E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
-rasm. Tog'ay to'qimasining mezenximadan rivojlanishi
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
47-rasm. Tog'ay to'qimasining mezenximadan rivojlanishi:
1-mezenxima; 2-tog'ayning dastlabki rivojlanish bosqichi; 3- tog'ayning oxirgi rivojlanish bosqichi; 4-rivojlanayotgan tog'ay oraliq moddasi (A.A.Maksimovdan). Mezenxima hujayralaridan asta-sekin xondroblast hujayralari tabaqalanadi. Keyingi bosqichlarida markazda joylashgan hujayralar tog'ay hujayralari shakliga kiradi va ular tabaqalanishi natijasida xondrotsitlar hosil bo'ladi. Ularning oralarida kollagen oksillardan tashkil topgan hujayralararo moddalari to'plana boshlaydi. Natijada, boshlang'ich perixondrial tog'ay to'qimasi paydo bo'ladi. Keyinchalik yosh xondrotsitlar hujayralararo modda kompleksini tashkil etuvchi fibrillar oqsil, glikozaminoglikan, protoglikogen moddalami sintezlay boshlaydi. Hujayralararo oraliq moddaning yosh tog'ay hujayrasi sitoplazmasiga tegib turadigan joyida yaltiroq qavat, ya'ni tog'ay hujayrarasining kapsulasi hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan tog'ay to'qimasining pereferik qismida esa, ya'ni mezenxima bilan chegaralangan joyida nihiyat ikki qavatdan iborat tog'ay ustki pardasi hosil bo'ladi. Tog'ay ustki pardasining ichki kombial qavatida 196 i^ij&M^isijSa^Wi joylashgan xondrogen, ya'ni xondroblaat hujayralari ko'payib, hosil bo'lgan tog'ay to'qimasi ustki qavatida yig'ila boshlaydi. Natijada, tog'ay to'qimasida periferik o'sish jarayoni sodir bo'ladi. Tog'ay to'qimasining ichki qismlarida joylashgan yosh xondrotsitlar mitoz va amitoz yo'l bilan ko'payib, tog'ayning ichida interstitsial o'sish jarayoni kechadi, bu o'z navbatida, tog'ayning ichki massasini ko'paytiradi. Odatda, interstitsial o'sish, organizmning aktiv shakllanishi davrida va tog'aylarda kechadigan regeneratsiya jarayonlarida sodir bo'ladi. Tog'ay rivojlanishining so'nggi davrlarida to'qima o'rtasida, ya'ni orasida joylashgan hujayralarda qon tomirlar uzoqlashgan sari moddalar almashinuvi jarayoni susayib boradi. Bu davrda hujayralar diffuziya yo'li bilan to'qimaga tarqalayotgan oziq moddalar bilan oziqlanib turadi. Natijada bu hujayralarda ko'payish xususiyati asta-sekin so'nib, ular distrofiyaga uchraydi. Ayrim vaqtlarda o'z vazifasini o'tab bo'lgan hujayralar o'rniga suyak to'qimasi hosil bo'ladi. Tog'ay to'qimasining suyak to'qimasiga aylanishi jarayonida ko'p yadroli ostioklast (xondroklast-suyak maydalovchi) hujayralar aktiv ishtirok etadi. Bu hujayralar o'zidan hujayralararo moddani eritib yuboradigan va suyak to'qimasi hosil bo'lishini ta'minlaydigan fermentlar ishlab chiqaradi. Tog'ay to'qimasining regeneratsiyasi jarayonida tog'ay ustki pardasining kombial hujayralari bilan to'qima ichidagi yosh xondrotsitlar aktiv ishtirok etadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling