E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
-rasm. Mielinli nerv tolasining rivojlanish sxemasi
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nerv uchlari (sinapslar)
64-rasm. Mielinli nerv tolasining rivojlanish sxemasi:
1-aksolemma va lemmotsit hujayra (Shvann hujayra) qobiqlarinirw munosabati; 2-hujayralararo tirqish; 3-aksolemma va lemmotsit qolwj. 4-lemmotsit sitoplazmasi; 5-mezakson (Robertsondan). Mielinli nerv tolalari organizmda ko'p uchraydi. Mas^jan periferik va MNS neyronlari miyelinli nerv tolalaridan tashkil top„an' Xarakterli tomoni shundaki, mielinli nerv tolalarida o'q silindr]ar odatda, bitta bo'lib, o'ziga tegishli miyelin pardaga ega (64, 65-rasmjar)' Miyelin parda asosan lipidlardan tashkil topganligi uchun osmjv kislotada yaxshi bo'yalib, mikroskopda to'q jigarrang bo'lib ko'rir^jj Aksonning ayrim qismlarida mielin modda uchramaydi. Bunday qisr^ia,. bo'g'ilmalar yoki Ranve bo'g'ilmalari deb yuritiladi. Har bir bo'g'ijma qo'shni Shvann hujayralari chegaralariga to'g'ri keladi. Tolaning j^j bo'gim orasidagi qismi mielinsiz segment deb yuritiladi. Har bir tolaryne 239 muayyan oralig'ida mielin moddani qiyshiq holda kesib o'tgan oqish kesmani ko'ramiz, ungv Shmidt-Lanterman qiyiqlari deyiladi. Hozir zamonaviy elektron mikroskopda tekshirish usullari joriy qilinishi bilan nerv tolalaridagi bo'g'ilmalar, qiyiqlar va Shvann hujayralari hamda ular orasida joylashgan mielin qavatlarini batafsil o'rganish imkoniyati tug'ildi. Endi ma'lum bo'lishicha, har bir bo'g'ilma ikkita lemmotsitlarning, ya'ni Shvann hujayralarining chegarasi bo'lib, bu yerda ko'plab mitoxondriy va mikrovorsinkalar bor. 65-rasm. Mielinli nerv tolasining tuzilishi (sxema): 1-o'q silindrli (akson); 2-mezakson; 3-nevrilemma o'ymasi; 4-halqasimon (Ranve) bo'g'ilmasi; 5-lemmotsit (Shvann hujayra sitoplazmasi); 6-lemmotsit yadrosi; 7-nevrilemma; 8-endonevrit (Robertson sxemasi bo'yicha T.N.Rodostina tuzgan). Miyelin qavati, odatda, nerv to'qimasining rivojlanishi davridan boshlab hosil bo'la boshlaydi. Bunda tolachalami oldin lemmotsitlar ikki tomondan o'rab oladi, ya'ni mezakson hosil qiladi. Rivojlanishning so'nggi davrlarida o'q silindr atrofida mielin qavat hosil bo'ladi. Uning ustidan esa lemmotsit hujayralari o'rab turadi. Ilgarilari bu pardani o'ziga mustaqil Shvann hujayralaridan tashkil topgan parda deyilar edi. Shvann pardasining ustidan bazal membrana bilan biriktiruvchi to'qima pardasi o'rab turadi-unga endonevriy deyiladi. Mielinli nerv tolasidan impulslarning o'tish teziigi ancha yuqori - 70-100 m/s. 25-§. Nerv uchlari (sinapslar) Barcha nerv hujayrasi tolachalarining uchi o'ziga xos tuzilishga ega bo'lgan struktu'ralar bilan tugallanadi. Bunga nerv oxirlari deyiladi. Bajaradigan vazifasi va morfologik tuzilishiga qarab nerv oxirlari uch xil bo'ladi: 1) harakat (effektor) nerv oxirlari; 2) sezuvchi nerv oxirlari (retseptorlar); 3) neyronlararo sinapslar. 240 Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling