E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Mielipoez (granulotsitopoez, granulopoez)


Download 1.72 Mb.
bet74/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Mielipoez (granulotsitopoez, granulopoez) - donachali shaklli elementlarning hosil bo'lishi. Bularning ham boshlang'ich hujayralari bo'lib, ularga gemotsitoblastlar deyiladi. Bu hujayralar boiinishi natijasida uch xil yo'nalishga ega bo'lgan hujayralar hosil bo'lib, ulardan kelajakda neytrofil, eozinofil va bazofillar paydo bo'ladi. Ular rivojlanishida quyidagi bosqichlarni o'tadi: gemositoblast -promiyelotsit - mielotsit - metamielotsit - yetilgan granulotsit.
Gemotsitoblast (1) hujayralar tabaqalanib promielotsit (2) hujayralarni hosil qiladi. Bular ovalsimon bo'lib, yadrosida bir nechta yadrochasi bo'ladi. Promiyelotsiflar boiinishi natijasida neytrofil, eozinofil va bazofil (3) hujayralar hosil bo'ladi. Nentrofil mielotsitlar jadal ravishda bo'linib, sitoplazmasida spetsifik donachalar diffuz holda paydo bo'la boshlaydi. So'ng yadrolarida ham o'zgarishlar bo'lib, taqasimon shaklga kiradi. Bularga metamielotsitlar (4) deyiladi. So'nggi yetilish davrida yadro tayoqchasimon shaklga kiradi. Keyin yadro segmentlanib, neytrofil leykotsitlarga aylanadi. Eozinofil miyelotsitlar rivojlanishi davrida katta o'zgarishlar sodir bo'lmaydi. Sitoplazma qismida spetsifik donachalar yig'ila boshlaydi. Bir necha bor bo'linganidan so'ng yadrosida o'zgarishlar bo'lib, taqasimon shaklga kiradi.
Bazofil mielotsitlar kam uchraydi, sitoplazmasida har xil kattalikda bazofil donachalar hosil bo'ladi, ular mikroskopda yaxshi ko'rinadi.
154
Limfopoez-limfositopoez deb ham yuritiladi. Yuqorida p-limfotsitlar va T-limfotsitlar farq qilingan edi. Ularning hosil bo'lishi ham o'ziga xos tabaqalanish yo'lini bosib o'tadi. Masalan, (3-limfotsitiarning tabaqalanish yo'lini sxema ravishda quyidagicha ifodalash mumkin: plazmoblastlar - proplazmotsitlar - plazmatik hujayralar- p-limfotsitlar.
Plazmatik hujayralar o'z faoliyatida ko'plab har xil immunoglobulinlar ishlab chiqaradi. T-limfotsitlar esa prolimfotsitlardan tabaqalanib hosil bo'ladi va killer, supressor, xelper deb ataluvchi hujayralarga differensiyalanadi. Mazkur hujayralarni morfologik jihatdan gistogenezda farqlash qiyin, chunki ular bir-biriga o'xshab ketadi. Faqat gistogenez oxirida yuzaga kelgan mayda limfotsitlar aktivlashib. Mitozga kirishishi mumkin. Agar ular mitozga kirishsa, blastlar tipidagi hujayralarga aylanadi. Chaqaloqlar qonida limfotsitlar (timotsitlar) paydo bo'lishi tashqi muhit ta'siriga qarshi immunologik reaksiyalarning yuzaga kelishi bilan bog'liq.
Monotsitopoez. Ma'lumki, monotsitlar suyak ko'migida hosil bo'ladi, ya'ni qonning barcha shaklli elementlari singari monotsitlar ham dastlab qon yaratuvchi o'zak hujayralardan differensiyalanib yuzaga keladi. Monotsitlarning hosil bo'lish populatsnyasini quyidagicha sxemaga solish mumkin: o'zak hujayralar-monotsitoblastlar-promonotsitlar-monotsitlar. Monotsitoblastlar yirik hujayralar bo'lib, yumaloq yadro va inkgichka hoshiyali sitoplazmaga ega. Sitoplazmasi o'ta bazofil, buning uschiga ularni boshqa blast formalaridan ajratish ancha qiyin. Monotsitoblastlarning promo-notsitlarga va monotsitlarga aylanishida ana shu sitoplazmalar zo'r berib ko'payadi, bazofiliyasi bir oz pasayadi ham sitoplazma tarkibidagi lizosomalar soni orta boshlaydi, yadrosi esa loviya shakliga kiradi.
Periferik qon tarkibida aylanib yurgan monotsitlar to'qimalarga o'tar ekan, ular fagositoz xususiyatini oshiradi, turli xil makrofaglarga bo'linadi.
Aytilganlarni xulosalaydigan bo'lsak, monotsiopoez jarayonida monotsitlar o'zak hujayradan boshlab lizosomalar soni ortishigacha bo'lgan davrni bosib o'tar ekan.
Trombotsitopoez-trombotsitlar-qon plastinkalari gigant hujayralar deb atalmish megakariotsitlardan hosil bo'ladi, ular faqat qon yaratuvchi suyak ko'migida bo'ladi. Trombotsitlar paydo bo'lish davrining boshlarida qon yaratuvchi o'zak hujayralar mielopoez hujayralariga, keyin megakarioblastlarga aylanuvchi trombotsitopoetinga sezgir
155
hujayralarga ajraladi. Megakarioblastlarda esa poliploidizatsiya jarayoni kechib, natijada hujayra yiriklashib, yadrosi o'sadi. Shundan so'ng megakariuoblastlar promegakariotsitlarga aylanadi. Promegaka-riotsitlardagi xromosomalar to'plami ko'payib 32-64 taga yetdi deganda hujayralar megakariotsitlar shakliga kiradi. Bunda ularning diametri 40-50 mkm keladigan bo'ladi, yadrosi ko'p parrakli, sitoplazmasi bo'sh bazofil; tarkibida azurofil donachalar tutadi. Megakariotsitlardan trombotsitlar paydo bo'lishi vaqti kelganda ularning chekkasiga ko'plab sitolemmalar surib chiqariladi. Sitoplazmasida agranular retikulum kanalchalari zo'r berib rivojlanadi. Natijada, plazmolemmalar megakariotsitlar chekkasiga surilishi bilan kanalchalar bo'ylab sitoplazmalar mayda bo'lakchalarga ajrala boshlaydi. Ajralgan bo'lakchalarning, odatda, usti plazmatik membrana bilan qoplangan bo'ladi. Mana shu bo'lakchalar trombotsitlar deb ataladi. Agar trombotsitlar hosil bo'lish jarayonida ishtirok etuvchi komponentlarni sxema ravishda tasvirlasak, quyidagicha bo'ladi: qon yaratuvchi o'zak hujayra - miyelopoez - trombotsitopoetin - megakarioblastlar -promega-kariotsitlar-megakariotsitlar-trombotsitlar.
14-§. Limfa
Limfa (lotincha-7ymp/za-suv, namlik) bir uchi berk tomirlar sistemasidan oqadigan oqsilli sarg'ish suyuqlik bo'lib, u vena tomirlariga ochilib qonga aralashib ketadi. Qon plazmasi esa kapillar qon tomirlar devoridan sizib chiqib, to'qimalar suyuqligiga va hujayralararo moddalarga qo'shilib turadi. Sharoit tug'ilishi bilan, ya'ni osmotik va gidrostatik bosimlar ta'sirida limfatik tomirlarga shimilib, u yerdan yana qon tomirlarga o'tadi. Ana shu suyuqlikka limfa suyuqligi deyiladi. Suqliklar to'qimalarda qolib ketsa, ularni shishirib yuboradi. Qon plazmasi, to'qima suyuqligi, hujayralararo modda va limfatik tomirlardagi limfa suyuqligi garchi jami birga limfa deb yuritilsa ham, ularning har qaysisining tarkibi bir-biridan farq qiladi. Hatto, hayvon tanasining har xil joyidan oqib kelayotgan limfalar tarkibi ham har xil bo'ladi. Bu o'sha organlarning xususiyatlariga bog'liq. Masalan, ichaklar devoridan oqib kelayotgan limfa tarkibida yog'lar (3-4%), oqsillar (5%) va qand ko'p bo'lsa, qon yaratuvchi organlardan, chunonchi, limfa tugunlaridan oqib kelayotgan limfa suyuqligida limfotsitlar ko'p bo'ladi va hokazo. Bundan tashqari, limfa suyuqligi tarkibida qonning shaklli elementlaridan yana donachasiz leykotsitlar,
156
monotsitlar uchraydi. Donachali leykotsitlar, ayniqsa eritrotsitlar esa juda kam bo'ladi, chunki limfa suyuqligi qonning shaklli elementlari uchun yashash muhiti bo'la olmaydi. Shu sababli ham ular limfaga tushganida tez nobud bo'ladi.
Limfa suyuqligi-limfaplazma kimyoviy tarkibiga ko'ra qon plazmasiga yaqin turadi, ammo oqsili kamroq. Oqsillar fraksiyasi orasida albumin globulinga qaraganda ko'proq bo'ladi. Oqsilning bir qismini esa diastaza, lipaza va glikolitik fermentlar tashkil qiladi. Bundan tashqari, limfoplazmada neytral yog'lar, oddiy qandlar, mineral tuzlar (NaCl, Na2 C03) va kalsiy, magniy hamda temir tutgan turli xil birikmalar bo'ladi. Ular qay darajada bo'lishi qondan hujayralararo moddalarga o'tayotgan suvga (plazmaga) va to'qimalarda hosil bo'layotgan suyuqlikka bog'liq.
Urauman, limfaplazmani tarkibiga ko'ra uchga bo'lish mumkin: periferik limfaplazma, bu-limfatik tugunlargacha bo'lgan masofadagi suyuqlik; oraliq limfaplazma, bu-limfatik tugunlardan o'tib bo'lgan suyuqlik; markaziy limfaplazma, bu-ko'krakdagi va o'ng limfa yo'llaridagi limfaplazma. Bularning tarkibi bir-biridan farq qiladi, funksiyasi ham sezilarli, ba'zi yerda sezilmas darajada farq qiladi va hokazo.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling