E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet82/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

2. Gistiotsitlar (makrofaglar) g'ovak biriktiruvchi to'qima tarkibida uchraydigan hujayralarga kiradi. Tashqi ko'rinishidan yumaloq yoki ovalsimon tasvirga ega, lekin shaklini o'zgartirib turadi. Sitoplazma va yadrosi fibroblastlarga nisbatan intensiv bo'ladi. Organoidlarda
169
endoplazmatik to'r, mitoxondriy va Golji kompleksi borligi aniqlangan, lizosomalarko'plab uchraydi, hujayra xususiyatiga ega.
Elektron mikroskopda o'rganish shuni ko'rsatdiki, hujayra membranasini tashqi tomonidan mukopolisaxarid va oqsildan tashkil topgan yupqa fibrilar parda o'rab turadi. Taxmin qilinishicha, bu hujayralar o'ziga yaqinlashgan, yot moddalarni yopishtirib oladi. Organizmda yalligianish jarayoni sodir bo'lsa, gistiotsit hujayralar u yerga qarab aktiv harakat qiladi. Bu yerda ular nobud bo'lgan hujayra yoki mikroorganizmlarni qamrab olib, parchalab yuboradi. Shu jihati bilan ular qonning shaklli elementlariga o'xshaydi. Gistiotsitlarning asosiy vazifasi atrofidagi yot moddalarni o'rab olib, eritib yuborish va organizmga nisbatan patologik ta'sirini yo'qotishdan iborat. Gistiotsitlar fanda yaxshi o'rganilgan. Ma'lum bo'lishicha, ular har xil bo'yoqlarda tez bo'yaladi. Eksperimental hayvonlarga bo'yoq yuborib, ularning to'qimasi o'rganilganida, sitoplazmasida shu bo'yoqlar ko'plab topilgan (38-rasm). Boshqa hujayralarda esa bu bo'yoq deyarli topilmagan. Gistiotsitlar retikula to'qimasi, qonning shaklli elementlari limfotsit va monositlardan rivojlanadi, shuning uchun ham ularning tashqi ko'rinishi har xil bo'lishi mumkin.
3. Plazmatik hujayralar (plazmotsitlar) organizmda antitelo yaratilishida ishtirok etadi. Organizmda antigen paydo bo'lishi bilan o'zidan unga qarshi gamma globulin oqsili, ya'ni antitelo ishlab chiqara boshlaydi. Plazmatik hujayralar suyak ko'migida, taloq, jigar, buyrak va limfa tugunlarida ko'plab uchraydi. Har xil kasalliklarda ularning soni ko'payib ketadi, qizamiq, leykoz kasalliklarida esa qon tarkibida ham uchraydi.
Yuqorida aytib o'tilgan organlar tarkibidagi siyrak biriktiruvchi to'qimada plazmatik hujayralar qon kapillar tomirlari atrofida to'p-to'p bo'lib turadi. Ularning ko'rinishi yumaloq yoki ovalsimon shaklda bo'lib, Yirik limfotsit yoki monositdek keladi. Sitoplazmasi o'rtacha bazofil bo'lib, RNK ga boy, yadrosi atrofi qisman och bo'yalgan, shu qismida esa hujayra markazi, atrofida esa mitoxondriy, endoplazmatik to'r va ribosomalar joylashgan. Yadro xromatini to'q bo'yaladi, yumaloq shaklda bo'lib, hujayra markazida joylashadi. Uning sitoplazmasida har xil asidofil hujayra kiritmalari paydo bo'lib, ular eozin bo'yog'ida tez bo'yaladi. Hujayra tanasi yumaloqlanib, sitoplazma bazofiliyasi susayadi, yadro ko'pincha fragmentatsiyaga (parchalanishga) uchraydi. Bu jarayon davom etishi natijasida biriktiruvchi to'qimaning moddasida maxsus oksifil tanachalar (Russel
170
tanachalar) hosil bo'ladi. Bularning paydo bo'lishi, odatda, organizmda xronik yallig'lanish jarayoni tamom bo'lganini bildiradi. Plazmatik hujayralar hozirgi zamon nazariyasiga qaraganda suyak ko'migida qon ishlab chiqaradigan birlamchi hujayralardan hosil bo'ladi.

38-rasm. Siyrak biriktiruvchi to 'qimadagi makrofag sitoplazmasida bo'yoqning (ko'k tripan)yig'ilib qolishi:
1-makrofag; 2-fibroblast; 3-limfotsit (I.V.Almazov va boshqalar).
4. Semiz hujayralar (labrotsitlar) bo'qoq bezida, til, murtaklar, bachadon, sut bezlari, me'da-ichak yo'llari kabi organlaming kapillar tomirlari devorida ko'plab uchraydi. Shakli yumaloq bo'lib, ko'chib yurish xususiyatiga ega. Yadrosida xromatin ko'p. Boshqa hujayralardan asosiy farqi sitoplazmasida bazofil leykositlarnikiga o'xshash talaygina donachalar bo'ladi (39-rasm). Bundan tashqari, mitoxondriy, Golji kompleksi, endoplazmatik to'r va hujayra markazi bo'ladi. Ularning vazifasi uzoq vaqtlargacha ma'lum bo'lmay keldi. Nihoyat, chuqur tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, semiz hujayra donachalari oqsil bilan birikkan geparin moddasidan tashkil topgan bo'lib, tarkibida gistamin, lipaza, kislotali va ishqoriy fosfataza, sitoxromasidaza va peroksidazalar topilgan. Elektron mikroskopda esa hujayra donachalari noto'g'ri shaklda ekanligi, mustaqil membranasi bo'lmasligi, mitoz va amitoz yo'l bilan ko'payish xususiyatiga ega ekanligi ma'lum bo'ldi. Ular, oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, suyrak ko'migida birlamchi hujayra -mielotsit va limfotsitlardan tarqaladi. Semiz hujayralarning miqdori organizmda har xil fiziologik holatga qarab o'zgarib turadi. Masalan,
171




homiladorlik davrida bachadonda va sut bezlarida ko'payib ketadi, ovqat hazm qilish organlarida ular aktiv ishlab turgan vaqtda ham ko'payadi.

39-rasm. Mushuk siydik va tanosil sinusidagiplazmatik va semiz
hujayralar:
1-plazmatik hujayra; 2-semiz hujayra (I.F.Ivanov va boshqalar).
Hayvonlar tanasida ular har xil joylashgan. Masalan, dengiz cho'chqalari va quyonlarning siyrak biriktiruvchi to'qimasida seminz hujayralar kamroq uchraydi. Aksincha, it, mushuk, maymun va odamlarning mazkur to'qimalarida ularga nisbatan ko'p uchraydi. Xuddi shuningdek, har xil kasalliklarda ularning miqdori turlicha o'zgarib turadi.
5. Yog' hujayralari yumaloq shaklda bo'lib, ustidan parda o'rab turadi. Sudan III bo'yogi bilan bo'yalgan yog' to'qimada hujayralardagi yog' tomchilari marjonga o'xshab to'q sariq rangga bo'yaladi. Hujayra tarkibida yog' tomchilaridan tashqari esteraza, fosfataza va boshqa fermentlar ham uchraydi. Hujayraga yog' yig'ilishi bilan u kengayib, kattalashib boradi, yadrosi hujayraning periferik qismiga surilgan bo'ladi. Agar yog' to'qimani spirt, efir yoki ksiloldan o'tkazsak, uning yog'I erib, faqat hujayra qobig'ining o'zi qoladi. Organizmda yog' tez sarf bo'ladigan bo'lsa, hujayra boshlang'ich davriga qaytib qoladi, ya'ni u fibroblast, gistkotsit yoki kam tabaqalangan hujayralarga o'xshab
172
qoladi. Shundan ham ma'lumki, yog' hujayralari ana shu hujayralardan hosil boiar ekan.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling