E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Adventitsial, ya'ni kombial hujayralar


Download 1.72 Mb.
bet84/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

8. Adventitsial, ya'ni kombial hujayralar, asosan, kapillar qon tomirlar atrofida ko'p rivojlangan bo'ladi. Ular aslida kam tabaqalangan hujayralar bo'lib, duksimon shaklda, o'rtasida bitta yadrosi bor,
173
organoidlari kam rivojlangan. Tabaqalanishi natijasida bu hujayralar fibroblast, limfoblast va limfotsitlarga aylanishi mumkin. Demak, siyrak biriktiruvchi to'qimadagi sharoitga qarab adventitsial hujayralardan boshqa hujayralar hosil bo'lishi ham mumkin bo'lgan. Shuning uchun ularni kombial hujayralar deyish rasm bo'lgan.
9. Peritsitlar qon tomirlari mikroskopik tuzilishining zamonaviy usullarda chuqur o'rganilishi natijasida topilgan. Ular endoteliy hujayralarining bazal membrana bilan tutashgan qismidagi oraliqda ko'p

40-rasm. Siyrak biriktiruvchi to 'qima tarkibidagipigement hujayralari
(200 marta kat):
1-pigement hujayralari; 2- biriktiruvchi to'qima hujayralarining yadrosi; 3-kollagen va elastik tolachalar (I.V.Almazov va boshqalar).
o'simtalarga ega hujayra qurilgan bo'lib, unga peritsit yoki perikapillar hujayralar deb nom berilgan. Mavjud gipotezalarga qaraganda, bu hujayra endoteliy hujayralariga nerv tomirlaridan impuls o'tkazishda ishtirok etadi. Tekshirishlardan ma'lum bo'lishicha, nerv tolalarining uchlari bevosita endoteliy hujayralari bilan tutashgan bo'lmay, balki peritsit hujayralida tugab, ularning o'simtalari yordamida endoteliy hujayralari bilan tutashadi va kapillar tomirlarni harakatga keltiradi, natijadatomirlarkengayibturadi (V.A. Shaxlamov, 1970).
174
Yuqorida aytilganidek, qon tomirlar devorida adventitsial hujayralar uchraydi. Ko'pgina olimlarning fikricha, adventitsial va peretsit hujayralar ikkalasi bitta hujayra deb yuritilgan. Lekin V.V.Kupriyanov fikricha, bular alohida o'ziga mustaqil va har xil vazifalarni bajaruvchi hujayralardir. Uning fikricha, peritsit hujayralari endoteliy hujayralariga uzviy tutashgan holda joylashsa, adventitsial hujayralar bunday tuzilishga ega bo'lmay, balki bir joydan ikkinchi joyga ko'chib yurish xususiyatiga ega.
Ma'lumki, siyrak biriktiruvchi to'qima tarkibida qondan migratsiya yo'li bilan o'tgan har xil leykotsitlar, ya'ni limfotsit va monotsitlar bo'ladi. Charvida va sut bezlarida eozinofillar soni birmuncha ko'p bo'lib, ammo turli xil kasalliklarda ularning bu miqdori o'zgaradi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling