E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
-rasm. Yo'g'on (miozinli) va ingichka (aktinli)
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
54-rasm. Yo'g'on (miozinli) va ingichka (aktinli)
mioprotofibrillalarning miofibrilda joylashish sxemasi: I-bo'ylama kesimi; II-ko'ndalang kesimi; I.I.—disk. T-telofragma; N-zona; 1-yo'g'on protofibrilla; 2-ingichka protofibrilla (Xakslidan). Elektron mikroskop yordamida tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, har bir miofibrillaiar bir-biriga parallel olda joylasngan ingichka mayda oqsil ipchalardan, ya'ni protofibrillalardan (mioflamentlardan) tashkil topgan. Ana shu ipchalarning biri yo'g'on, ikkinchisi ingichka bo'ladi. Yo'g'on protofibryllalarning ko'ndalang kesimi 100-250 A ga, ingichka protofibrillalarning ko'ndalang kesimi 50-70 A ga teng. 217 Yo'g'onlarining uzunligi 1,5-2 mk bo'lsa, ingichkalarining uzunligi 2 mk ga teng. Miofibrillalarning ko'ndalang kesimida protofibrillalar geksagonal tartibda joylashadi, ya'ni tashqaridan bir nechta qalam yig'indisi - tutami shaklida ko'rinadi. Har bir yo'g'on protofibrilla oltita mayda protofibrillalar bilan o'ralgan. Bu odamda taxminan 1:3 nisbatda bo'ladi. Yo'g'on ipchalar A disk asosini tashkil etib, tarkibi miozin oqsiiidan tashkil topgan. Ingichka ipchalar esa I disk asosini tashkil etib, aktin oqsildan tarkib topgan. Ingichka ipchalar I diskdan boshlanib, T chizig'iga kelib tutashadi. Sarkomerlar qisqarganida aktin ipchalarning uchlari miozin ipchalarning orasiga kirib N chiziqqacha yetib boradi. Binobarin, A diskning periferik qismida yo'g'on hamda ingichka ipchalar ham bo'ladi. Hozirgi vaqtda muskul tolachalarida yuqorida aytib o'tilgan oqsillardan tashqari, yana bir nechta boshqa oqsillar topilgan. Bularga tropomiozin bilan tropopinni misol qilib keltirish mumkin. Ko'ndalang yo'IIi muskulning tayanch apparati (elementlari) Yuqorida aytib o'tilganidek, miofibrillalar qisqarishi natijasida ularning oxirgi struktura elementi bo'lgan yo'g'on va ingichka miofilamentlar, ya'ni protofibrillalar bir-biriga qarama-qarshi harakat 55-rasm. Z-chizig'ining taxminiy kattalashtirilgan modeli: Z-chizig'I qismida ingichka protofibrillalar yana ham ingichka subfibrillalarga tarmoqlanib, qo'shni sarkomer subfibrillalar bilan tutashishi (E.A.Shubnikovadan). 218 qilib, ingichka protofibrillalar yo'gon protofibrillalarning orasiga kiradi, bo'shashganida esa o'z holiga qaytadi, bu ularning fiziologik holatidir. Fibrillalaming bu harakati, albatta, tayanch apparatlarsiz sodir bo'lmaydi. Demak, har bir fibrilla o'zining tayanch struktura elementiga ega. Bu ularning morfologik va fiziologik xususiyatiga xos hodisa. Bunday strukturalarga - sarkolemma M va Z. chiziqlarini tashkil etuvchi tuzilmalar, subfibrillalar hamda biriktiruvchi to'qima tolalari kiradi. Keyingi vaqtlarda elektron mikroskop yordamida ultrayupqa kesmalarni ko'zdan kechirish shuni ko'rsatdiki, har bir miofibrillalarning ichini to'ldirib turuvchi miofilamentlar o'z tayanch strukturasiga ega ekan. Ingichka miofibrillalarning bir uchi mayda o'simtalarga (subfibrillalarga) shoxlanib, ular qo'shni sarkomer miofilament subfibrilla shoxchalari bilan tutashadi (55-rasm). Miofilamentlaming (protofibrillalariing) ana shu tutashgan qismiga Z chiazig'I deyiladi. Miofilamentlaming ikkinchi uchi esa yo'g'on protofibrillalar orasida tarmoqlanmay tugaydi va miofibril qisqarganida erkin holda sirg'anib harakat qiladi. Tashqi tayanch elementlariga sarkolemma va miofibrillalami to'rsimon shaklda o'rab turgan biriktiruvchi to'qima tolalari kiradi. Ular, odatda, qisqargan tola chegaradan chiqib ketmasligini va yana erkin holda o'z holiga qaytishini ta'minlaydi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling