E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Gialin (yaltiroq) tog'ay to'qima


Download 1.72 Mb.
bet94/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Gialin (yaltiroq) tog'ay to'qima. Gialin tog'ay organizmda uchraydigan tog'aylarning asosiy qismini tashkil etadi. Gialin tog'ay nafas olish sistemasining havo o'tadigan naysimon qismi bilan embrion skeletining ko'pgina qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, qovurg'alarning to'sh suyagi bilan birikadigan joyda, uzun naysimon suyaklarning epifiz va diafiz qismlari tutashadigan joylarda (metaepifizar tog'ay), skelet suyaklarining bo'g'im yuzalarida uchraydi. Bo'yalmagan tog'ay to'qima yaltiroq, och pushti bo'lib, tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimadan iborat yupqa parda, ya'ni tog'ay ustki pardasi (perixondriy) bilan o'ralgan. Bu parda, asosan, uzunchoq shakldagi tog'ay hujayrasi - fibroblast va kollagen tolalardan tashkil topgan tutamlardan tuzilgan. Bularning orasida qon tomirlar bilan nerv tolalari tarqalgan. Tog'ay ustki pardasi asta-sekin tog'ay ustki qatlamlariga qo'shilib ketadi. Shu zonada uchraydigan tog'ay hujayra-lan - xondroblastlar, odatda, bittadan bo'lib, ular ustidan hujayra oraliq moddasi kapsulaga o'xshab o'ralib turadi.
Xondroblastlarning bo'linishi natijasida hosil bo'lgan yosh xondrotsitlar asta-sekin ajralib chiqib, tog'ay to'qima hujayrasiga -xondrotsitga aylanadi. Tog'ay pardasining ostida esa, asosan, duksimon yosh xopdrotsitlar bo'ladi. To'qimaning ichki qavatlarida xondrotsitlar ovalsimon yoki g'ovak bo'ladi.
Ayrim xondroblastlarning bo'linishi natijasida hosil bo'lgan hujayralar bir-biridan uzoqlashib ketmay bitta kapsula ichida qolib, hujayra guruhini hosil qiladi. Bunday guruhga izogen gurux deyiladi. Buni yuqorida eslatib o'tgan edik.
192
To'qima ichidagi ayrim xondrotsitlar ham ko'payish xususiyatiga ega. Ana shunday ko'payish xususiyatiga ega boigan hujayra I tin xondrotsitlar deyiladi. Demak, ma'lum bo'lishicha, tog'ay to'qimada ikki xil o'sish jarayoni kechadi. Birinchi tog'ay ustki pardasidagi xondroblastlaming ko'payishi natijasida (oppozitsion) o'sish sodir bo'lsa, ikkinchisi to'qima ichidagi I tip xondrotsitlarning o'sishidir. Bunga interstitsional o'sish deyiladi. Hujayra oraliq moddasi yetarli darajada qattiq bo'lgani uchun bo'lingan hujayralar bir-biridan uzoqlashib keta olmaydi. Shu sababli ham tog'ay to'kqmada izogen guruhlar ko'p uchraydi. Organizm qarigan sari ular soni ko'payib boradi.
Izogen guruhda 3-10 tagacha xondrotsit uchrashi mumkin. Har bir guruh hujayralararo modda bo'shliqlarida alohida-alohida joylashadi. Hujayralar joylashgan bo'shliqlarni o'rab turgan hujayralararo modda ancha zich joylashgan bo'lib, bo'yoqlarga to'q bo'yaladi. Shu jihati bilan zich joylashmagan qism-laridan ajralib turadi. Bunga hujayra kapsulasi ham deyiladi. Bu o'rinda shuni eslatib o'tish lozimki, kapsula termini noo'rin ishlatiladi, chunk! kapsula deyilganda, odatda, qattiq, o'ziga xos mustaqil struktura tushuniladi. Bu yerda esa, «kapsula» zich joylashgan hujayralararo moddalar yig'indisidan tashkil topgan.
To'qima fiksatsiya qilinganida, odatda, xondrotsitlar zichlashib, kapsula devoridan qisman qochgan bo'ladi. Kapsula devorini o'rab turuvchi to'q bo'yalgan hujayralararo modda yuqori darajada konsentrlangan mukopolisaxaridlardan iborat. Mikroskopda kichik obyektiv orqali qaralganda hujayra kapsulasi ovalsimon yoki yumaloq sharchalarga o'xshab ko'rinadi. Shuning uchun, ular xondrin sharchalari ham deyiladi. Har bir sharcha bir-biridan ma'lum masofada joylashadi. Organizm qarigan sari mana shu masofa uzoqlashib boradi.
Xondrin sharchalarining atrofidagi to'q bo'yalgan hujayralararo modda territorial modda deyiladi. Sharchalararo masofada joylashgan hujayralararo modda interterritorial modda deyiladi. Interterritorial modda ochroq bo'yalgan bo'lib, tarkibida xondramukoid, ya'ni tog'ayning asosiy moddasi kam uchraydi. Aksincha, albumid va kollagen (xondrin) esa ko'p bo'ladi.
Gialin tog'ay hujayralararo moddasi, asosan, kollagen toladan va kamroq elastik tola bilan asosiy amorf moddadan tashkil togpan. Tolachalar kollagen tarkibida uchraydigan II tip molekulalardan tashkil topgan. Bunday modda suyak va zich biriktiruvchi to'qima hamda elastik to'qima oqsilida uchraydi. Tog'ayning asosiy amorf moddasi
193
yuqori molekulali polianin, galaktozaminglikol, glikozaminglikal, xondriosulfat, keratosulfat, gialuronat va siadat kislota, geparindan tashkil topgan. Bular oqsillar bilan birikishi natijasida hosil bo'lgan proteoglikanning molekular strukturasi tog'ayni egiluvchan qilib turadi, Shuni aytib o'tish kerakki, tog'ayning egiluvchanlik xususiyati, asosan, hujayralararo moddaning tuzilishiga ham b'giiq. Tog'ay to'qimaning ayrim moddalar (pepsin, bariyli suz va kaliy permanganat eritmasi) yordamida ta'sir ko'rsatishi, natijasida tog'ayning asosiy amorf moddasi erib, xondromukoid bilan yopishib turgan kollagen tolachalar ko'rinadigan bo'lib qoladi. Organizm qarishi bilan hujayralararo oraliq moddasida kalsiy tuzlari yig'ilib borib, tog'ay mo'rtlashadi va sinuvchan bo'lib qoladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling