E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Ikkiyoqlama qiyshiq chiziqli muskul to'qimasi


Download 1.72 Mb.
bet113/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Ikkiyoqlama qiyshiq chiziqli muskul to'qimasi
Ikkiyoqlama qiyshiq muskullar ko'ndalang yo'lli muskullardan o'ziga xos tomonlari, shuningdek, mustaqil evolutsiyasi bilan farqlanib turadi. Bu xildagi muskullarda miofibrillalar ichidagi protofiorillalar joylashishida o'zgarishlar bo'ladi. Tuzilishi va bajaradigan vazifasiga ko'ra ular silliq va ko'ndalang yo'lli muskullarga o'xshash buladi. Shuning uchun, bu muskullar oraliq muskullar ham deyiladi. Bunday muskul to'qimalari molluskalarning (masalan, midiya va ustritsalarning) yopqich muskulaturasini hamda zuluklarning ayrim muskullarini tashkil etadi. Elektron mikroskop yordamida tekshirishlar shuni ko'rsatdiki, ularning miofibrillalari hujayra o'qiga nisbatan parallel holda joylashgan. Ular qisqarishi jarayonida ichidagi yo'g'on va ingichka protofibrillalar yuqoriga yoki pastga surilib qiyshiq chiziqlar hosil qiladi.
Mana shu xususiyati tufayli ular chuvalchangsimon harakatlana oladi. Ayrim qiyshiq muskullarning hujayralari nerv sistemasi bilan ham bog'lanadi. Masalan, nematodalar, ninatanlilar va lansetniklarning muskul hujayralari uzun-uzun o'simtalar hosil qiladi. Ular markaziy
229
nerv sistemasi tomon yo'nalib, u yerda nerv-muskul sinapslarini hosil qiladi. Bundan ko'rinadiki, muskullarga nervlar emas, balki nervlarga muskullar o'z o'simtalari bilan tutashib, markaziy nerv sis-temasidan axborot olib turadi. Shunday qilib, umurtqasiz hayvonlarda har xil muskul to'qimalari uchragani bilan ular morfologik tuzilishi jihatidan bajaradigan vazifasiga moslashgan bo'ladi. Umurtqasiz hayvonlarning muskul to'qimalari umurtqalilamikiga nisbatan ancha tuban, ya'ni sodda tuzilgan bo'ladi. Bunga asosiy sabab umurtqali hayvonlar uzoq, murakkab evolutsion rivojlanish va ekoiogik moslanish bosqichini boshdan kechirganligidir.
230
(2ra27^a2Jrt?SKi
XI bob. NERV TO'QIMASI
Nerv to'qimalari ja'mi bir butun bo'lib, organizmda yuqori darajada ixtisoslashgan va takomillashgan murakkab nerv sistemasini tashkil etadi. Bu sistema har qanday tashqi va ichki ta'sirni qabul qilib, markaziy nerv sistemasiga yetkazib berish va u yerda analiz-sintez jarayonida hosil bo'lgan javob impulsini (reaksiyasini) harakat organlariga yetkazib berish kabi o'ta murakkab vazifani bajaradi. Demak, nerv sistemasi orqali organizmda doimo tashqi va ichki muhit bilan uzluksiz bog'lanish bo'lib turadi.
Ma'lumki, organizmning tashqi va ichki organlarida har xil ta'sirni qabul qiluvchi apparatlar - retseptorlar joylashgan. Tashqi ta'sirni qabul qiluvchi retseptorlar eksteroretseptorlar, ichki ta'sirni qabul qiluvchi retseptorlar enteroreseptorlar deyiladi. Yuqorida aytib o'tilganidek, tashqi va ichki reseptorlar qabul qilgan ta'sir impuls tariqasida markazga intiluvchi nerv (afferent) hujayralari (neyronlar) orqali tezda markaziy nerv sistemasiga (MNS) yetkaziladi. U yerda analiz-sintez qilinib, javob impulsi harakat neyronlari, ya'ni markazdan qochuvchi (efferent) neyronlar orqali harakat organlariga (muskul yoki bezlarga) yetkaziladi. Shundan keyin, bu organlar qisqaradi yoki bo'shashadi, bezlari esa mahsulot (sekret) ishlab chiqaradi.
Hayvonlar tashqaridan qabul qiladigan impulslarning analiz-sintezi bilan atrof-muhitda o'zining turgan joyi va yo'nalishini aniqlab oladilar. Odam esa dunyo sirlarini chuqur o'rganib chiqib, o'rgangan narsa-hodisalarni amalda qo'Uaydi.
Nerv to'qimasi tarkibida faqat sezuvchi (markazga intiluvchi) va harakat (markazdan qochuvchi) nervlari uchrab qolmay, balki uchinchi guruh - oraliq (assotsiativ) neyronlar ham uchraydi. Ular bir neyrondan ikkinchi neyronga impuls o'tkazish vazifasini bajaradi. Masalan, impulsni ular afferent neyrondan efferent neyronga o'tkazishi mumkin.
Umuman olganda, nerv to'qimasi ikkita katta tarkibdan: o'ziga xos vazifani bajaruvchi nerv hujayralaridan (1) va to'qimada tayanch, trofik, sekretor, himoya vazifalarini bajaruvchi bir necha xil neyrogliyadan (2) tashknl topgan. Bular hammasi bir butun holda organizmda morfologik va funksional jihatdan yaxlit nerv sistemasini tashknl etadi.
231
24-§. Nerv hujayrasi (neyron)
Nerv hujayrasi (neyrotsit yoki neyron) nihoyatda ixtisoslashgan murakkab morfologik tuzilishga ega bo'lib, har xil tashqi va ichki ta'sirni qabul qilib, uni impulsga aylantirish va hujayra o'simtalari orqali uzatib berish xususiyatiga ega. Neyron sitoplazma va yadro qismlarini tashkii etuvchi tanasi, ya'ni perikariondan hamda bir nechta o'simtalardan tarkib topgan. Ayniqsa uning o'simtalari juda ko'p bo'lib, ulardan bittasi uzun bo'ladi, mana shu uzuni akson yoki neyrit deyiladi. Neyrit orqali hujayra tanasidan boshqa nerv o'simtasiga yoki harakat

59-rasm. Hayvonlarda uchraydigan ay rim neyronlarning o'ziga xos
tuzilish sxemasi:
I-IV-qoplovchi epiteliy bilan bog'liq retseptor neyronlar:
1-kovakichlilar yuqoriga chigal oddiy neyronning tuzilishi;
2-umurtqasiz hayvonlarda uchraydigan tipik retseptor neyroni (uchi
ikkiga tarmoqlangan akson va kalta dendritdan iborat); 3- umurtqasiz
hayvonlarda uchraydiganbipolyar retseptor neyron; 4-unipolar retseptor
neyron (dentriti tarmoqlangan orqa miya gangliyasidan olingan,
qaytadan unipolar shaklga kirgan neyron); 5-izopolar-bipolar neyron
(meduza nerv chigalida); 6-multipolar neyron (umurtqalilarda MNS da
ko'p tarqalgan); 7-8-unipolar motoneyron (yuksak umurtqasizlar MNS
da ko'plab uchraydi, Bullaka va Xarridan). (I.V.Almazov va boshqalar).
232











organlariga impuls o'tkaziladi. Aksonning uzunligi bir necha mikrondan 1-1,5 metrgacha bo'lishi mumkin. Uning yo'g'on-ingichkaligi butun uzunligi bo'ylab bir xil. Ayrim vaqtlarda u yon tomonlarga o'simtalar chiqaradi, ularga yon kollaterial o'simtalar deyiladi. Neyronning qolgan o'simtalari kalta bo'Iib, ular dendritlar deyiladi. Dendritlar, odatda, hujayra tanasidan yo'g'on bo'Iib chiqib, uchiga tomon ingichkalashib boradi. Ular ikkinchi nerv hujayrasi o'simtalari bilan tutashib, sinapslar hosil qiladi. Sinaps ikkita neyron o'simtalarining bir-biri bilan tutashgan qismidir. Ular Impulsni bir neyrondan ikkinchi neyronga o'tkazish funksiyasini bajaradi. Ayrim vaqtlarda dendritning uchlari ta'sirni qabul qiladigan retseptorga aylanib, ta'sirni qabul qilishda ishtirok etadi.
Odam va hayvonlar organizmida uchraydigan neyronlar o'zidan chiqaradigan o'simtalarning soniga qarab quyidagilarga bo'linadi (59-rasm):

  1. Unipolar (lotincha unus - bir degani) - bir qutbli, ya'ni bir o'simtali neyronlar.

  2. Bipolar (lotincha bi - ikki degani) - ikki qutbli, ya'ni ikki o'simtali neyronlar.

  3. Multipolar (lotincha mulfum - ko'p degani) - ko'p qutbli, ya'ni ko'p o'simtali neyronlar.


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling