E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
- Bu sahifa navigatsiya:
- 49-rasm. Suyak to qimasining ko ndalang kesimi
Plastinkasimon kompakt (zich) suyak to'qimasida suyak plastinkalari nihoyatda tartibli, naysimon suyak o'qiga (bo'yiamasiga) parallel holda joylashgan. Qon tomirlari atrofidagi suyak plastinkalari silindr shaklda joylashgan. Har bir qon tomir atrofida 5-15 tagacha suyak plastinkalari joylashishi mumkin. Suyak plastinkalarining oralarida suyak hujayralari yotadi. Bitta qon tomir atrofida joylashgan suyak plastinkalari kompleksiga ostion yoki Gaversov sistemasi deyiladi (48-rasm). Naysimon suyak ko'ndalangiga kesib ko'rilganida ostionlardan bir nechtasi ko'zga tashlanadi, ya'ni nechta qon tomir
202 bo'lsa, har birining atrofida bittadan ostion ko'rinadi. Ostionlar bir-biriga nisbatan yaqin joylashgan, oralaridagi bo'shliqlarida oraliq yoki qo'shimcha suyak plastinkalari bor. Naysimon uzun suyaklarda suyak plastinkalari bir necha shaklda uchraydi. Ular joylashishiga qarab to'rtga bo'linadi (49-rasm): 1) tashqi umumiy yoki ulkan plastinkalar; 2) o'rta osgiov plastinkalar; 3) oraliq yoki qo'shimcha plastinkalar; 4) ichki umumiy yoki ulkan plastinkalar. 49-rasm. Suyak to 'qimasining ko 'ndalang kesimi: 1-suyak usti pardasi (periost); 2-tashqi umumiy plastinkalar qavati; 3-ostion (Gaversov) kanali; 4-ostion kanalchalarining anastomozi; 5-teshib o'tuvchi (folkman) kanali; 6-ostiotsit o'simtalari kanalchalar bilan tutashgan; 7-asosiy modda; 8-suyak plastika sistemasi (ostion); 9-oraliq plastinkalar; 10—ichki umumiy plastinkalar; 11-endost; 12-suyak ichki bo'shlig'I (I.V.Almazov va boshqalar). Tashqi umumiy yoki ulkan plastinkalar. Suyak to'qimasida uchraydigan hamma ostion va boshqa qismlarni tashqi tomondan o'rab turadi. Bir necha doiracha bo'lib joylashgan, aytarli zich bo'lmagan 203 suyak plastinkasi qavatidan iborat. Yuqori tomondak suyak ustki pardasi ichki qavati bilan bevosita chegaralanib, undan to'qima ichki qismiga qarab tolachalar va oziq modda olib keluvchi qon tomirlar kanalchalari o'tadi. O'rta ostion plastinkalar asosan qon tomir kanalchalarining atrofida doiracha bo'lib joylashgan plastinkalardan tashkil topgan, o'rtasidan ostion kanal o'tadi. Oraliq yoki qo'shimcha plastinkalar to'qimada uchraydigan barcha ostionlar, ya'ni Gaversov sistemasi oralarini to'ldirib turadi. Ichki umumiy yoki ulkan plastinkalar pastki tomondan, ya'ni suyak kanali tomondan xuddi tashqi umumiy bosh plastinkalarga o'xshab har tomonlama o'rab turadi. Bundan tashqari, naysimon suyak kanali devorida ham bir-necha qavat suyak plastinkasi bo'lib, ichki yuzasi kollagen tolachalardan tashkil topgan va yupqa parda - endost bilan qoplangan (50-rasm). Bu o'rinda shuni aytib o'tish kerakki, suyak to'qimalarining dag'al tolali va plastinkasimon turlaridan tashqari, yana dentioid turi ham bor, u morfologik tuzilishi jihatdan tubdan farq qiladi. Uning eng xarakterli tomoni - bag'rida hujayralararo modda bo'lmaydi. Yuksak darajada rivojlangan hayvonlar bilan odamda bu to'qima faqat tishda bo'ladi (tishning dentin qavati deganda mana shu suyak to'qima turi tushuniladi). Tuban hayvonlarda bunday suyak to'qimasi skelet suyaklarina tashqi tomondan qoplab turadi. Qazilmalardan topilgan qadimgi tuban hayvonlar qoldiqlarida ham ana shunday to'qima bo'lganligi fanga ma'lum. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling