E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Ko'ndalang yo'lli muskulning nerv apparati (elementlari)
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
Ko'ndalang yo'lli muskulning nerv apparati (elementlari)
Ma'lumki, muskullar o'z-o'zidan qiqarmaydi, qayerda, qanday holatda bo'lsa, shunday turaveradi. Uni harakatga keltirish, ya'ni qisqartirish, yoziltirish uchun Ta sovuq, na issiq, na tig', na kaltak ta'sir qila oladi. Bir so'z bilan aytganda, hech qanday omil uni qisqartira olmaydi. Ularning qisqarib harakatga kelishi uchun muskul tolalariga birikkan maxsus harakatlantiruvchi - effektor nerv uchlari - motor pilakchalari impuls berishi kerak. Mana shunday motor pilakchalari, odatda, birlashib, motor nerv tolasini hosil qiladi. Birgina nerv tolasini emas, balki bir necha yuz, ming muskul tolalarini boshqarib turadi. Masalan, odamning boldir muskulining medial boshchasida joylashgan bitta neyron 1634 ta muskul tolasini, boldirining old tomonidagi muskullar esa 667 ta muskul tolasini innervatsiya qilib turadi. Bundan tashqari, muskul to'qimalarida afferent (sezuvchi) nerv apparati bo'lib, u nerv muskul urchuqlaridan iborat bo'ladi. Muskullarning pay qismida muskul pay urchuqlari, sezuvchi qadahsimon va daraxtsimon afferent nerv uchlari joylashgan. Ana shular innervatsiyasi oqibati o'laroq muskul tolalari-muskullar u yoki bu tarzda 220 qisqarzdi, yoziladi, cho'ziladi, bo'shashadi va hokazo. Bir so'z bilan aytganda, muskullar faqat nerz faoliyati tufayli harakatlanadi. Nerv-nerv to'qimasi biror tarzda shikastlanib, faoliyatdan to'xtasa, shu nerv idora etuvchi innervatsiya qiluvchi muskul-muskul to'qima shu zahotiyoq harakatdan to'xtaydi. Natijada, muskullar falaji kasalligi (shol) kelib chiqadi. Ko'ndalang yo'lli muskul to'kimasining regeneratsiyasi Organizm embrional rivojlanishining boshlang'ich davrida mezodermaning segmentlashgan qismidagi miotomlardan rivojlana boshlaydi. Kallaning ayrim muskullari, silliq muskullarga o'xshab, bevosita mezodermadan vujudga keladi. Miotomlar embrionning bo'yi bo'ylab uzunasiga joylashgan, bir-biriga yaqin yotuvchi uzunchoq hujayralardan iborat. Bularga mioblast hujayralar deyiladi. Sitoplazma qismi naycha shaklidagi mayda fibrilla ipchalari bilan to'lib turadi. Mioblast hujayralar mitoz yo'li bilam tez bo'linib, mezenxima atrofiga tarqaladi va kelajakda ulardan muskul to'qimalari vujudga keladi. Boshlang'ich davrda mioblastlar bir-biri bilan zanjirsimon shaklda tutashib qo'shiladi va sinplast shaklni oladi. Keyinchalik hujayralar sitoplazmasida spetsifik elementlar shakllana boshlaydi. Yo'g'on va ingichka protofibrillalar paydo bo'ladi. Ba'zi bir mioblastlar tabaqalanmay qoladi, bunday mioblastlarni satellislar1 deyiladi. Bular muskul tolasi yaqinida joylashib, atrofdagi biriktiruvchi to'qima bilan birga sarkolemmaga yopishadi va uni atrofidan o'rab oladi. Keyinchalik ularning yadrosi ko'payib kattalashadi va periferik qismini egallab, miofibrillalari yo'g'onlashib, T sistemasini hosil qiladi. Fiziologik va reporativ regeneratsiya jarayonlarida muskul to'qimasida mioblast hujayralar ancha ko'payib ketadi. Bu ko'payish, odatda, kam tabaqalangan satellitlarning bo'linishi hisobiga bo'ladi. Yosh muskul hujayralari paydo bo'lishi bilan birga ularning boshqa struktura elementlari ham takomillashib boradi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling