahkamligini ta'minlaydi. Zich biriktiruvchi to'qima kollagen tolachalarining joylashishiga ko'ra shakllanmagan zich biriktiruvchi to'qima va shakllangan, zich biriktiruvchi to 'qimaga bo'linadi.
Shakllanmagan zich biriktnruvchi to'qima. To'qimaning bu turini «shakilanmagan» deyilishiga sabab, kollagen tolachalar tutamlarining tartibsiz joylashgan bo'lishidir. Bu to'qimaga terining to'r qavati (41-rasm), bo'g'imlar va ichki organlar ustini kqplab turuvchi kapsula to'qimalari kiradi. Shakllanmagan zich biriktiruvchi to'qima har xil yo'nalishda joylashgan kollagen tolachalaridan iborat tutamlardan hamda to'rsimon shaklda jonlashuvchi elastik tolachalardan tashknl topgan bo'lib, ular orasida retikula tolachadari ham uchraydi. Birikti­ruvchi zich to'qimada asosiy modda kam bo'ladi, hujayralardan faqat fibroblast va kichraygan uzunchoq shaklda fibrotsitlar bo'ladi. Ayrim vaqtlarda shakllanmagan va shakllangan biriktiruvchi to'qimalarni bir-biridan ajratish qiyin. Masalan, terining so'rg'ichli qavatidagi elastik tolachalar uzilmasdan to'r qavatiga o'tib kiradi. Elastik tolachalar, odatda, mazkur to'qimaga qo'shimcha pishiqlik va qayishqoqlik beradi.
182

41-rasm. Shakllanmagan zich biriktiruvchi to'qima (odam qo'lipanja terisining to'rsimon qavatidan tayyorlangan):
3-kollagen tolachalar tutamining uzunasiga kesimi; 2- kollagen
tolachalar tutamining ko'ndalang kesimi;3-fibrotsit yadrosi; 4-siyrak
biriktiruvchi to'qima va tarkibidagi tomir.
Shu tufayli zich bpriktiruzchi to'qima cho'zilish va qisqarish, ya'ni mexanik vazifani bajarib bo'lgandan keyin asli xoliga qaytish xususiyatiga ega bo'ladi. Demak, shakllanmagan zich biriktiruvchi to'qima organizmda, asosan, mexanik vazifani bajaradi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling