E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


-§. Yurakning ko'ndalang yo'lli muskul to'qimasi


Download 1.72 Mb.
bet110/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

21-§. Yurakning ko'ndalang yo'lli muskul to'qimasi
Yurak muskuli bajaradigan vazifasiga va mikroskopik tuzilishiga ko'ra yuqorida aytib o'tilgan muskullarga o'xshaydi. Bu muskul sillik
1 Satellit-grekcha satillis - yo'ldosh, sherik drgan ma'noni bildiradi.
221
musHaillarga o'xshab ritmik ravishda qisqarib charchamaydigan xusu.siyatga ega. Muskul hujayralarining tarkibi ham shunga mosl.ashgan. Innervatsiyasi ham odam yoki hayvonlar ixtiyoriga bog'liq emas, markaziy bosh miya orqali muttasil boshqarib turiladi.
Mikroskopik tuzilishi ko'ndalang yo'lli boshqa muskullarnikiga o'xshaydi. Masalan, uning miofibrillalarida anizotrop va izotrop disklar va ul arning o'rtasida telofragma va mizofragmalar bor.
Hozirgi zamonaviy elektron mikroskoplar yordamida olib borilgan tadqi qot ishlari shuni ko'rsatdiki, yurak muskuli o'ziga xos nozik mikrooskopik tuzilganligi bilan boshqa muskullardan qisman farq qilar ekan_ Masalan, u tolachalardan emas, balki zanjirsimon shaklda bir-biriga birikib ketgan uzun muskul hujayralaridan tarkib topgan. Binobarin, uzunchoq shakldagi muskul Hujayralari sitoplazmasining o'rtasida, asosan, yadro joylashgan bo'lib, miofibrillasi periferiya qismida yotadi. Miofibrillalarda xuddi skelet muskullari tolaclhalaridagidek, qora va oq disk uchraydi.
Miofibrillalari ingichka (aktin) va yo'g'on (miozin)
proto fibrillalardan tashkil topgan. Ular xuddi skelet muskulaturasidagiga o'xshab, sarkolemma ichida geksagonal shaklda joylashadi. Miofibrillalar oralarida mitoxondriylar (sarkosomalar) nisbatan ko'p uchraydi. Xarakterli tomoni shundaki, bu yerda mitoxondriylarning kriptalari ko'p uchraydi. Bundan ma'lum bo'ladiki, muskul to'qimasida oksidlanish jarayoni nihoyatda tez boradi, natijada jadal ravishda ATF (aden ozintrifosfat) ishlab chiqarila boshlaydi.
Chuqur tekshirishlardan ma'lum bo'lishicha, har bir muskul hujayrasining chegarasi bu - qo'shimcha chiziq bo'lib, ularni bir-biridan ajratib turishda xizmat qiladi. Binobarin, har bir hujayra territoriyasi shunday chiziq bilan ajralib turadi. Bu chiziq, odatda, tutashuvchi ikkita hujayraning plazmolemmalari tutashishidan hosil bo'ladi. Piazmolemmalar orasida juda kichkina bo'shliq ham bor. Plazmolemmalar bir-biriga barmoqsimon o'simtalar yordamida birikadi. Sarkoplazma ichida boshqa elementlardan tashqari, o'ziga xos strukturalar bo'lib, ular hujayralar qiskarishida aktiv ishtirok etadi. Ularga sarkoplazmatik to'r deyiladi. Nozik, tuzilishiga ko'ra, u ham xuddi skelet muskulaturasining membrana apparati to'qimasiga o'xshash bo'ladi. Sarkoplazmatik to'r o'ziga mustaqil ikki xil strukturadan tashkil topgan. Ulardan birinchisi miofibrillalar bo'ylab uzunasiga joylashgan bo'lib, boshqa hujayralardagi endoplazmatik to'r vazifasini bajaradi. Ikkinchisi, muskul tolasiga ko'ndalang joylashgan «T» sistema
222
strukturasini tashkil etadi. Ayrim joylarda bu struktura sarkolemmaga ham tutashib turadi. U organizmda ta'sirni tashqaridan muskul ichkarisiga uzatilishini ta'minlaydi.
Yurakning ritmik ravishda qisqarib turishi unda boradigan fiziologik regeneratsiyani ham bir yo'la ta'minlab turadi. O'z vazifasini o'tab bo'lgan hujayralar regeneratsiya jarayonida yangilari bilan almashinib turadi. Yurakning muskul hujayralari ham, odatda, ko'payish xossasiga ega.
Zavarzin fikriga tayanadigan bo'lsak, yurakning muskul to'qimasi ontogenezda splanxatam visseral varag'ining aiohida epiteliy qismlaridan hosil bo'ladi. Murtak miokardining sodda hujayra tolachalari sistemasini shakllantiruvchi hujayralarining tabaqalanishi ontogenezning dastlabki bosqichlaridayoq yuzaga keladi.
Shikastlangan miokard miotsitlari, odatda, nobud bo'ladi. Binobarin, miokard reparatsiyasi uch xil mexanizm orqali ro'yobga chiqadi:

56-rasm. Silliq muskul to'qimasining tuzilishi (sxema):
1- silliq muskul to'qimasining hujayralari; 2-hujayra yadrosi;
3-sarkoplazmadagi miofibrillalar; 4-sarkolemma; 5-endomiziy; 6-nerv;
7-kapillar tomir (I.V.Almazov va boshqalar).
1) miotsitlar shikastlangan joyda zich chandiqli biriktiruvchi to'qima hosil bo'ladi; 2) shikastlanmagan va demak, nobud bo'lmagan
223
miotsitlar gipertrofiyalanadi; 3) ixtisoslashgan miotsitlar qisman differensiyalanadi va mitoz yo'l bilan bir marta bo'linadi, bu hodisa faqat shikastlangan sohada yuz bermay, balki yurak muskullarining boshqa sohalarida ham yuzaga keladi. Chunonchi, tajribada kalamushning yurak qorinchasida infarkt yuzaga keltirilganda yurak bo'lmachasidagi miotsitlar ko'plab mitotik bo'linish siklini boshdan kechiradi. Vaholanki, bo'lmacha shikastlangan qorinchadan ancha uzoqda turadi.
Ma'lum bo'lishicha, odam va hayvonlarning yuragida miokard infarkti yuz berganda o'lgan muskul to'qimasi o'rni ana shu mexanizmlar orqali tiklanadi.
22-§. Silliq muskul to'qimasi
Odamda va umurtkali hayvonlarda silliq muskul to'qimasn asosan ichki organlarda bo'lib, ular harakatni ta'minlaydi. Masalan, ichki organlarga ovqat hazm qilish va nafas olish sistemasi organlari, ajratish organlari hamda qon tomirlar va limfa tomirlarining harakatini ta'min-lovchi muskullar kiradi. Umurtqasiz hayvonlardan bo'g'imoyoqlilar hamda oyoqli molluskalardan tashqari, barcha jonivorlar musku-laturasini tashkil etadi. Silliq muskullar, odatda, sekin ritmik qisqarib, charchash xususiyatiga ega etnas. Tuzilishiga ko'ra, ularning asosiy qismi duksimon shakldagi muskul hujayralaridan tashkil topgan (56, 57-rasmlar). Hujayralarning uzunligi 20-100 mk, diametri 10-20 mk ga teng.
Ayrim fiziologik holatlarda, masalan, homiladorlikda bachadon silliq muskullari-ning hujayrasi 500 mk ga cho'zilishi va bola tug'ilgandan so'ng o'z holiga qaytishi mumkin. Markazida bitta yadrosi bor. Ayrim organlar, masalan, bachadon muskulaturasi hujayralari uchlari tarmoqlangan shaklda bo'lib, har bir hujayra ustki tomonidan miolemma qobig'I bilan o'ralgan. Uning ustiga esa, bazalmembrana yopishib turadi. Unga tashqaridan hujayralar orasida uchraydigan kollagen va retikula tolachalari tutashib turadi. Bular muskul to'qimasining tayanch apparati qismiga kiradi.
Elektron mikroskopda ko'rilganda, muskul hujayralarining ustki qismida pinotsitoz pufakchalariga o'xshagan ko'p miqdorda plazmolemma bo'rtiqlari borligi ko'rinadi. Ma'lum bo'lishicha, ana shu plazmolemma bo'rtiqlari orqali hujayra ichiga har xil moddalar kirib, hujayraning qisqarishini va harakatini ta'minlaydi.
724


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling