E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


-§. Umurtqasiz hayvonlarning tayanch-biriktiruvchi to'qimasi


Download 1.72 Mb.
bet102/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

19-§. Umurtqasiz hayvonlarning tayanch-biriktiruvchi to'qimasi
Umurtqasiz hayvonlarning tayanch-biriktiruvchi to'qimasi, asosan, ichki organlar to'qimalari bag'rida tanani baquwat tutadi. Umurtqasiz hayvonlarning tayanch to'qimalari tuzilishiga ko'ra ikki xil bo'ladi: minerallashgan skelet sistemasi: va tog'aylashgan to'qimalar sistemasi.
209
Minerallashgan skelet sistemasi o'ziga xos morfologik tuzilma bo'lib, kovakichJilar, bulutlar (suv jonivorlari) va ninatanlilarning ichki muhitida rivojlangan bo'ladi. Shulardan, masalan, kovakichlilar bilan bulutlarda tayanch to'qimalar spikul skelet tarzida, ya'ni ninasimon suyaklar ko'rinishida uchraydi, ninatanlilarda esa plastinkaiar yoki shularga o'xshash tuzilmalardan tarkib topgan subepiteliy skelet hosil bo'ladi. Qanday bo'lganda harrt bu xildagi tayanch to'qimalar kimyoviy tarkibiga ko'ra har xil bo'ladi. Chunonchi, ohakli bulutlarda spikullar kalsiy (CaC03) dan, bulutlarda kremnezem (Si02) dan tarkib topgan bo'ladi. Ularning hujayrasi spikuloblast deyiladi va mineral hamda organik komponentlarga farq qilinadi. Organik komponentlarga tolasimon tuzilmalar va amorf materikslarl kiradi.
Ninatanlilar bilan kovakichlilarning spikul skeletlarida mineral
tuzilmalarning to'qima uyushmalari bo'lmaydi, bulutlarning spikul
skeletlarida esa bo'ladi. Ninatanlilarda minerallashgan plastinkaiar har
xil shaklda bo'lib, ninasimon spikuUari biriktiruvchi to'qimalarda
rivojlanadi. Ularning shakllanish xarakteri va hujayralar bilan bo'lgan
o'zaro munosabati bulutlarniki bilan deyarli bir xil, umurtqali hayvonlar
suyak to'qimasining to'qima uyushmalari bilan esa bir xil emas. Yuksak
darajada rivojlangan birlamchi 'og'izlilarda minerallashgan skeletlar
faqat ba'zi bir kutikular epiteliylar uchungina tipikdir. Ammo, bir qator
birlamchi og'izlilarning ichki tayanch to'qimalarn tog'ay to'qima hosil
bo'lishi uchun ko'prok imkoniyatga ega bo'ladi. Bunday tog'ay
to'qimalar esa odatda, organik moddalar asosida yuzaga kelib, mexanik
skelet strukturalari vazifasini o'taydi. Odatda, tog'ay to'qimasi
umurtqasiz hayvonlarda deyarli barcha tiplarining ayrim vakillarida
bo'ladi. Ninatanlilar bilan bulutlarda esa tog'ay to'qimasi umuman
bo'lmaydi. *
Tog'aylashgan to'qima sistemasi polixetlarning paypaslagichlari asosida yaxshi rivojlangan bo'ladi. To'qima tarkibida hujayraiararo modda bilan yirik poligonal hujayralarning yupqa qatlamlari yassilanib yotadi. Bunday tog'ay to'qimasi tuban umurtqali hayvoniaming hujayralari tog'ayini eslatadi. Hujayraiararo moddasi esa xondroitinsulfatlar va kollagen tolachalardan tarkib topgan. Qorinoyoqli molluskalarda subradular tog'ay to'qima keng tarqalgan.
Biologiyada matriks deganda hujayra ichki tuzilmalarini va ular oralig'idagi bo'shliqlarni to'ldirib turadigan mayda donachali, yarim suyuq, qovushqoq moddalar tushuniladi.
210

Ammo vazifasiga qarab har xil darajada rivojlangan. Masalan, bosh-jabrali molluskalarda tog'ay to'qimasi bo'lmaydi, tayanib turadigan tuzilmalari-kollagen tolachalari yaxshi rivojlangan zich biriktiruvchi to'qimadan tarkib topgan. Qorinoyoqli molluskalarning boshqa bir xillarida tog'ay tiujayralari tarqoq holda bo'ladi, ularda muskul tolalari ham bo'ladi. Mana shularning har ikkalasi bir bo'lib, qisqarish va tayanch sistemalarini hosil qiladi.
Qilich dumli Limulus da mezodermadan hosil bo'ladigan ikki xil tog'ay to'qimasi farq qilinadi: jabra o'simtalari asosida joylashgan tog'ay to'qimasi va bosh-ko'krak qismining qorin tomonida joylashgan tog'ay plastinka. Katta qilich dumlilarning tog'ay hujayralari yirik pufaksimon hujayralardan iborat bo'lib, tarkibida vakuol, sitoplazma va ekssentrik joylashgan yadro bo'ladi. Sitoplazmasida yirik vakuollardan tashqari, har xil kattalikdagi membrana bilan o'ralgan donachalar, lipid tomchilari, glikogen donalari va degeneratsiyalangan ribosomalar uchr^di. Hujayralararo moddasi to'qima hujayralaridan, asosan, ikki yo'l bilan hosil bo'ladi. Birinchisida anchagina yoshroq hujayralar sitoplazmasining periferik qismida tayoqchasimon tuzilmalar paydo bo'Ia boshlaydi. Keyin, mikroapokrin sekretsiya yo'H bilan mazkur tuzilmalar ammo vazifasiga qarab har xil darajada rivojlangan. Masalan, bosh-jabrali molluskalarda tog'ay to'qimasi bo'lmaydi, tayanib turadigan tuzilmalari-kollagen tolachalari yaxshi rivojlangan zich biriktiruvchi to'qimadan tarkib topgan. Qorinoyoqli molluskalarning boshqa bir xillarida tog'ay hujayralari tarqoq holda bo'ladi, ularda muskul tolalari ham bo'ladi. Mana shularning har ikkalasi bir bo'lib, qisqarish va tayanch sistemalarini hosil qiladi.
Qilich dumli Limulus da mezodermadan hosil bo'ladigan ikki xil tog'ay to'qimasi farq qilinadi: jabra o'simtalari asosida joylashgan tog'ay to'qimasi va bosh-ko'krak qismining qorin tomonida joylashgan tog'ay plastinka. Katta qilich dumlilarning tog'ay hujayralari yirik pufaksimon hujayralardan iborat bo'lib, tarkibida vakuol, sitoplazma va ekssentrik joylashgan yadro bo'ladi. Sitoplazmasida yirik vakuollardan tashqari, har xil kattalikdagi membrana bilan o'ralgan donachalar, lipid tomchilari, glikogen donalari va degeneratsiyalangan ribosomalar uchraydi. Hujayralararo moddasi to'qima hujayralaridan, asosan, ikki yo'l bilan hosil bo'ladi. Birinchisida anchagina yoshroq hujayralar sitoplazmasining periferik qismida tayoqchasimon tuzilmalar paydo bo'la boshlaydi. Keyin, mikroapokrin sekretsiya yo'li bilan mazkur tuzilmalar hujayralar surib chiqariladi. Ikkinchisida hujayralararo modda
2fc

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling