E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet114/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Unipolar neyronlarning tanasidan, odatda, bitta o'simta chiqadi. Ular qatoriga dendrit o'simtalari paydo bo'lmaydigan neyroblast hujayralari kirishi mumknn. Unipolar neyronlar asosan umurtqasiz hayvonlar organizmida uchraydi. Odam tanasida esa bunday neyronlar bo'lmaydi.
Bipolar neyronlar qarama-qarshi qutblaridan ikkita o'simta chiqaradi. Bittasi akson, ikkinchisi dendrit vazifasini bajaradi. Bipolar neyronlar ham odam organizmida kam uchraydi. Ular faqat ko'zning to'r pardasida, ichki quloqning spiral gangliyasida hamda hid bilish organlarida uchraydi. Bipolar neyronlar ko'proq hasharotlar terisida bo'ladi. Ayrim adabiyotlarda psevdounipolar neyronlar qatoriga qo'shib o'rganiladi. Buni yodda tutish kerak. Psevdounipolar neyronlar tanasidan, odatda, bitta o'simta chiqib, so'ng u «T» harfi singari ikkiga ajraladi. Lekin o'simtaning o'zagi bitta bo'ladi. Shuning uchun ularni psevdounipolar deyiladi. O'simtalarning bittasi dendrit vazifasini bajarsa, ya'ni ta'sirni qabul qilsa, ikkinchisi akson vazifasini o'taydi, ya'ni ta'sirni markazga yetkazib berishda ishtirok etadi.
Multipolar, ya'ni ko'p qutbli (tarmoqli) neyronlardan har tomonga qarab bir nechta o'simta chiqadi. Ularning bittasi, odatda, uzun bo'Iib,
233
akson vazifasini bajarsa, qolganlari mayda, kalta bo'lib, dendrit rolini o'ynaydi. Multipolar neyronlarga orqa miyaning barcha harakat neyronlari kiradi (60-rasm).

60-rasm. Multipolar nerv hujayralari va ko'z to'rpardasining nerv tolalari (400 marta katta):
1 - multipolar nerv hujayralari; a-tana qismi; b-yadro; v-neyrit; 2-nerv tolalari (I.V. Almazov va boshqalar).
Nerv hujayrasining tnorfologik tuzilishi
Nerv hujayrasi morfologik tuzilishiga ko'ra, tana, ya'ni perikaryon va o'simtalardan tashkil topgan (61-rasm). Tana qismi yadro, sitoplazma, organoidlar va o'ziga xos kiritmalardan iborat. O'simtalari esa akson va depdritlardan iborat. Yadrosi, odatda, yumaloq yoki oval shaklda boiib, har bir hujayrada bitta bo'ladi, kamdan-kam ikkita yoki ko'p yadroli nerv hujayralari uchraydi. Masalan, prostata bezining nerv sistemasini tashkil qiluvchi neyronlarda ko'p yadroli nerv hujay-ralari bor. Warning soni 15 tagacha yetadi. Neyronlarda intensiv ravishda fiziologik jarayonlar kechishi natijasida yadro tarkibida xromatin moddasi kamroq bo'ladi. Bitta yoki ikkita RNK ga boy yadrochaga ega. Sitoplazmasi (neyroplaz-masi) tarkibida hamma organoidlar va spetsifik hujayra kiritmalari: mitoxondriylar, endoplazmatikto'r, Golji kompleksi (apparati), sentrosoma, lizosoma, neyratubula va neyrofilimentlar, spetsifik elementlardan neyrofibrillalar va tigroid moddalar uchraydi.
234

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling