VIIIbob. BIRIKTIRUVCHI TO'QIMA
Biriktiruvchi to'qima organizmning hamma organlarida uchraydi va o'ziga yarasha har xil vazifani bajaradi. Ularning bir-birnga o'xshashligi bu to'qimalarning bir xil mexanik elementlardan va hujayralardan tashkil topganligidadir. Bular bir-biriga nisbatan muayyan munosabatda joylashib to'qima tuzilishini tashkil etadi.
Organizmning embrional rivojlanishi davrida unda biror organ yo'qki, biriktiruvchi to'qima uchramasin. Ular o'z faoliyatida trofik, himoya va mexanik (tayanch) vazifalarni bajaradi. Biriktiruvchi to'qimalarga haqiqiy biriktiruchi to'qima, tog'ay va suyak to'qimalari kiradi.
Haqiqiy biriktiruvchi to'qima. Haqiqiy biriktiruvchi to'qima ikki xil, ya'ni tolali biriktiruvchi to'qima va maxsus xususiyatlarga ega bo'lgan biriktiruvchi to'qimalardan iborat. Tolali biriktiruvchi to'qima siyrak va zich biriktiruvchi to'qimalarga, zich biriktiruvchi to'qima esa o'z navbatida shakllanmagan va shakllangan biriktiruvchi to'qimalarga bo'linadi va hokazo.
Tolali biriktiruvchi to'qima. Tolali biriktiruvchi to'qimaga kiruvchi siyrak biriktiruvchi to'qima bilan zich biriktiruvchi to'qimalar mexanik elementiari va to'qima hujayralarining o'ziga xos joylashishi va vazifasiga qarab farq qiladi. Ayniqsa, siyrak biriktiruvchi to'qima tarkibidagi elementiari bilan organizmda trofik, himoya va mexanik vazifalarni bajarar ekan, ichki gomeostaz (ichki biologik turg'unlik) ta'minlanishida ishtirok etadi.
16-§. Utnurtqali hayvonlarning siyrak biriktiruvchi to'qimasi
Siyrak biriktiruvchi to'qima ham organizmning embrional rivojanishi davrida embrion mezenximasida hosil bo'ladi (34-rasm). Asosan, trofik va hi moya vazifalarini bajaradi. U ham organizmda ko'p tarqalgan to'qimalar qatoriga kiradi va teri ostida, ichki organlarning shilliq pardasi ostida, bo'lakchalardan tashkil topgan organlar oralig'ida, nerv, arteriya, vena va limfa tomirlari hamda bezlarning chiqaruvchi kanalchalari atrofida uchraydi. Umurtqali hayvonlarda va odamda ularning tarkibiy tuzilishi deyarli bir xil. Mipkroskopik tuzilish jihatidan
161
siyrak biriktiruvchi to'qima ham, boshqa biriktiruvchi to'qimalarga o'xshash hujayralararo modda va unda joylashuvchi har xil hujayra elementlaridan tashkil topgan (35-rasm).
34-rasm. Mezenxima hujayralari. Gemotoksilin-eozin bilan bo'yalgan
Do'stlaringiz bilan baham: |