E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
- Bu sahifa navigatsiya:
- 61-rasm. Harakatlantirish neyronining sxemasi
- Tigroid modda
Neyroflbrillalar perikarion bo'shlig'i va o'simta ichini to'ldirib turadigan ingichka ipsimon o'simta bo'lib, kumush nitrat tuzi bilan bo'yalgan preparatlarda yaxshi ko'rinadi. Elektron mikroskopda aniqlanishicha, mioiibrillalar nerv hujayrasining uzunasi bo'ylab joylashgan bo'lib, ko'ndalang kesimining diametri 500 A ga teng. Xarakterli tomoni shundaki, mioiibrillalar hujayraning tana qismida har
61-rasm. Harakatlantirish neyronining sxemasi: 1-nerv hujayrasining tanasi (perikarion); 2-akson va nerv tolasi; 3-muskullarga boruvchi harakatlantirish nervining uchi; 4- taqqoslab keltirilgan (I.F.Ivanov, P.A.Kovalskiydan). tomonga yo'nalgan, nozik chigallangan to'rsimon shaklda joylashsa, o'simtalarda bir-biriga nisbatan to'g'ri, parallel joylashgan bo'ladi. Tigroid modda faqat neyron perikarioni va dendrit bo'lishi mumkin. Ayrim hollarda zich joylashgan neyroflbrillalar tutami hosil qilgan 235 shaklda ko'rinadi. Ayrim vaqtlarda esa tolachalar bir-biri bilan yopishgan bo'lishi mumkin bu-miyaning eslab qolish xususiyatiga, fikrlash qobiliyatiga salbiy ta'sir qiladi. Keyingi vaqtlarda elektron mikroskopda tekshirish shuni ko'rsatdiki, neyrofibrillalar to'rsimon shaklda joylashgan ikki xil mayda tolachalardan (fibrillalardan) tarkib topgan ekan. Ulardan birinchisi -diametri 60-100 A ga teng neyroprotofibrillalar yoki neyrofilamentlar bo'lsa, ikkinchisi-diametri 200-300 A ga teng neyronaycha yoki neyrotubulalardir. Bular kumush nitrat tuzi bilan bo'yalgan gistologik preparatlarda qo'shilib ketib, yo'g'on miofibrillalarga o'xshab ko'rinadi. Tirik hujayralarda bu protofibrillalar deyarli ko'rinmaydi. Neyronaychalar oqsillardan tashkil topgan nozik struktura bo'lib, faqat elektron mikroskopda yaxshi ko'rinadi. Preparatlarni elektron mikroskop yordamida ko'rilganda ularni fiksatorlardan o'tkazish jarayonida neyronaychalar neyrofilamentlarga yopishib yo'g'on bir neyrofibrillalar tolasiga o'xshab ko'zga tashlanadi. Tigroid modda nerv hujayrasining sitoplazmasida uchraydigan o'ziga xos kiritma bo'lib, gistologik preparatlarda har xil kattalikda granula (donacha) larga o'xshab ko'rinadi (62-rasm). Oldin adabiyotlarda bular Nissel tanachalari deb yuritilar edi. Hozir esa bu modda tionin va ko'k toluidin bo'yoqlarda to'q bo'yalgani uchun bazofil modda deb ham yuritiladi. Tigroid modda faqat neyron perikarioni va dendrit o'simtasi tarkibida uchrab, akson (neyrit) tarkibida uchramaydi. Aksonning hujayradan chiquvchi o'zagida ham topilmagan. Tigroid modda tarkibida ko'p miqdorda ribonukleoproteid hamda ma'lum miqdorda glikogen va oqsil moddalar topilgan. Elektron mikroskopda tekshirish shuni ko'rsatdiki, tigroid modda, asosan, donador endoplazmatik to'r yig'ilgan joyda ko'p uchrar ekan. Yuqorida aytib o'tilganidek, akson tarkibida oqsil sintezlovchi organoidlar hamda tigroid modda bo'lmaydi. U yerda hujayra o'simtasi o'q qismini tashkil qiluvchn neyrofibrillalardan tashqari, tanasidan aksonning uchi tomon sutkasiga millimetr va undan ham ko'proq tezlikda muttasil oqib turadigan hujayra plazmasi bor. Tigroid modda miqdori hujayralarning fiziologik holatiga qarab doimo o'zgarib turadi. Neyronning fiziologik vazifasi kuchayganda yoki unga uzluksiz ta'sir qilinsa, tigroid modda asta-sekin kamayib borib, hatto yo'qolib ketishi mumkin. Aksincha, hujayraga dam 1,2-yadro bilan yadrocha; 3-dentritlar; 4-neyrit; 5-gliya hujayra yadrosi berilsa, tigroid miqdori qaytayana 236 o . » Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling